62
turli terrorristik amallarni muvaffaqiyatli ko’paytirib, shu bilan aholi ongiga qo’rquv va
sarosima solmoqda, degan fikr uning “Mediaterrorizm” kitobi bo’ylab o’tadi.
Tsiganov quyidagi faktni keltiradi: “Rossiyadagi terrorizm psixoprofilaktikasi
kengashi (uning tarkibiga etakchi psixologlar, psixiatorlar, psixoterapevtlar kirgan)
a’zolarining mamlakat Prezidentiga yozgan xatida: “Faqat o’z joniga qasd qiluvchi
kishilar jamiyatigina “praym-taym”da efir vaqtining 80% ni zo’ravonlikni va
surbetlarcha shafqatsizlikni namoyish qilishga ajratishga qodirdir. Qiyoslash uchun:
AQShda bu hissa 15% ni tashkil qiladi”
1
, deyiladi.
O’zbekistonga kelganda aytish joizki, milliy ommaviy axborot vositalarimiz, ayrim
xorijiy davlatlar kabi, keng ommaga salbiy axborot etkazishda u qadar keskin harakat
qilmaydi. Albatta, ommaviy madaniyat ruhi va shaklidagi chiqishlar ko’p bo’lmoqda,
masalan, katta adadli nashrlarda (“Darakchi”, “Hordiq”, “Bekajon” va boshq.), lekin
bunday chiqishlar o’z xalqiga qarshi axborot hurujlari darajasiga bormagan.
Xalqaro axborot maydonini monopoliyadan chiqarishga kelganda, bu erda masala
u qadar jo’n emas. Globallashtirish etakchilari so’zda mamlakatlar o’rtasidagi tenglik
haqida gapirib, amalda esa o’zlari egallab olgan hududlarining bir qadamini ham boy
berishmaydi. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan va boshqa jahon ommaviy axborot
manbalari er yuzidagi axborot bo’shlig’ini nazorat qilishda davom etib kelayotirlar.
Internet xususida shuni aytish lozimki, AQSh o’z yurtiga tegishli domen ismlar va
raqamlarni taqsimlash xususiy korporatsiyasi - IKANN orqali uning ustidan o’z
hukmronligini o’rnatganini yashirib ham o’tirmaydi.
Jahon axborot makonini monopoliyadan chiqarishga doir harakatlar quyidagicha
bo’lishi mumkin:
–
muqobil
nuqtai
nazarlarni
ifodalovchi
ommaviy
teleradiokompaniyalar hamda veb-saytlarni ( “Evronyus” , TV-5,
“Al-Jazira” singari) tashkil etish va ular faoliyatini ildamlatish;
–
yangi xalqaro teleradiokanallar va Internet-saytlarni tashkil etish
hamda amal qilyotganlarining obro’sini ko’tarish;
–
Internetning vatanimizga tegishli bo’limini ijobiy materiallar bilan
faol to’ldirish;
–
axborot bosqinchiligidan himoyalanishning samarali shakli sifatida
milliy madaniyat, an’ana va urf-odatlarni barcha choralar bilan
rivojlantirish;
–
axborot urushi ig’vogarliklariga uchmaslik, O’zbekistonda huquqiy
demokratik davlat qurish borasidagi bunyodkorlik ishlarini
sobitqadamlik bilan davom ettirish.