3. Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash
yo’nalishlari
Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash bu sohada
muayyan tizim tashkil etishni taqozo qiladi. Bunday tizim asosan uch qismdan iborat
bo’ladi: me’yoriy-huquqiy, tashkiliy va texnologik tizimlar.
69
Xavfsizlikning me’yoriy-huquqiy jihatlari axborot-psixologik xavfsizlikka,
tahdidga qarshi tegishli kurash vositalarini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Bu vositalar
me’yoriy-huquqiy aktlar, davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga tahdid uyg’otuvchi
holatlarga qarshi me’yoriy hujjatlar, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq
va erkinliklarini ruyobga chiqarishga xizmat qiladigan qonunlar va qonun osti
hujjatlarini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Mazkur hujjatlarning barchasi fuqarolarning
ruhiy salomatligini himoya qilishga, jamiyatda ijtimoiy osoyishtalik hukm surishini
ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Mazkur jarayon O’zbekistonda samarali amalga
oshirilayotgani hammaga ma’lum.
Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy qismi tarkibiga mazkur
sohadagi huquqiy me’yorlarga amal qilishini ta’minlash bilan shug’ullanuvchi davlat
organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek alohida fuqarolar kiradi. O’zbekistonda
fuqarolik jamiyati tarkib topa borgani sari boshqa sohalarda bo’lgani singari,
xavfsizlikni ta’minlash sohasida ham fuqarolik jamiyati tuzilmalarining roli oshib
bormoqda. Shu o’rinda O’zbekistondagi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos
ko’rinishlaridan bo’lgan mahalla institutining rolini alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish tizimidagi muhim tarkibiy qism sifatida mahalla
turar joylardagi ma’naviy-ruhiy iqlimni tartibga solish bilan birga, xavfsizlikni
ta’minlashda ham muhim rol o’ynayotir. Fuqarolarni, birinchi navbatda yoshlarni, turli
xil g’ayriqonuniy diniy oqimlar ta’siridan asrashda mahalla borgan sari faolroq ishtirok
etmoqda. Aholining axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda, ayniqsa, turli xil
mish-mishlar oldini olish va g’ayriqonuniy diniy oqimlarning vakillari tomonidan
varaqalar tarqatilishini bartaraf etishda mahalla fuqarolar yig’ini muhim vazifalarni
bajaradi. Mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining ma’naviy-ma’rifiy va diniy-tarbiyaviy
ishlar bo’yicha maslahatchilari lavozimining joriy etilishi bu yo’nalishdagi ishlarning
yanada jonlanishiga katta turtki berdi.
O’zbekistonda
axborot-psixologik
xavfsizlikni
ta’minlashda
tashkiliy
masalalarning o’rni ayniqsa, muhim. Dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarda o’rnatilgan
tartibga ko’ra, xavfsizlik masalalari bilan davlat shug’ullanadi. Bu borada davlatning
roli jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarni bu muhim masala echimidan chetlatishda
emas, balki ularni shu jabhaga jalb etish va uyushtirishda namoyon bo’ladi.
Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi davlat hokimiyati
qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati organlari, shuningdek jamoat tashkilotlari
va alohida fuqarolar davlatni boshqarishdek yagona maqsad yo’lida o’z vakolat va
huquqlari doirasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Tashkiliy tuzilmaning muhim tarkibiy qismlaridan biri – kadrlar masalasi bo’lib,
davlat tashkilotlari va xususiy sektordagi tashkilotlarning axborot-psixologik xavfsizligi
ko’p jihatdan ularga bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan etarli salohiyatga ega bo’lgan
kadrlar tizimini shakllantirish va qo’llab-quvvatlash davlatning axborot-psixologik
xavfsizlikni ta’minlash yo’lidagi faoliyatida yuksak samaradorlikka erishishda juda
muhim omil hisoblanadi.
Davlat, jamiyat va alohida shaxsning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda
bir qator muammolar mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Eng
avvalo, bu mazkur sohada davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish muammosidirki,
uning murakkabligi xavfsizlikni ta’minlash ob’ekti va sub’ektining o’ziga xosligi bilan
bog’liq. Shaxs va jamiyat ma’naviyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar
yaratish sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar, avvalo, jamiyatning o’zi
70
tomonidan huquqiy mezonlarni belgilash va qo’llab-quvvatlash, fuqarolar xulq-
atvoridagi ijtimoiy maqbul stereotiplarni qo’llash mexanizmlarini yaratish orqali amalga
oshiriladi. Ayni paytda davlatning ommaviy huquq yordamida mazkur sohadagi eng
xavfli xatti-harakatlar oldini olish borasida muttasil faoliyat ko’rsatishi shu sohadagi
eng muhim yo’nalishlardan birini tashkil etadi. Mazkur sohada davlat va jamoat
tashkilotlarining o’zaro munosabatlari chegarasini aniq belgilab olish juda zarur bo’lib,
uning buzilishi, bir tomondan, hokimiyatni obro’sizlantirib qo’yishi, ikkinchi tomondan,
jamoat tashkilotlarining befarqligi va loqaydligiga sabab bo’lishi mumkin.
Individual va ijtimoiy ongga jiddiy ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan ommaviy
axborot vositalari tizimini takomillashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Muammoning murakkabligi avvalo shundaki, fuqarolik jamiyatining asosi bo’lgan
jamoat tashkilotlari ommaviy axborot vositalariga ta’sir o’tkazish uchun samarali
vositalarga ega emas. Ayni paytda davlat organlarining ommaviy axborot vositalari
faoliyatiga bevosita va muntazam aralashuvi bu vositalar faoliyatida biryoqlamalikka
olib kelishi mumkin. Demokratik institutlar taraqqiy topgan mamlakatlarda, shu
jumladan, O’zbekistonda aholining keng qatlamlari uchun xolis va ob’ektiv axborot
olish imkoniyatlari yaratildi.
1.
Vaziyatni tahlil qilish shundan guvohlik beradiki, bir qator mamlakatlar ommaviy
axborot vositalari (televidenie, radio, gazeta va jurnallar, Internet)dan axborot
yordamida ta’sir qilish quroli sifatida foydalanmoqdalar.
Axborot qurollari sirasida elektron vositalar (televidenie, radio, Internet) alohida o’rin
tutadi. Hozirgi kunda psixotron qurollarning ishlab chiqarilishi va tarqala boshlashi
elektron ommaviy axborot vositalaridan xatarli qurol sifatida foydalanishning ehtimoliy
xavfini keskin oshirmoqda. Bugungi kunga kelib aytish mumkinki, axborot qurolining
xavfi ommaviy qirg’in quroli xavfidan kam bo’lmay qoldi.
Hozirgi kundagi mavjud tasavvurlarga ko’ra, individual ong va ijtimoiy ongni
buzg’unchi axborot ta’siridan (bunday axborotni insonlar ongiga yoki ostki ongiga
kiritish yo’li bilan ularning atrof-voqelikni noadekvat idrok qilishiga olib kelish),
shuningdek, shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi hayotiy muhim
manfaatlarini himoyalash zarur. Bunday manfaatlar jumlasiga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1.
Shaxs manfaatlari: fuqarolarning ob’ektiv axborotni izlash, olish, uzatish va
yaratishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini; ularning o’z shaxsiy
hayotlari dahlsizligiga bo’lgan huquqini; o’z salomatliklarini zararli axborotdan
saqlashga bo’lgan huquqini ta’minlash.
2.
Jamiyat manfaatlari: axborot jamiyatini shakllantirish; milliy ma’naviy
qadriyatlarni himoya qilish, milliy madaniy merosni targ’ib qilish, ommaviy ong ustida
o’tkaziladigan manipulyatsiyalarga yo’l qo’ymaslik va ularning oldini olish.
3.
Davlat manfaatlari: shaxs va jamiyat manfaatlarini himoyalash; davlat
hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazorat institutlarini shakllantirish,
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish, huquqiy davlat
tuzish.
Tahdidlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- inson salomatligiga zarar etkazish;
- shaxs erkini anglab bo’lmaydigan darajada to’sib qo’yish, unga tobelik
sindromini singdirish va buning natijasida g’ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga
majburlash;
71
- insonning axloqiy, madaniy, siyosiy qiyofasini buzish;
-
maxsus
ta’sir o’tkazish vositalari yordamida ijtimoiy ong ustida
manipulyatsiyalar o’tkazish;
- O’zbekistondagi yagona ma’naviyat va axborot makonini parokanda qilib
tashlashga urinish;
- ijtimoiy axloq me’yorlari va jamiyatning an’anaviy qadriyatlariga zarar etkazish.
