• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • Siyosiy sohada
  • Diniy sohada.
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/80
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #229572
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Birinchidan,
    ayrim katta xalqlar madaniyati tsivilizatsiya ramzi sifatida kichik 
    xalqlar madaniyatining rivojlanishiga, ularning taraqqiy topishiga, jahon tamadduniga 
    yaqinlashishiga yordam bermoqda. Bu, albatta, har qanday milliy madaniyat o’z ehtiyoji 


    91 
    nuqtai nazaridan jahon madaniyatiga intilishi orqali uning eng samarali, ijobiy 
    jihatlarini qabul qilib, salbiy tomonlarini qabul qilishdan saqlanish kabi o’ta nozik, katta 
    milliy madaniyatni, ma’rifatni va, tabiiy ravishda, axloqni taqozo etadi.
    Ikkinchidan,
    esdan chiqarmaslik zarurki, katta xalqlar madaniyati kichik xalqlar 
    madaniyatini yutib yuborishi mumkin. Ularga kuchli mafkuraviy ta’sir o’tkazib, o’ziga 
    xosligini, milliy xususiyatlarini, qadriyatga aylangan urf-odatlar va an’analarini ma’lum 
    darajada poymol etmoqda.
    Uchinchidan,
    kichik xalqlar, jumladan, rivojlanish yo’liga chiqayotgan 
    mamlakatlar jahon taraqqiyotidan orqada qolmaslik uchun uning yutuqlarini 
    o’zlashtirish yo’lidan borishi tabiiy. O’z-o’zidan bunday xalqlarda jahon madaniyatiga 
    intilish hissi kuchli bo’ladi. U qondirilishi qiyin bo’lgan ehtiyojga aylanadi. Jahon 
    tamadduni yutuqlariga ko’r-ko’rona yondashish oqibatida esa milliy o’ziga xoslik boy 
    berilib, madaniy-ma’rifiy inqirozga yuz tutilishi mumkin. Bugungi kunda bu juda 
    muhim muammoga aylangan. Bunday holatni bir necha shakllarda ko’rsa bo’ladi: 
    Siyosiy sohada:
    Urush va tinchlik muammosi doimiy va hamisha dolzarb 
    masalalardan bo’lib kelgan. Dunyoni termoyadro xavfidan qutqarish, xalqlar va 
    davlatlar o’rtasida mo’’tadil siyosiy-mafkuraviy iqlimni vujudga keltirish, diniy 
    ekstremizm, fanatizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, narkotik moddalar 
    tarqalishiga chek qo’yish singari global muammolarni hal etishda, mintaqaviy 
    mojarolarni bartaraf qilishda yuksak siyosiy madaniyat, urush madaniyatsizligidan 
    tinchlik madaniyatiga o’tish jarayonida o’ziga xos munozaralar va muzokaralar 
    ma’naviyatini yo’lga qo’yish XXI asrning og’riqli nuqtalaridan hisoblanadi. Ushbu 
    global masalalar yuzasidan gapirar ekan, Prezident I.A.Karimov mustaqilligimizning 
    ikkinchi yilidayoq BMTning 48-sessiyasida so’zlagan nutqida “Dunyo mojarolarini hal 
    etishda sharqona munosabatlar ilmini egallash zarur”
    1
    degan fikrni bildirgan edi. Bu 
    bilan notiq buyuk davlatchilik shovinizmi, katta davlatlarning kichik davlatlarga tazyiqi, 
    zo’ravonlik illatlariga barham berish, dunyo muammolarini hal etishda va jahon 
    ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini yaxshilik sari burishda muzokaralar yo’lini tanlash, har 
    qanday mojaroli masalalarni aql-idrok, yuksak siyosiy tafakkur va ma’naviyat orqali hal 
    etish zarurligini ko’rsatgan edi. Bu bilan O’zbekiston davlati rahbari siyosiy maydonda 
    mamlakatimizning sharqona axloq, odob va munosabatlar madaniyati orqali o’z siyosiy 
    madaniyatini namoyon etgan edi. 
    Diniy sohada.
    Jahon dinlarining o’zaro integratsiyasi o’z aqidalari, diniy qoidalari 
    va huquqiy me’yorlari doirasida faoliyat yuritgan holda, dunyoviy masalalar echimini 
    topishga umuminsoniy qadriyatlar orqali yondashishni taqozo etadi. Dinlarning bir-
    birini inkor etishi, kamsitishi, bir dinning boshqa bir din ustidan hukmronlik qilishi 
    singari illatlarga barham berishni, masalaga diniy qarashlar va e’tiqodlar turlicha 
    bo’lgani bilan Alloh yagona ekanligi tamoyilidan kelib chiqib yondashishni talab qiladi.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish