58
Yarqiroq umumlashmalar.
Bu usul odamlarning “yangi”, “haqiqat”,
“demokratiya”, “adolat”, “taraqqiyot”, “g’alaba”, “rivojlanish”, “muvaffaqiyat”,
“olg’a harakat” va h.k. shu singari so’zlarga azaliy muhabbatiga asoslanadi. Amalda
bunday narsadan asar ham bo’lmaydi, lekin taassurot uyg’otish uchun ustalik bilan
faktlar
tanlanadi va quroq qilinadi, aql bovar qilmaydigan umumlashmalar yasaladi –
oqibatda auditoriya bunday xo’rakka engilgina ucha qoladi.
Nisbat berish (analogiya) usuli.
Biror obro’li kishining ijobiy sifatlarini hali bunga
huquqli ekanligini ko’rsatishga ulgurmagan boshqa bir kishiga nisbat berishga
asoslangan. Masalan, nisbat berish usuli an’ana tarzida mashhur rahbardan keyin va
uning o’z o’rniga tavsiya qilishi tufayli hokimiyatga kelgan kishilarga bog’lab
ishlatiladi. Bu salbiy ma’noda bo’lishi ham mumkin. Masalan, nodemokratik davlatda
hokimiyat vorisi kim bo’lishidan qat’i nazar, o’xshatma-analogiya asosida unga
diktatorlikka intiluvchanlik nisbat berilaveradi. Partiya, vazirlik va h.k.lar haqida ham
shunday deyish mumkin.
Oddiy xalqqa mansublik (o’z odamimiz) o’yini.
Bu
usulning mohiyati partiya
(soha, tashkilot) etakchisining o’zi haqida keng auditoriyada o’z odamlarimiz
davrasidan va u kishiga oddiy xalqning tashvishlari, orzu-umidlari juda yaqin degan
taassurot uyg’otishidan iborat populizm printsipidan foydalanishdan iborat. Siyosat
sohasida keng tarqalgan bu usul kiyinishdan va yurish-turishdan tortib ishchilar
qozonchasidan atala tushirishgacha bo’lgan parametrlarning katta doirasini o’z
ichiga
oladi. Etakchilarning qo’shiq aytib, raqsga tushishlari, bolalar bilan o’ynashlari, oddiy
fuqarolar bilan qo’l siqishib ko’rishish uchun kutilmaganda kortejni to’xtatib qo’yishlari
singari ko’pgina misollar ma’lum.
Faktlarni buzib ko’rsatish.
Bu oddiy va samarali usul barcha darajadagi
siyosatchilar tomonidan keng ishlatiladi. Uning mazmuni iqtisodiyot, siyosat va
madaniyatga oid ko’plab faktlardan axborotni tarqatuvchiga foydali bo’lganlarinigina
tanlab olishdan iborat. Boshqacha xarakterdagi ma’lumotlar haqida,
garchi ular ham
etarli bo’lsa-da, lom-mim deyilmaydi. Bunday usulning kundan-kunga, oydan-oyga...
takrorlanaverishi asta-sekin kerakli taassurotni hosil qiladi, targ’ibotchi uchun bu ayni
muddaodir.
Ushbu masalaga xulosa sifatida shuni aytish joizki, agar oddiy urush vositalaridan
foydalanish oqibatlari (vayrona binolar va yo’llar, odamlar orasidagi qurbonlar va h.k.)
ravshan ko’rinib tursa, axborot quroli zararli natijalarini o’lchab bo’lmaydi, chunki u
odamlar ongiga ta’sir o’tkazadi. Biroq, biz yuqorida aytib o’tganimizdek, vayronavor
oqibatlari jihatidan u olovli urushdan hech qolishmaydi.