Bu tahdidlar salbiy axborot-psixologik ta’sir o’tkazish, maxsus vosita va usullarni
ishlab chiqish, O’zbekiston davlatining ichki siyosatiga chetdan turib maqsadga
yo’naltirilgan tarzda aralashish axborot urushiga tayyorlanish va axborot qurolidan
foydalanish shakllarida amalga oshiriladi. Bunday tahdidlar oldini olish va ularning
zararli oqibatlarini minimal darajaga tushirish uchun davlat siyosati quyidagi
tamoyillarga asoslanishi lozim:
- mavjud tahdidlarga mos ravishda xavfsizlik choralarini ko’rish;
- foydalanish faqatgina qonunda ko’rsatilgan holatlarda mumkin bo’lgan axborot-
psixologik ta’sir o’tkazishning maxsus vositalarini ishlab chiqish, yaratish va
qo’llashga davlat va jamiyat monopoliyasini o’rnatish;
- axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash borasida oshkoralik va fuqarolik
nazoratini joriy etish;
- axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyatda jamoat
tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash zarurligi.
Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning quyidagi vazifa va funktsiyalarni
bajarish zarur:
1. O’zbekiston Respublikasining axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashga oid
qonunchiligini takomillashtirish.
2. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash tizimini shakllantirish va
rivojlantirishi.
3. Davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining axborot-psixologik
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
5. Fuqarolarning axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi huquqiy
ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishi.
6. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil
etish.
7. O’quv muassasalari tomonidan axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash
sohasida kadrlarini tayyorlashni yo’lga qo’yish.
Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning muhim
vositalaridan biri - shu yo’nalishda o’tkaziladigan ekskpertizalardir. Axborot-psixologik
xavfsizlikni ta’minlash buyicha o’tkaziladigan ekspertiza tizimi O’zbekistonda endigina
shakllanib kelmoqda. Mamlakatimizda davlat, jamiyat va shaxsning axborot-psixologik
xavfsizligi to’g’risida maxsus qonun qabul qilish vaqti etdi. Bunday qonun mazkur
yo’nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Chunonchi, “O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi”, “O’zbekiston
Respublikasining Ma’muriy kodeksi” singari me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ham tegishli
o’zgartishlar kiritish zaruriyatini ham keltirib chiqaradi.
Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning muhim
yo’nalishlaridan
biri,
shuningdek,
xalqaro
huquqiy-me’yoriy
hujjatlarni
takomillashtirishdan iborat. Hozirgi kunda mamlakatimizga turli kanallar orqali xorijda
tayyorlangan va nashr etilgan gazeta-jurnallar, adabiyotlar, eshittirish va ko’rsatuvlar
72
kirib kelmoqda. Ularning muayyan qismi tarkibida mamlakatimiz aholisi uchun yot
bo’lgan stereotiplar, ustanovkalar, qadriyatlar yo’qligiga kafolat berib bo’lmaydi.
Yurtimizga qarshi axborot-psixologik xurujlar imkoniyat vujudga keldi deguncha
amalga oshirilmoqda. Mafkuraviy kurash keskinlashib borayotgan hozirgi sharoitda
axborot qurollaridan g’animlarimiz foydalanishlarining ehtimoli ortib bormoqda. Shuni
ham nazarda tutish lozimki, “kibermakon“ degan kenglikda hech qanday chegara yo’q.
Bu makonda foydali va zarur axborot bilan bir qatorda yoshlar uchun zararli, umuman
aholi uchun xavfli bo’lgan axborot, psixotron qurollar ham bemalol aylanib yuribdi.
Hozirgi kunda fan va texnologiya taraqqiyoti shu qadar tezlashib ketdiki, psixotron
qurollarning yangidan-yangi turlari yaratilmoqda. Masalan, ular orasida uzoq
masofadan turib odamlar ongi, tafakkuri, xotirasi, his-tuyg’ulariga kuchli ta’sir o’tkaza
oladiganlari ham bor. Misol uchun, O’YuCh (o’ta yuqori chastotali) qurollar uzoq
masofadan turib shaxsning psixikasi, xotirasiga, hatto ichki va jinsiy a’zolariga ta’sir
qilishi mumkin. Bayon etilganlarning barchasini nazarda tutib, davlat tomonidan
xalqaro axborot ayirboshlash jarayoni uchun tegishli me’yorlar, taqiqlar va cheklovlar
o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir. Bunga erishish uchun xalqaro hamjamiyatning
diqqat-e’tiborini mazkur masalaga qaratish, milliy davlatlar qonunchiligini unifikatsiya
qilish talab etiladi.
Mamlakatimizda keng tarmoq otayotgan kompyuter klublaridagi o’yinlar orasida
halqimizga yot bo’lgan zo’ravonlik, fahsh va axloqsizliklarni targ’ib etadiganlari tobora
ko’payib borayapti. Bunday holat mazkur masalaga nafaqat davlat idoralarining, balki
ota-onalar qo’mitalari, mahalla, qishloq fuqarolar yig’inlari va boshqa jamoat
tashkilotlarining e’tiborini tortish maqsadga muvofiqligidan guvohlik bermoqda.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
–
axborot xavfsizligi sohasidagi jarayonlar va munosabatlarning o’sish
sur’atlari qonunchilikning takomillashish sur’atlaridan bir oz
ildamlab ketdi. Bunday holat davlat, jamiyat va shaxsning axborot-
psixologik xavfsizligini ta’minlashga oid qonunlarni ishlab chiqish
va qo’llash amaliyotini rivojlantirish zarurligini ko’rsatadi;
–
davlat, jamiyat va shaxsning axborot–psixologik xavfsizligini
ta’minlash borasida yagona siyosat asoslarini ishlab chiqish va
mazkur yo’nalishda tegishli qonun qabul qilish, shuningdek mazkur
yo’nalishdagi qonunlarga tegishli o’zgartishlar kiritish muhim
ehtiyojga aylandi;
–
xalqaro axborot almashuv jarayonida vujudga kelishi mumkin
bo’lgan tahdidlardan samarali himoyalanish uchun xalqaro
hamjamiyatning harakatlarini muvofiqlashtirish hamda milliy
davlatlar qonunchiligini unifikatsiyalash, “Axborot urushlari
xavfining oldini olish va axborot quroli muomalasini cheklash
haqida” xalqaro konventsiya yaratish yo’lidagi faoliyatlarni
birlashtirish zaruriyati paydo bo’ldi.
Inson ongi mohiyatan ochik tizimdir. U tashqi dunyo bilan axborot almashish
jarayonida rivojlanib boradi. Ongning bunday ochiqligidan buzg’unchi kuchlar ham
foydalanib qolishga urinadilar. Zotan, hozirgi kunda global tarmoqning, yangi jihozlar
va texnologiyalarning vujudga kelishi bunday kuchlar tomonidan faqat alohida shaxs
ongiga emas, millionlab kishilar ongi-shuuriga vayronkor ta’sir o’tkazilishi uchun
imkoniyat yaratdi.
73
Axborotni qayta ishlash va aloqa bobidagi zamonaviy vositalar insoniyat
mavjudligining printsipial yangi sharoitlarini vujudga keltirdi. Hozirgi kunda milliy
axborot va telekommunikatsiyalar tizimini global axborot infratuzilmasiga birlashtirish
singari ulkan loyihalar yuzaga chiqdi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi har bir shaxs
uchun, u qaysi mamlakat va mintaqada yashamasin, dunyoning xohlagan burchagidagi
odamlar bilan axborot almashish imkonini vujudga keltirdi. Bunday infratuzilmaning
barpo etilishi insoniyat taraqqiyoti uchun misli ko’rilmagan imkoniyatlar eshigini
ochadi. Ayni paytda bu infratuzilma vayronkor kuchlarga ham juda qo’l kelishini
unutmaslik kerak.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy hayotning turli jabhalariga kirib
kelishi, aytish mumkinki, har bir shaxs va jamiyat xavfsizligini ana shu infratuzilmaning
aniq va uzluksiz faoliyat yuritishiga, olinayotgan axborotning ishonchliligiga, bu
axborotning xufya tarzda modifikatsiya qilinmasligiga bog’lab qo’ydi.
Axborot-telekommunikatsiya tizimlaridagi texnik nosozliklar va avariyalarning
kelib chiqishi energiya tizimi, ulkan quvurlar tizimidagi, shuningdek ekologik xavfli
ishlab chiqarish, sun’iy yo’ldoshlar va temir yo’l tizimini boshqarishda qanchalik
halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Insoniyat, bir
tomondan, yangi axborot tuzilmalarining ulkan imkoniyatlaridan foydalansa, ikkinchi
tomondan, uning mavjudligi va risoladagiday hayot kechirishi ana shu tuzilmaning
to’g’ri va samarali faoliyat yuritishiga bog’lik bo’lib qoldi. Shundan ko’rinadiki,
axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash uchun alohida shaxs va guruhlar u yoqda
tursin, hatto mamlakatlar va mintaqalar o’zaro hamkorlik qilishlarining zaruriyati
vujudga keldi.
|