Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/80
Sana13.05.2024
Hajmi1,7 Mb.
#229572
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

Axborot tahdidi
, jamiyat axborot sohasining faoliyatiga xavf tug’dirayotgan jami 
omillar va omillar guruhlari”
2
.
Axborot-psixologik urush axborot tajovuzining oliy shakli hisoblanadi. Bu urush 
nimadan iborat ekanligini bilish uchun eng avvalo “urush” atamasining o’zini tushunib 
olish lozim bo’ladi. 

Urush,
ikkita yoki bir necha mamlakatlar o’rtasida sodir bo’lgan jiddiy nizo 
(ko’pincha harbiy to’qnashuv shaklida). Urush – mahsus maqsadlarda tashkil etilgan va 
tayyorlangan katta guruhlarning shafqatsiz harakatlaridan iborat jarayondir”
3

Ushbu so’zni tavsiflashda mutaxassislar, odatda, nemis harbiy nazariyotchisi K. 
fon Klauzevitsning urush siyosatning boshqa vositalar bilan davom ettirilishi haqidagi 
fikrini esga oladilar. Bu fikrning tasdig’i sifatida jahon tarixidan qo’shni mamlakatlar 
birorta o’q otilmasdan bosqinchi davlatlarga qo’shib olingan hollarni eslash mumkin. 
1
Ахборот-коммуникация технологиялари изоҳли луғати. Қайта ишланган, тўлдирилган иккинчи нашр. 
Муаллифлар жамоаси: Амиров Д.М., Атаджанов А.Ю., Атаджанов Д.Ю. ва бошқ. – Т.: БМТТДнинг 
Ўзбекистондаги ваколатхонаси, 2010 – Б. 27. 
2
Ўша жойда. – Б. 26. 
3
Britanica. Большой энциклопедический словарь – М.: ООО «Издательство Астрель», 2009. – Б. 204. 


50 
Ko’rayapmizki, bu o’rinda urush bo’lmagan, faqat siyosat voqe bo’lgan, xolos. Va u 
axborot-psixologik vositalar bilan amalga oshirilgan.
Axborot-psixologik ta’sir kutilgan natijani bermagan hollarda, bosqinchi o’z 
maqsadini “olovli” urush usullari vositasida amalga oshirishga kirishgan. Biroq, 
qadimgi xitoy mutafakkiri Sun Tszi aytganidek, raqibni jangsiz taslim etish jangovor 
san’atning gultoji hisoblanadi. Albatta, u axborot urushi usullarini ishlatib 
qozoniladigan g’alabani nazarda tutgan. 
Oddiy urush bilan axborot urushi mutlaqo farqli tashqi belgilarga ega. Ularning 
birinchisida o’qlar yog’ilib, zambaraklar portlaydi, imoratlar vayron bo’lib, odamlar 
o’ladi. Bunday urushning shu singari ochiq-oydin oqibatlari uning jahon hamjamiyati 
tomonidan qoralanishiga olib keladi. Axborot urushi jarayonida ko’zga tashlanadigan 
oqibatlar bo’lmay, o’zgarishlar faqat odamlar ongida yuz beradi. Lekin uning 
vayronavorlik natijasi oddiy urushnikidan qolishmaydi. Bunday urush izlarini ko’rish, 
ta’rif-tavsif etish va tasniflash hamda baholash mushkul. Uni tashkil etuvchilarga esa bu 
juda qo’l keladi. 
Buning ustiga, oddiy va buzg’unchi axborot o’rtasidagi, shunchaki ta’sir bilan 
axborot bosqinchiligi orasidagi chegaraning o’zini aniqlash nihoyatda qiyin. Qisqacha 
aytish mumkinki, muntazam ravishda ta’sir o’tkazib turish ba’zan bosqinchilikka o’tib 
ketadi, yopirilma bosqinchilik ayni axborot tajovuzi bo’lib, uning oliy ko’rinishi 
axborot-psixologik urush hisoblanadi. Biroq murakkablik shundaki, har doim ham 
bunday o’zgarishlar amalga oshirilavermaydi, shunchaki ta’sir ko’rsatishdan axborot 
bosqinchiligiga, tajovuzkorlikka yoki urushga o’tilgan paytni ko’pincha payqab 
bo’lmay qoladi. 
Shu narsa haqida to’xtalish zarurki, oxir-oqibatda urushga aylanib ketadigan turli 
xil nizolar paydo bo’lishining potentsial imkoniyatlari aslida insoniy munosabatlar 
tabiatining o’zida yashiringan. Buning ildizlari manfaatlar mos tushmasligi, raqobat, 
konkurentsiya, ziddiyat, qarshi turish, qarshi kurash, to’qnashuv, ixtilof va boshqa shu 
singari tushunchalarga borib bog’lanadi. Ziddiyatlar tabiatining o’zi ziddiyatli – ular 
har doim faqat o’zaro mos kelmagan nuqtai nazarlar mohiyatini aniqlash uslubigina 
bo’lib qolmasdan, taraqqiyot sharti ham bo’lib kelgan. Qarama-qarshiliklar yagona bir 
narsa doirasida vujudga keladi va rivojlanadi. Mashhur qarama-qarshiliklar birligi va 
kurash qonunining mohiyati ham shundan iborat.
Biroq har qanday ziddiyat ham qarshi turish yoki kurashga o’sib o’tavermaydi. 
Buning uchun u eng kichik farqlardan tortib jiddiy tafovutlar va qarama -qarshilik orqali 
to kurashgacha bir necha bosqichlarni bosib o’tishi kerak.
Nizolarning turlicha tasnifi mavjud. Shaxslararo, guruhlararo, institutsional va 
davlatlararo, shuningdek bevosita va bilvosita mojarolar eng keng tarqalgan nizo turlari 
hisoblanadi.
Axborot ixtilofi unda qatnashuvchi tomonlarning yangi kuchlarni jalb qilishi bilan 
avj olib, mavjud ziddiyatlar chuqurlashadi va kengayadi, nizoga kirishganlarning 
faollik darajasi oshadi, oxir-oqibatda bularning hammasi ochiqdan-ochiq axborot 
qarama-qarshiligi, kurash va urush bilan yakun topadi. 
Axborot-psixologik urushi ta’rifiga o’taylik. Mutaxassislarning fikricha, 

Download 1,7 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish