Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi




Download 405 Kb.
bet2/12
Sana24.01.2024
Hajmi405 Kb.
#145105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
tashkilotlarda faoliyat yonalishi

I bob. UMUMIY QOIDALAR
1-modda.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (bundan buyon “xususiylashtirish” deb yuritiladi) deganda fuqarolarga ularning ixtiyoriga qarab davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi.
Davlat uy-joy fondi mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to‘liq xo‘jalik tasarrufida yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir.
2-modda.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishga doir qonunlar ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning asosiy qoidalari:
O‘zbekiston Respublikasining barcha xususiylashtirish subyektlari davlat uy-joy fondini xususiylashtirishda teng huquqlarda ishtirok etishi;
xususiylashtirishning ixtiyoriylik asosida bo‘lishi;
xususiylashtirishning uy-joy muammosini hal etish bilan o‘zaro aloqadorligi;
haq evaziga va tekinga berish xususiyatining uyg‘unlashtirilishi;
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash;
oshkoralik, ijtimoiy adolatga rioya etilishi;
xususiylashtirishning amalga oshirilishi jarayoni ustidan davlat va jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishidan iboratdir.
4-modda.
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan fuqarolarning ayrim toifalariga kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) tekinga berish;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-fevraldagi PF-330-sonli “Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o‘quv-yordamchi xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar berish haqida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-martdagi 128-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-fevraldagi “Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o‘quv-yordamchi xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar berish haqida” Farmonini bajarish choralari to‘g‘risida” qaroriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 1-martdagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandiga qarang.
davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) O‘zbekiston Respublikasining – fuqarolariga va yuridik shaxslariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) hamda xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida” qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining o‘tishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.

Download 405 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 405 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi

Download 405 Kb.