Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/80
Sana13.05.2024
Hajmi1,7 Mb.
#229572
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

2.
 
Axborot-psixologik xavfsizlikka tahdidlar 
Yuqoridagi bobda aytilganidek, XX asr oxiriga qadar axborot xavfsizligi deganda, 
davlat, iqtisodiy va huquqiy tuzilmalar xavfsizligi tushunilgan. Shaxs xavfsizligi degan 
ibora deyarli ishlatilmagan. Aslida esa shaxs kamoloti, uning ijodiy salohiyati ro’yobga 
chiqishi taraqqiyotning oliy maqsadi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan shaxsning 
axboriy-psixologik xavfsizligi tahdidlardan himoya qilishning birinchi maqsadi bo’lishi 
lozim. 
Shaxs ongiga, ayniqsa, uning ostki ongiga axborot-psixologik ta’sir o’tkazish xavfi 
kundan-kunga ortib bormoqda. Shaxsga o’tkazilishi mumkin bo’lgan bunday ta’sirning 
bir necha turlari mavjud: 
- axborot tuzilmalari faoliyatining texnologik ko’rsatkichlari bilan bog’liq bo’lgan 
beixtiyoriy ta’sir (masalan, kompyuter yoki videotexnikaning ish faoliyati va jarayonida 
elektromagnit nurlanishi xavfi mavjudligi);
- shaxs ongi va ostki ongiga uni muayyan xatti-harakatlarni bajarish yoki 
bajarmaslikka undash maqsadida oldindan o’ylab va rejalashtirib o’tkaziladigan ta’sir 
(psixotrop ta’sir; axborot-targ’ibot ta’siri; psixoanalitik ta’sir; neyrolingvistik ta’sir; 
psixotron ta’sir). 
Psixotrop ta’sir odamlar psixikasiga farmakologik preparatlar, narkologik vositalar 
yordamida o’tkaziladi. Bu vositalar inson asab tizimidagi bioximik jarayonlarga va 
uning uyqusiga, uyg’oqlik davriga, faolligiga, atrof-muhitni idrok qilish sifatiga ta’sir 
o’tkazadi. 
Psixoanalitik ta’sir insonning ostki ongiga uyg’oqlik paytida, uyqusida yoki gipnoz 
holatida o’tkaziladigan ta’sirdir. Shaxs psixikasiga uning diqqatini chetlab o’tib ta’sir 
o’tkazish jarayoni shaxsning nazoratidan tashqarida bo’ladi. 
Neyrolingvistik ta’sir odamlar ongiga maxsus lingvistik dasturlarni kiritish yo’li 
bilan ularning e’tiqodlari, qarashlari va tasavvurlarini tegishli yo’nalishda o’zgartirishni 
ko’zda tutadi. 
Psixotron ta’sir - odamlar psixikasiga sezgidan tashqari, anglanmaydigan ta’sir 
o’tkazish. 


68 
Axborot-targ’ibot ta’siri so’zni, axborot yordamida muayyan qarashlar, e’tiqodlarni 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Axborot-psixologik ta’sir o’tkazishning sanab o’tilgan turlariga oddiy odamlar 
qarshilik ko’rsatishlari qiyin. Ularning biri bo’lmasa ikkinchisi, ikkinchi bo’lmasa 
uchinchisi odamlar ongida muayyan o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mana shu bayon 
qilinganlardan kelib chiqib, shaxsning axborot-psixologik xavfsizligi - bu uning 
irodasiga va hohishiga qarshi ongini o’zgartirishni ko’zlaydigan axborot-psixologik 
ta’sirlardan himoyalanganligi deyish mumkin. 
Axborot-psixologik ta’sirlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda psixikaning 
rivojlanishi qonuniyatlaridan hech bo’lmaganda asosiylarini bilish umumiy 
madaniyatning tarkibiy qismi bo’libgina qolmasdan, balki xavfsizlik va yashash uchun 
kurashning ham muhim shartiga aylanib bormokda.
Psixologiyadan hech bo’lmaganda tayanch bilimlarga ega bo’lgan odamlar o’z 
onglariga o’tkaziladigan tashqi ta’sirdan himoyalanish bobida dastlabki psixologik 
to’siqni qo’yish imkoniga ega bo’ladilar.
Axborot-psixologik ta’siri ikki xil darajada: nazariy-mafkuraviy va kundalik-
psixologik darajalarda namoyon bo’ladi. Nazariy-mafkuraviy darajada dunyoqarashlar, 
ilmiy kontseptsiyalar, madaniy qadriyatlar o’rtasida kurash yuz beradi va bunda ta’sir 
shaxsning intellektual salohiyatiga targ’ibot, mantiqiy dalillar yordamida o’tkaziladi. 
Kundalik-psixologik darajada esa kurash odamlarning kayfiyatini tegishli 
yo’nalishda o’zgartirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda uqtirish usuli asosiy vosita 
hisoblanadi. Ishontirish usuli asosli dalillar keltirish yordamida shaxs e’tiqodiga ta’sir 
o’tkazishni maqsad qilib qo’ysa, uqtirish yordamida inson psixikasiga e’tiborni 
tortmasdan kirib boriladi.
O’tkazilayotgan axborot-psixologik ta’sirni bir necha xil mezonlar asosida tasnif 
qilish mumkin. Ana shunday mezonlardan biri – ta’sirning ochiq yoki xufyaligi. 
Buzg’unchi ta’sirlar ko’pincha ob’ektga sezdirmasdan maxsus texnologiyalar (masalan, 
manipulyativ texnologiyalar, NLP texnologiyalar, suggestiv texnologiyalar va h.k.) 
yordamida o’tkaziladi. Bunda asosiy e’tibor sub’ektning ongiga emas, ostki ongiga 
qaratiladi. Bunday ta’sirlardan himoyalanish uchun odamlar psixologiyadan hech 
bo’lmasa boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lishlari zarur.
Ostki ongiga xufya tarzda o’tkazilgan ta’sir shaxsning xarakterini, xulq-atvorini 
o’zgartirib, aql-zakovati va ijodiy imkoniyatlarini keskin pasaytirish yuborishi mumkin. 
Bunday ta’sir turli darajadagi rahbarlar ostki ongiga o’tkazilganda, uning vayronkorlik 
miqyosi yana ham kengroq bo’ladi. 
Odamlar psixologik ta’sirga turli darajada beriluvchan bo’ladi. Bu ularning yoshi, 
hayotiy tajribasi, shaxsiy (individual) psixologik xususiyatlari bilan bog’liq. Shaxsning 
hayotiy tajribasi va bilimlari ortgani sari psixologik ta’sirga beriluvchanligi
ham 
kamayib boradi. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, barcha odamlar u yoki bu 
darajada uqtirish ta’siriga moyil bo’ladi. Farq faqatgina birovlarning bu ta’sir 
girdobigaga tezroq, boshqalarning esa sekinroq tushib qolishida. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish