Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/80
Sana13.05.2024
Hajmi1,7 Mb.
#229572
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

legitimlashtirish
(e’tirof etish) vazifasi. Bunda mafkura jamiyatda mavjud 
siyosiy rejim yoki qoidalarning xalq tomonidan tan olinishiga va e’tirof etilishiga 
xizmat qiladi; 

me’yorlashtirish
vazifasi. Bunda mafkura jamoatchilikda mo’ljallarni aniq 
belgilash, ijtimoiy fe’l-atvor, dunyoqarash va manfaatlar uyg’unligini ta’minlashning 
me’yoriy tartibotlarini ishlab chiqadi va targ’ib qiladi; 

integratsiyalash 
vazifasi. Bunda mafkura real ijtimoiy vaziyatda fuqarolarni 
birlashtirishni, maqsadlar va manfaatlar mushtarakligini ta’minlashni asosiy vazifa qilib 
oladi; 

safarbarlik
vazifasi. Mo’ljallangan maqsadlar, g’oyalar va shiorlarning amalga 
oshishi uchun turli ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolarni birlashtirishga, safarbarlikka 
da’vat etishga xizmat qiladi. Ana shu tarzda mafkura jamiyatni harakatga keltiruvchi, 
uning istiqbolini belgilovchi muhim g’oyaviy tizim sifatida o’zini namoyon etadi.


89 
Globallashuv jarayonida esa mafkuraning mohiyati yana ham kengayib borayapti. 
Chunki bugun uning ta’sir doirasi kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Ayniqsa, axborot 
bozori tobora keskinlashayotgan, g’oyalar to’qnashuvi avj olayotgan, manfaatlar 
ustuvorligi xuruj qilayotgan bir paytda mafkura ham global mohiyat kasb etayotir.
 
Zotan, XXI asr insoniyat tarixining yangi davrini ochmoqda. Yangi yuz yillik va 
yangi ming yillik ostonasida turgan bir paytimizda jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlari 
keskin o’zgarayotgan va inson tafakkuri butunlay yangilanayotgan, manfaatlar 
umumiyligi yuz berayotgan bir davrni boshdan kechirayapmiz. Darhaqiqat, bugungi 
dunyoda bir xalq, mamlakat o’z hududi doirasidagina yashash bilan cheklanmaydi. 
Aksincha, dunyo xalqlarini manfaatlar mushtarakligi birlashtirmoqda. Har qanday
“xususiy” muammo barchaga birday tegishli bo’lib qolayapti. Umumiy taqdir va 
umumiy istiqbol tushunchalari global mohiyat kasb etayotir. 
Global mohiyatga ega bo’layotgan g’oyat zalvorli masalalar ko’payib borayapti. 
Bu insoniyat tarixiga va taqdiriga, buguni va istiqboliga jiddiy ta’sir etmoqda. Ayni ana 
shu muammolar mohiyatini qanchalik chuqur tushunsak, ma’naviy og’riq, ruhiy 
ozurdalik shunchalik katta tahdid solayotganini yana ham chuqurroq his etamiz. 
Ommaviy axborot vositalari mazkur muammolarni shu darajada ko’p targ’ib etmoqdaki, 
bu ba’zan g’oyat fojiali, ziddiyatli vaziyatni vujudga keltirmoqda. 
Kishilik jamiyati tarixi hech qachon XX asrdagi singari favqulodda mafkuraviy 
holatlarga, g’oyaviy to’qnashuvlarga va ziddiyatlarga duch kelmagan. Ayni ana shu 
hodisa yangi yuz yillik taqdirini, mohiyatini belgilaydigan omilga aylandi. Siyosiy 
tafakkur, ijtimoiy falsafa, urush va tinchlik haqidagi g’oyalar rivojlangani sari insoniyat 
tobora tahdid girdobiga tushib qolayapti. Xalqlar, millatlar endi bir-biridan uzoqlashib 
emas, bir biriga intilib yashash ehtiyoj ekanligini tushunib bormoqda. Ana shu anglash 
jarayonining o’zi bu qadimiy makonda umumsayyoraviy madaniyat darajasining oshib, 
madaniy tushunchalarning kengayib borayotganidan dalolat beradi. Ya’ni, urush 
madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga o’tish zaruriyat ekanligi tobora ko’proq 
namoyon bo’layotir. Ana shu jarayonda jamiyat hayotida daxldorlik tuyg’usi, ya’ni 
xalqlar va millatlarning madaniyatlar orqali o’zaro yaqinlashuv jarayonlari 
faollashmoqda. Jarayonning ijobiy tomoni shundaki, madaniyatlararo integratsiya 
xalqlar o’rtasida o’zaro bir-birini tushunish darajasi oshishiga olib keladi. Bu o’ziga xos 
mafkuraviy mohiyat kasb etib, mafkuralar va aniq mo’ljallangan maqsadlar amalga 
oshishiga xizmat qilmoqda. 
Aslini olganda, har bir millat yoki elat umuminsoniy qadriyatlarga o’ziga xos hissa 
qo’shadi. Shu bilan birga har bir milliy mafkura o’z tarixiy ildizlariga tayanib, uning 
sarchashmalaridan bahra olib, umumtarixiy tajribalar bilan oziqlangan holda boyib 
boradi. 
Kosmopolitizmni tushunib olish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi 
kunda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning tobora shiddat bilan umumsayyoraviy 
mohiyatga ega bo’lib borayotganligi sababli umuminsoniy mafkura dunyoga 
kelayotganday tuyuladi. Go’yoki, milliy mafkura o’z mohiyatini yo’qotib, 
“chatishtirilgan”, sun’iylashtirilgan holatdagi majruh qiyofaga kirmoqda. Bunday 
“bedavo”likdan qutulishda esa faqat milliy tafakkur, milliy ong, milliy ruh alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ayni ana shu muhim uchlik ustuvor bo’lgan sharoitdagina milliy 
va ma’naviy xaloskorlik tuyg’usi, o’z milliy qadriyatlarini himoya qilish immuniteti 
kuchayadi va har qanday sharoitda ham uning o’z kuch-qudratini namoyon etmog’ini 
hayot taqozo qiladi. Bunda milliy g’oya asosiy hal qiluvchi vosita vazifasini o’taydi. 


90 
Mafkuralar kurashi – XXI asrning eng murakkab masalalaridan biri. Bir qarashda 
o’z milliy qadriyatlari, an’analari va madaniyatini zo’r berib himoya qilish kishiga 
xuddi shovinizm, millatchilik va irqchilik kabi salbiy holatday tuyuladi. Ikkinchi 
tomondan esa umuminsoniy mafkura tushunchasining tobora kengayib borayotgani 
millatlar va elatlarning o’ziga xosligi yo’qolishiga olib kelmoqda. Mazkur muammoni 
to’g’ri tushunib olish talaba uchun juda muhimdir.
Bugungi dunyoni faqat o’zaro sog’lom muloqot, o’zaro bir-birini to’g’ri tushunish 
madaniyati asrashi mumkin. Xuddi ana shu muloqot - bir-birini eshitish va tushunish 
madaniy ehtiyojga aylangan g’oyaviy-mafkuraviy hodisadir. G’oyatda kuchli qurol-
yarog’lar, harbiy aslahalar va harbiy qudrat bilan zo’ravonlik qilish, qolaversa, buyuk 
davlatchilik shovinizmi tahdidi hozirgi zamon tsivilizatsiyasi nuqtai nazaridan ibtidoiy 
hodisaga aylandi.
Bugungi kunda mafkuraning shakli va ta’sir ko’lami tobora kengayib bormoqda. 
Jumladan, u o’zini madaniyat va madaniyatlararo integratsiya shaklida ham namoyon 
etayotir. 
Hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan har qanday milliy madaniyat turli xalqlar 
madaniyati bilan muloqot qilishga qodir bo’lmog’i lozim. Ana shu muloqot jarayonida 
bir madaniyat ikkinchi bir madaniyatga ham o’z ta’sirini o’tkazadi, ham o’zi boyidi. 
Boshqacha aytganda, o’z madaniy qobig’idan chiqmaslik, har qanday madaniyatga 
qarshi turish ojizlik va notavonlikdir. Bugungi tsivilizatsiya yutuqlaridan orqada qolish
qoloqlikdir. Boshqa bir madaniyatga qo’shilib ketish esa milliy tanazzuldan boshqa 
narsa emas. Bu millatning inqirozi bilan teng bo’lgan fojia. Ana shunday murakkab, 
ziddiyatli bir sharoitda o’zaro ta’sir va ergashish tuyg’usi me’yor doirasida bo’lmog’i 
lozim. Misol sifatida bir faktni keltiraylik. Germaniya Federativ Respublikasining oliy 
o’quv yurtlari har yili qabul kvotalaridan besh foizini nemis tilini bilandigan chet el 
fuqarolariga ajratadi va ularni o’z hisobidan o’qitadi. Sabab – nemis halqining 
madaniyati boshqa millatlar madaniyati bilan boyib turishi zarur ekan. 
Madaniyatlararo integratsiya - dunyoni yangilashga, insoniyat tafakkurini 
boyitishga, uning madaniy saviyasini oshirishga katta xizmat qiladigan ulkan ijtimoiy-
ma’naviy hodisa. Biz jahon tamaddunidan ortda qolmasligimiz kerak. Hech 
bo’lmaganda u bilan barobar yurishimiz, uning yutuqlaridan foydalana olishimiz zarur 
va hatto o’z yutuqlarimiz bilan zamonaviy tsivilizatsiya tajribalarini boyitishga 
intilmog’imiz lozim. Biroq bundan milliy xususiyatlarimizga, an’analarimizga, turmush 
tarzimizga zid bo’lgan madaniyatni olib kirish mumkin degan fikrga bormaslik kerak. 
Madaniyatning milliy o’ziga xosligi - bu ma’lum bir millatning mohiyati, qiyofasi, 
uning asrlar qa’ridan etib kelgan qadriyatidir. Milliy madaniyat tushunchasi orqali biz 
asrlar sinovidan o’tgan, o’tmish tajribalarini o’zlashtirgan va ayni paytda hozirgi zamon 
madaniy tajribalar asosida o’zini boyitib borayotgan, uning yangidan-yangi qirralarini 
ko’rsatayotgan jarayonni tushunamiz. Bu - bevosita milliy ong, milliy tafakkur tarzi 
bilan bog’liq bo’lgan keng miqyosli voqelik. Ayni ana shu holat har bir millat va 
xalqning milliy onglilik darajasini, o’sha millat yoki xalqning tsivilizatsiyalashganlik 
maqomini ko’rsatadi. 
Madaniyatlararo integratsiya avj olayotgan hozirgi davrda masalaning ijobiy va 
salbiy tomonlari ko’zga yaqqol tashlanmoqda. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish