|
Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi
|
bet | 1/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 405 Kb. | | #145105 |
Bog'liq tashkilotlarda faoliyat yonalishi
Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi. Ulardan 17120 ta (yoki jamiga nisbatan 72,1%) notijrat tashkilotlari ta'lim sohasida, 2606 tasi (11,0%) notijorat tashkilotlari davlat boshqaruvi va mudofaa sohasida, 1286 ta (5,4%) notijorat tashkilotlari sog’likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida, 1136 ta (4,8%) notijorat tashkilotlari professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida, 565 ta (2,4%) notijorat tashkilotlari san'at, ko'ngil ochish va dam olish sohasida faoliyat ko'rsatadi. 1-rasm 2017 yilda faoliyat ko'rsatgan notijorat tashkilotlari soni tarmoqlar kesimida, birlikda 2017 yilda notijorat tashkilotlarida jami pul tushumi 37067,0 mlrd. so'mni tashkil etgan, shundan 76,9% byudjetdan, 8,7% mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan, 4,2% hukumatning maqsadli hamda byudjetdan tashqari mahsus fondlaridan, 2% a'zolik, kirish, ixtiyoriy badallar va hayr-ehson, boshqa beg’araz tushumlardan kelib tushgan. 2-rasmdan ko'rinadiki, 2017 yilda faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlari 23749 tani tashkil etgan bo'lsa, shundan 2537 tasi Samarqand viloyatida, 2378 tasi Farg’ona viloyatida, 2166 tasi Qashqadaryo viloyatida, 2027 tasi Toshkent viloyatida joylashgan. 2-rasm 2017 yilda faoliyat ko'rsatgan notijorat tashkilotlari soni viloyatlar kesimida, birlikda Qishloq, o'rmon va baliq ho'jaligi sohalarida sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi 38559,6 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, shundan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda hizmat ko'rsatish sohasiga jami sotilagn mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining 52,2%, o'rmonchilik va yog’och tayyorlash sohasiga 41,4%, baliqchilik sohasiga 6,4% to'g’ri keladi. 0 500 1000 1500 2000 2500 3000 1714 1863 1409 1294 2166 885 1730 2537 1729 843 2027 2378 1321 1853 2-rasm 2017 yilda faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarida sotilgan mahsulot (ishlar, hizmatlar) hajmi Notijorat tashkilotlari tomonidan sotilgan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik mahsulotlari va bu sohalarda hizmat ko'rsatish hajmi 20130,7 mln.so'mni tashkil etgan. Sotilgan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik mahsulotlari va bu sohalarda xizmat ko'rsatishning 19% Toshkent viloyatiga, 18,8% Farg’ona viloyatiga, 15,1% Qashqadaryo viloyatiga, 11,2% Andijon viloyatiga hissasiga to'g’ri keladi. O'rmonchilik va yog’och tayyorlash sohasida sotilgan mahsulotlar 15965,1 mln.so'mni tashkil etadi. Sotilgan o'rmonchilik va yog’och tayyorlash mahsulotlarining 17% Buxoro viloyatiga, 13,9% Jizzax viloyatiga,13,5% Namangan viloyatiga, 10,2% Andijon viloyatiga hissasiga to'g’ri keladi. Baliq ovlash va akvakultura sohasida sotilgan mahsulot hajmi 2463,8 mln.so'mni tashkil etgan. Bu sohada yaratilgan mahsulotning asosiy qismi 79,0 % Toshkent viloyati hissasiga to'g’ri keladi, Toshkent shahri hissasiga 10,3%, Farg’ona viloyatiga 5,8%, Samarqand viloyatiga 2,7% to'g’ri keladi. 4-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarida mavjud avtotransport vositalari, %da 2017 yilda notijorat tashkilotlari tasarrufida 20743 ta avtotransport vositalari bo'lib, ulardan 20,2% Toshkent shahri, 10,7% Toshkent viloyati, 9% Samarqand viloyati hissasiga to'g’ri keladi. Avtotransport vositalari yuk avtomobillari, engil avtomobillar, pikap va engil furgonlar, mahsus avtomobillarni o'z ichiga oladi. Yuk mashinalari 14,8%, avtobuslar - 4,2%, engil mashinalar - 54,5%, mahsus avtomobillar - 26,5% ni tashkil etadi. 5-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatgan notijorat tashkilotlari tomonidan transport vositalarida tashilgan yuk hajmi Joriy yilda tashilgan yuk hajmi 9964,3 ming tonnani, yuk aylanmasi 74733,1 ming tonna/km tashkil etadi. Hududlar bo'yicha qaralganda jami yuk tashishning 23,9% Toshkent shahri, 9% Samarqand viloyati, 8,6% Toshkent viloyati hissasiga to'g’ri keladi. Yo'lovchi tashish hajmi 63254,5 ming kishini, yo'lovchi aylanmasi esa 795619,2 ming yo'l.km.ga teng. Hududlar bo'yicha qaralganda jami yo'lovchi tashishning 31,9 % Toshkent shahri, 7,2% Qoraqalpog’iston Respublikasi, 6,6% Navoiy viloyati hissasiga to'g’ri keladi. 6-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatgan notijorat tashkilotlari tomonidan yo'lovchi tashish hajmi, %da 2017 yilda notijorat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan (ko'rsatilgan) xizmatlar hajmi 4207,8 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lib, shu jumladan qishloq joylarda ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 423,2 mlrd. so'mdan iborat. Aholiga ko'rsatilgan hizmatlar hajmi 3390,5 mlrd. so'mni tashkil etadi. 6-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan (ko'rsatilgan) hizmatlar hajmi Notijorat tashkilotlaridagi mavjud personal kompyuterlar soni 466900 tani tashkil etgan bo'lib, ularning 17,8% Toshkent shahri, 10,4% Samarqand viloyatiga, 9,2% Qashqadaryo viloyatiga hissasiga to'g’ri keladi. Mavjud personal kompyuterlarining 421529 tasi stasionar, 45371 tasi noutbuk, netbuk, planshetlar hisobiga to'g’ri keladi. Shu bilan birga ular lokal, korporativ, internet tarmog’iga ulargan. Mavjud personal kompyuterlarning 39,8% lokal hisoblash tarmog’iga, 9,7 % korporativ tarmoqqa, 79,2% internet tarmog’iga ulangan. 7-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarining axborot vositalarining asosiy ko'rsatkichlari Notijorat tashkilotlarining mahsulot (tovarlar, ishlar va hizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi 1759306,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, hududlar bo'yicha qaralganda Toshkent shahri 46,0%, Samarqand viloyati 9,1%, Horazm viloyati 6,4% ni tashkil etadi. 8-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlari Foyda soliqini to'lagunga qadar foyda miqdori 247911,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, hududlar bo'yicha qaralganda Toshkent shahri 53,8%, Navoiy viloyati 14,9%, Samarqand viloyati 9,4%, Jizzax viloyati 5,0% ni tashkil etadi. 9-rasm 2017 yilda O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan notijorat tashkilotlarining foyda soliqini to'lagunga qadar foydasi 2017 yilda O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati 1999 yil 14 aprelda №763-I sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g’risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek halqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, halqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolathonalari va filiallarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o'z qatnashchilari (a'zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan o'zini o'zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shahslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko'mak ko'rsatishi mumkin. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkiloti qonun bilan taqiqlanmagan hamda o'zining ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq bo'lgan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishi mumkin. 1-rasm 2017 yilda faoliyat ko’rsatgan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi 2017 yilda faoliyat ko’rsatgan nodavlat notijorat tashkilotlari 14020 tani tashkil etadi. Shundan ta’lim va ma’rifat sohasida faoliyat ko’rsatgan tashkilotlar soni 572 ta, ijtimoiy muammolarni yechishga va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan boshqa faoliyat turlari bilan 356ta; ijtimoiy – huquqiy xizmatlar sohasida 314; hayriya faoliyati va hayriyaga ko’maklashish sohalarida 262ta; kasaba tashkilotlari a’zolarining manfaatlarini ifodalash sohasida 227 ta, yoshlarni ruhiy – ma’naviy tarbiyalashga ko’maklashish sohalarida – 185 ta, nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy reabilitasiya qilish bo’yicha faoliyat sohalarida 105 ta, ijtimoiy zaif guruhlarning moddiy farovonligini yaxshilash bo’yicha faoliyat sohasida 79 ta, madaniyat va dam olish sohalarida 65 ta, ijtimoiy-pedagogik faoliyat sohasida 53 ta, sog’liqni saqlash va kasalliklarning oldini olish sohasidagi faoliyat 50 ta, millatlararo hamkorlikni rivojlantirish, madaniyat va urf-odatlarni o’ziga xosligini saqlash sohalarida 39 ta, ijtimoiy-psixologik ko’maklashuv sohalarida 32 ta, atrog-muhitni va jonivorlarni ximoya qilish sohalarida 26 ta nodavlat notijorat tashkilotlari. 2017 yil oxiriga nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlar soni 55752 nafarni tashkil etgan bo’lib, ulardan 27915 nafari oily ma’lumotli, 25661 nafari esa o’rta ma’lumotli. Boshqaruv xodimlari soni esa 17271 nafarni tashkil etadi. Ayol xodimlar esa 16441 nafarni (29,5%) tashkil etadi. Ulardan oily ma’lumotga ega bo’lganlari 8082 nafarni, o’tra ma’lumotlilar esa 7506 nafarni tashkil etadi. 2-rasm 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining jinsi va ma’lumoti bo’yicha taqsimlanishi 3-rasm 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining yoshi bo’yicha taqsimlanishi 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari ixtiyorida 614 ta yuk avtomobillari, 186 ta avtobus va mikroavtobuslar, 3151 ta yengil avtomobillar, 22 ta pikap va yengil furgonlar va 746 ta maxsus avtomobillar mavjud. Nodavlat notijorat tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan yuk avtomobillarining 16,3% (100 ta) Andijon viloyati, 11,2 % (69 ta) Navoiy viloyati va 10,1% (62 ta) Xorazm viloyati xissasiga to’g’ri keladi. 4-rasm 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud avtotransport vositalari Nodavlat notijorat tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan avtobus va mikroavtobuslarning 25,3% (47 ta) Samarqand viloyati, 17,2 % (32 ta) Toshkent shaxri va 10,1% (62 ta) Xorazm viloyati xissasiga to’g’ri keladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud yengil avtomobillar soni bo’yicha: Toshkent shaxri 32,4% (1021 ta yengil mashina), Farg’ona viloyati 9,4% (296 ta yengil mashina) va Andijon viloyati 9,1% (287 ta yengil mashina). 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud personal kompyuterlar soni 25101 tani tashkil etadi. Mavjud personal kompyuterlar xududlar bo’yicha taxlil qilinganda 9430 ta personal kompyuter (jamiga nisbatan 37,6%) Toshkent shaxri, 1924 ta personal kompyuter (jamiga nisbatan 7,7%) Farg’ona viloyati, 1898 ta personal kompyuter (jamiga nisbatan 7,6%) Samarqand viloyati xissasiga to’g’ri keladi. 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud kompyuterlarning 20818 tasi statsionar kompyuterlar, 4283 tasi noutbuk, netbuk, planshetlardan iborat. 5-rasm 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud personal kompyuterlar soni viloyatlar kesimida 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) faoliyati Mahalla azaldan milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani bo'lgan. Mexr-oqibat, aqillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan habar olish, to'ytomosha, hasharu ma'rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat o'tkazish, yahshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo'lish kabi xalqimizga hos urf-odat hamda an'analar mahalla muhitida shakllangan. Ammo mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar sobiq ittifoq mafkurasi mahallani rasman tan olmadi, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o'zini-o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylanishi ko'rsatib o'tilgan. 1993 yil 2 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g’risida”gi 915-HИИ sonli qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish tushunchasi, huquqi, asosiy prinsiplari keltirib o'tilgan. 2017 yilda 8062 mahalla (fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlari) faoliyat yuritgan. Shundan Samarqand viloyatida 1086 ta mahalla (12,1%), Farg’ona viloyatida 1028 ta mahalla (11,5%), Toshkent viloyatida 1006 ta mahalla (11,2%) mavjud. Mamlakatimizda oila jamiyatning asosiy bo'g’ini bo'lib, jamiyat va davlat muhofazasiga olingan. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayralarini tashkil etadi. Jamiyat katta kichik oilalardan iborat bo'lib, bu oilalar qanchalik mustahkam bo'lsa, jamiyat va davlat poydevori ham shuncha mustahkam bo'ladi. 2017 yilda jami oilalar soni 8241865 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan kam ta'minlanganlar oilalar soni 271285 tani tashkil etadi 1-rasm 2017 yilda viloyatlar kesimida mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) soni Farg’ona viloyatida oilalar soni 1021,9 ming birlikni (jami oilalarga nisbatan 12,4%) tashkil etadi, ularning 32,8 mingtasi kam ta'minlangan oila hisoblanadi. Toshkent shahridagi oilalar soni jami oilalarning 9,5% ni tashkil etadi, oilalarning 0,5% kam ta'minlangan oila hisoblanadi. Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida o'rtacha 9% ni tashkil etadi. Samarqand viloyatida 17,8%, Namangan viloyatida 16% ni tashkil etadi. 2-rasm 2017 yilda oilalar va kam ta'minlangan oilalar haqida umumiy ma'lumotlar Moddiy yordam olgan oilalar soni 232,3 mingtani, 2 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlash bo'yicha nafaqa olgan oilalar soni 465,3 mingtani, 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqalarni olgan oilalar soni 463,1 mingtani tashkil etadi. Moddiy yordam olgan oilalar Samarqand viloyatida 18,7%ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent shahrida 0,6% ni tashkil etadi. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlash bo'yicha nafaqa olgan oilalar Surxondaryo viloyatida 16,6% ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent shahrida 0,1%ni tashkil etadi. 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqalarni olgan oilalar soni Qashqadaryo viloyati bo'yicha 13%ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent viloyatida 2,6% ni tashkil etgan. 3-rasm 2017 yilda nafaqa va moddiy yordam olgan oilalar soni haqida ma'lumot 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) hodimlar soni 36536 kishini tashkil etdi. Hodimlarning yoshi bo'yicha tahliliga nazar tashlaydigan bo'lsak, 18-29 yoshlilar hodimlar 3373 kishini (yoki jamiga nisbatan 9,2%), 30-39 yoshli hodimlar 8094 kishini (22,2%), 40-49 yoshli hodimlar 11501 kishini (31,5%), 50-54 yoshlilar 8509 kishini (23,3%), 55 yosh va undan katta yoshlilar 5059 kishini (13,8%) tashkil etadi. Hodimlarning 12018 nafari (33%) oliy ma'lumotli, 24422 nafari (67%) o'rta mahsus ma'lumotli hisoblanishadi. Boshqaruv hodimlari soni 8922 kishini tashkil etadi. 4-rasm 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) dagi hodimlar soni 5-rasm 2017 yilda mahalla (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) da faoliyat ko'rsatgan hodimlar soni ma'lumoti bo'yicha 2017 yil boshiga pul mablag’lari 1101,8 mln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, pul tushumlari 509849,6 mln. so'mdan iborat bo'lgan. Pul tushumlarining 92% byudjetdan, 4,6% hukumatning maqsadli hamda byudjetdan tashqari mahsus fondlaridan, 1,4% ihtiyoriy badallar va hayr-ehson, boshqa beg’araz tushumlar hisobiga to'g’ri keladi. Foydalanilgan pul mablag’lari 508702,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, 59,2% ish haqiga, kompensasiya va rag’batlantirish xarakteridagi to'lovlarga, 10,1% hayriya maqsadlariga, 1,8% material, tovar, ish va xizmatlarni etkazib beruvchilarga to'langan pul hisobiga to'g’ri keladi. 2017 yil oxiriga mahallalarda pul qoldig’i 2249,4 mln.so'mni tashkil etgan. 6-rasm 2017 yilda mahalla (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari)larining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlari Mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari)dagi mavjud personal kompyuterlar soni 9745 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan stasionar kompyuterlar soni 9615 ta, noutbuk, netbuk, planshetlar soni 130 tani tashkil etadi. Jami personal kompyuterlarning 11,5% Samarqand viloyati, 11,0% Farg’ona viloyati, 9,9% Toshkent shahri hissasiga to'g’ri keladi. Internet tarmog’iga ulangan kompyuterlar soni 993 tani tashkil etadi, ularning 565 tasi (jamiga nisbatan 56,9%) Toshkent shahri, 86 tasi (jamiga nisbatan 8,7%) Navoiy viloyati, 70 tasi (jamiga nisbatan 7,0%) Farg’ona viloyati hissasiga to'g’ri keladi. Boshqa ofis texnikalari 2143 birlikni tashkil etadi. 26,9% ofis tehnikalari Toshkent shahri hisobiga to'g’ri kelgan bo'lsa, 17,3% Farg’ona viloyatiga, 11,6% Qoraqalpog’iston Respublikasi hisobiga to'g’ri kelgan. 7-rasm 2017 yilda mavjud personal kompyuterlar va ofis texnikalari to'g’risida ma'lumot 8-rasm 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) da mavjud personal kompyuterlar va ofis texnikalari to'g’risidagi ma'lumotlar hududlar kesimida, birlik Personal kompyuterlar Boshqa ofis texnikalari O'zbekiston Respublikasi 9745 2143 Qoraqalpog’iston Respublikasi 553 248 viloyatlar: Andijon 840 0 Buxoro 600 0 Jizzax 215 48 Qashqadaryo 661 95 Navoiy 486 144 Namangan 755 97 Samarqand 1117 63 Surxondaryo 722 173 Sirdaryo 206 43 Toshkent 914 140 Farg’ona 1071 371 Xorazm 643 144 Toshkent sh. 962 57

Bolalar muassasalarining asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
bolalar yaslisi;
bolalar bog‘cha-yaslisi;
bolalar bog‘chasi;
xonadonlardagi bolalar bog‘chasi (ham mustaqil muassasa, ham filial sifatida).
Ota-onalarning arizasi bo‘yicha hokimlikning qarori bilan maktabgacha tarbiya muassasasida, shu jumladan, shartnoma asosida, bolaning bog‘chada qisqa muddatda bo‘lishi uchun guruhlar (sayrli, navbatchi guruhlar) ertalabki, kechki soatlarda, shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ochilishi mumkin. Bunday guruhlarda ota-onalar bolani uch soatgacha qoldirishlari mumkin. Bunda maktabgacha tarbiya muassasasiga doimiy qatnovchi bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi kerak.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va guruhlari:
nutqida nuqson bo‘lgan (qulog‘i eshitadigan) bolalar uchun;
eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun;
ko‘rish qobiliyati zaif bolalar uchun;
tayanch-harakat a’zolarida nuqson bo‘lgan bolalar uchun;
ruhiy rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqli zaif bolalar uchun tashkil etiladi;
tuberkulyoz (sil) xastaligi endi ko‘rinish bera boshlagan, sil xastaligining kichik va pasayib borayotgan shakllari bo‘lgan bolalar uchun sanatoriya tipidagi maktabgacha tarbiya muassasalari;
tez-tez kasallanuvchi bolalar uchun;
virusli gepatit bilan og‘rigan bolalar uchun, shuningdek, agar ularga ehtiyoj tug‘ilsa, boshqa ixtisosdagi maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Maxsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasalarini tashkil etish tartibi, ular ishining o‘ziga xosligi, ularga qabul qilish qoidalari, bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yo‘riqnomalar va dasturiy-uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi. Yetim bolalar, ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar huzurida maktabgacha tarbiya guruhlari tashkil etiladi, ularning maqomi tegishli nizomlar asosida belgilanadi.
3. Maktabgacha tarbiya muassasasini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat umumta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish tartibi haqidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Maktabgacha tarbiya muassasasi quyidagilarga bo‘linadi:
davlat maktabgacha tarbiya muassasalari (hokimlik qarori bilan tashkil etiladi);
idoraviy maktabgacha tarbiya muassasalari (idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladi);
kooperativ maktabgacha tarbiya muassasalari (“Kooperatsiya to‘g‘risida” gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi);
aksionerlik maktabgacha tarbiya muassasalari (amaldagi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda aksionerlik korxonalari, tashkilotlari mablag‘lari hisobidan tashkil qilinadi);
jamoatchilik asosida maktabgacha tarbiya muassasalari (yotoqxonalar, turar joylardan foydalanish idoralari, madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rinishlarda tashkil etiladi);
xonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari (kooperatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va xonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bir yoki bir necha oila tomonidan tashkil qilinadi);
aralash maktabgacha tarbiya muassasalari (davlat, kooperativlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oilalar tomonidan ulush qo‘shib shartnoma asosida tashkil etiladi).
5. Maktabgacha tarbiya muassasasi zamonaviy talablarga javob beradigan, iqlim sharoitlarini, ekologik vaziyatni va tarkib topgan milliy an’analarni hisobga olgan holda maxsus loyiha bo‘yicha qurilgan binoda tashkil etiladi. Umumiy yo‘nalishdagi maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 140—160 o‘rin, maxsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 90—120 o‘rin maqbul deb hisoblanishi kerak.
6. Maktabgacha tarbiya muassasasi muassislar tomonidan Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat zarur inventari va jihozlar bilan ta’minlanadi.
7. Maktabgacha tarbiya muassasasining ish tartibi ota-onalarning istagi hisobga olingan holda xalq ta’limi bo‘yicha Kengash hamda maktabgacha tarbiya muassasasi pedagoglari Kengashi bilan kelishgan holda xalq ta’limi boshqarmasi (bo‘limi) ning, maktabgacha tarbiya muassasasi qarashli bo‘lgan korxona, muassasa, tashkilotning taqdimnomasi bo‘yicha hokimlikning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi yoki uning ayrim guruhlari bolalar haftasiga 5, 6, 7 kun kunduzi, sutka mobaynida yoki qisqa muddat bo‘ladigan tartibda, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan ishlashlari mumkin. Xodimlarga dam olish kunlari o‘zgaruvchi jadval bo‘yicha beriladi. maktabgacha tarbiya muassasasining, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-onalar ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt va kechki 21.00 dan kech bo‘lmasligi kerak.
8. Maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarni ovqatlantirish ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining naturadagi normalariga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 soatdan kam bo‘ladigan guruhlarda ovqatlantirishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi.
9. Maktabgacha tarbiya muassasasi pedagogik vazifalarni hal etish maqsadida pedagoglar Kengashi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi pedagoglar Kengashini tashkil etadi.
Namangan viloyati hokimining hisoboti hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini ko‘rsatdi.
Jumladan, 2020-yilning to‘qqiz oyi davomida yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 trln. 554,6 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizni tashkil etgan.
Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 10,4 mlrd. so‘m) amalda 105,6 foizga (1 trln. 86,8 mlrd. so‘m) bajarilganligi natijasida budjetga 76,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha manbalar shakllantirilgan.
