|
Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизликBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.Birinchidan
, axborot tarqatilishining sanoqli soniyada er kurrasining har qanday
nuqtasiga borib etadigan darajadagi favqulodda tezligi (shunga yarasha operativlik
ham).
Ikkinchidan
, auditoriyaning yoppasiga qamrab olinishi, zarur bo’lganda,
axborotni butun er yuzi aholisiga uzatish mumkinligi.
Uchinchidan
, tanlab ta’sir
ko’rsatish imkoniyatining yuksakligi, o’z navbatida, bu aniq nuqtalarni nishonga olib
ta’sir ko’rsatish, ma’lumotlarni muayyan ijtimoiy qatlamlarga aniq moslab etkazish
imkonini beradi.
To’rtinchidan
, bunday axborotni boshqarish osonligi.
Beshinchidan
,
axborot qurolining arzonligi (uni atom quroli bilan taqqoslab ko’rsa bo’ladi, garchi biz
uchun mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ko’ra muhimroq bo’lsa ham).
Oltinchidan
, axborotning zanjirli reaktsiya printsipida bir kishidan ikkinchi kishiga
o’tib, o’z ta’sir doirasini tez kengaytirib borishi.
Ettinchidan
, axborot quroli bekitilgan
holda bo’lib, uni bilib olish oson emasligi. Va h.k.
Printsip jihatidan axborot qurolining
sifatini
aniqlash u qadar qiyin emas, faqat
bilish kerakki, bu erda hamma narsa avra-astari ag’darilgan holda bo’ladi. Uning barcha
sifatlari haqiqatan ham soxta va aniq teskarisi bo’lib ko’rinadi, ya’ni yolg’ondakam
xolislik, ishonchlilik, haqiqiylik, xalqchillik, adolat va boshqa xususiyatlar ishlatiladi.
Ayni bir paytda axborot quroli dolzarb voqealarga e’tiborni qaratish, teskari natijaga
erishish, bayonotlarning demagoglarcha shiorbozlik xarakteri kabi ob’ektiv ravishda
mavjud sifatlarga ham ega bo’ladi.
Bugungi kunda neyrolingvistik dasturlash (NLD) axborot-psixologik ta’sir
ko’rsatishning eng samarali vositasi deb tan olingan. Bu sohaning etakchi
mutaxassislaridan bo’lgan Piter Yang shunday yozadi: “NLD 70-yillarda paydo bo’lgan
paytdan beri odamlar voqelikni qanday qabul qilishlari va qanday o’zgarishlari haqida
nihoyatda katta bilim hajmiga ega bo’lish hisobiga o’z sohasini ancha kengaytirdi”
1
.
Georgiy Pocheptsov “NLD psixoanalizni qat’iy belgilab berilgan kommunikativ
asoslarga qo’yib, kommunikatsiya nazariyasi bilan psixoterapiyaning sinteziga o’xshab
qoldi”
2
, degan fikrda.
Aslida, neyrolingvistik dasturlash auditoriya tafakkurini axborot etkazuvchiga
qanday foydali bo’lsa, shunday o’zanga solib yuborishni anglatadi. Avvaliga maqsad
hamda vazifalar belgilanadi, so’ngra ta’sir ko’rsatish strategiyasi ishlab chiqiladi, ta’sir
o’tkazishning kerakli va qulay uslublari tanlanadi. Nihoyat, aholiga axborot vositasida
ishlov berish operatsiyasining o’zi o’tkaziladi. Amaliyot ko’rsatdiki, bularning hammasi
to’g’ri bajarilsa, auditoriya bunday ustalikka hech narsani qarshi qo’ya bilmas va
buyurtmachi rejalashtirgan barcha ishni itoatkorona bajarar ekan.
Bu neyrolingvistik dasturlash – xavfli qurol, degan xulosaga kelishimizga asos
beradi. Uning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun kamida ikki shartni bajarish
darkor: birinchidan, uning qo’llanilishini zarur bo’lgan sohalar bilan chegaralash;
ikkinchidan, insoniy o’lchovlar undan foydalanishning bosh mezoni bo’lishi, ya’ni
uning insonlarga amaliy foyda keltirishi. Bu g’oyat dolzarb talab ekanligiga kuyida
masalaning ikkinchi yarmi haqida keladigan bayonni o’qib ishonch hosil qilish mumkin
bo’ladi.
Gap shundaki, ishontirish, yolg’on xabar tarqatish, manipulyatsiya, shantaj qilish
axborot quroli yordamida ta’sir ko’rsatishning asosiy uslublari hisoblanadi. Ko’rib
1
Янг П. НЛП. Эффективные методики влияния. Ингл. тилидан С.Степанов таржимаси. – М.: ЭКСМО, 2007. – Б.
14.
2
Почепцов Г.Г. Теория коммуникации. – М.: “Рефл бук”, К.: “Ваклер”, 2003. – 74-б.
57
turganimizdek, ularning barchasi mazmunan salbiy, shaklan ig’vogaronadir.
Yolg’onchi targ’ibotning konkret usullari haqida gapiriladigan bo’lsa, ular etarli
darajada ko’p bo’lib, ayrimlarigagina tavsif berib o’tamiz
3
.
|
| |