Pandemiya davrida 252 ta korxonaning 5,6 mlrd. so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi, tadbirkorlik subyektlarining 2 ming 412 ta kredit shartnomasi bo‘yicha 502,6 mlrd. so‘mlik to‘lovlar muddati uzaytirilgan.
Viloyatda 258,7 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizga o‘sgan.
Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 3,4 trln. so‘mga teng bo‘lgan 1 ming 270 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 16 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Viloyat korxonalari tomonidan 347,4 mln. AQSh dollari miqdorida, xususan viloyatning eksport geografiyasiga yangi qo‘shilgan Moldova, Makedoniya, Gana, Kipr, Suriya kabi davlatlarga 6,7 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilinishiga erishilgan.
Shuningdek, viloyatda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 ming 539 nafar shaxs kasbga tayyorlangan, 2 ming 651 nafar ishsiz shaxslarga ijtimoiy to‘lovlar to‘lab berilgan, 4 ming 236 nafar kam ta’minlangan fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.
Uychi va Norin tumanlarini Andijon viloyatining Baliqchi tumani bilan bog‘lovchi Norin ko‘prigi avariya holati bartaraf etilib, zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan.
Viloyatda “jinoyatchilikni jilovlash”, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 775 ta mahalladan 375 tasida (48,4 foiz) jinoyat sodir etilmagan, 301 ta mahallada (41,8 foiz) jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan.
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘linmasida xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarni markazlashgan holda boshqarish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” tashkil etilgan, shaharning yagona geoinformatsion xaritasi yaratilgan.
Viloyatda “temir daftar” ga kiritilgan 34,7 mingdan ortiq oilalarga 18 mlrd. so‘m miqdorida manzilli yordam ko‘rsatilgan, ushbu oilalarning 47,4 ming nafar mehnatga layoqatli a’zolari ish bilan ta’minlangan va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan. Natijada sektor rahbarlarining tavsiyalari asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan 24,4 mingdan ziyod oilalar “temir daftar” ro‘yxatidan chiqarilgan.
Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari doirasida xorijiy davlatlardan qaytib kelgan xotin-qizlarning 1 120 nafari ish bilan ta’minlangan, 551 nafariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kreditlar berilgan.
Ish bilan ta’minlanmagan, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor 684 nafar ayolning 321 nafari oilaviy tadbirkorlikka jalb etilib, uy sharoitida doimiy daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Uy-joyga muhtoj 44 nafar ayolga yangi qurilayotgan uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovlari to‘lab berilgan, 80 nafarining uy-joylari ta’mirlangan.
Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga 16 ta loyiha moliyalashtirilib, 1 251 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.
Tajriba-sinov tariqasida tanlangan Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlar to‘liq o‘rganilib, “ayollar daftari”ga kiritilgan 4,7 ming nafardan ortiq xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan.
Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir tuman (shahar) hududida “Yoshlar” kichik sanoat zonasini tashkil etish ishlari boshlangan.
Xususan, Namangan shahrida yosh tadbirkorlar uchun “Yoshlar” maxsus kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 30 gektarli hududda 65 ta loyiha amalga oshirilishi hamda kelgusida “yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘g‘il-qizlar uchun 3,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi tomonidan viloyatni o‘rganish jarayonida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘z yechimini kutib turgan muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.
Mazkur muammoli masalalar viloyat hamda respublika darajasida hal etilishi nuqtai nazaridan chuqur tahlil etildi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan vakolat doirasida muammo va kamchiliklarni hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi ishlab chiqildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 28-noyabrda bo‘lib o‘tgan sessiyasida bu borada amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari muhokama etildi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosining nazoratini ta’minlashga mahalliy vakillik organlarini keng jalb etish maqsadida hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 322-moddasi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazakovning viloyatni kompleks ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning Namangan viloyatini o‘rganish yakunlari haqidagi axboroti (ilova qilinadi) ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Namangan viloyatini har tomonlama rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi sessiyasi o‘tkazilganligi, unda viloyatni kompleks o‘rganish yakunlari muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilinganligi inobatga olinsin.
3. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) 2020-yil yakuniga qadar Namangan viloyatida soliq to‘lovchilarning budjet oldidagi mavjud qarzdorligini undirish, shuningdek soliq to‘lovchilarga budjetga ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin.
4. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev):
2021-yil 10-yanvarga qadar og‘ir toifadagi shirkatlarni boshqaruv tashkilotlariga o‘tkazish jarayonida ularning tijorat banklari oldidagi kredit qarzdorligi masalalari hal etilmaganligi bois 2017 — 2020-yillarda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash maqsadida jalb qilingan kreditlarni qaytarish tizimini takomillashtirish;
2021-yil 15-yanvarga qadar Namangan tuman kanalizatsiya nasos stansiyasidan tozalash inshootigacha bo‘lgan 12,5 km. masofadagi D-300 mm. bo‘lgan yuqori bosimli ikkita tarmoqni qayta ta’mirlash, Uchqo‘rg‘on tumanida yangi 10 ming litr3 hajmdagi suv tozalash inshootini qurish va uzunligi 10 km. bo‘lgan, ma’nan eskirgan tarmoqlarni yangilash bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda 2021-2022-yillar davomida Namangan shahar I. Karimov ko‘chasidagi hamda Davlatobod tumanidagi lokal qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirsin.
5. Energetika vazirligi (A. Sultanov) Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tabiiy gaz tanqisligining oldini olish uchun tabiiy gaz bosimining, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun bir kunlik erkin iste’moli ko‘rsatkichining me’yorda bo‘lishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin.
6. Transport vazirligi (I. Mahkamov):
2021-yil 1-mayga qadar Mingbuloq tumanidagi 4R-126 “Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” avtomobil yo‘lining 62 — 66 km. oralig‘ini, 4R-260 “Jomashuy-Tegirmon-Navbahor” avtomobil yo‘lining 14 — 37 km. oralig‘ini ta’mirlash choralarini ko‘rsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining Chust tumani chegarasidan boshlab To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi 54 — 73 km. (19 km.) yo‘lning 2-toifali (54 — 66 km. 2 tasmali, 66 — 73 km. 4 tasmali) qismini rekonstruksiya qilish masalasini investitsiya dasturiga kiritish masalasini o‘rganib, tegishli choralarni amalga oshirsin;
2021-yil 1-fevralga qadar Namangan shahrining davlat ahamiyatidagi 4R-117 “To‘raqo‘rg‘on sh. — Namangan sh. — Chortoq sh. — Keskanyor q. — Sassiqsoy q.” avtomobil yo‘lining 20 km. va 4R-114 “Namangan sh. — Kosonsoy sh. — Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 3 km. kesishmasida, shuningdek Go‘zal va Hamroh ko‘chalari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qurish masalasini o‘rganib chiqib, tegishli takliflar tayyorlasin hamda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev):
Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamroyev), Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda Namangan viloyatida 2020-yilda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan yer maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
2021-yil 1-martga qadar paxta-to‘qimachilik klastyerlari faoliyatini tahlil etgan holda klastyerlar tomonidan tumanlarda yetishtiriladigan paxta xomashyosini hududning o‘zida qayta ishlaydigan korxonalar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vahobov) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov), Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar tadbirkorlik subyektlarida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi talablari bajarilishini, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni o‘rganish (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) ishlarini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olmagan holda amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin):
Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq tumanlari va Namangan shahrida bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrov darajasini oshirish, ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Namangan viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis bo‘lmagan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirsin.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslarini va tartibini belgilab beradi.
Uy-joyga egalik huquqini olish fuqarolarga o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulkka samarali sarflash, o‘z uy-joyiga erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish imkonini beradi.
|
| |