• Markazning asosiy vazifalari bo‘lib quydagilar hisoblanadi
  • Markaz o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, quydagi funksiyalarni amalga oshiradi
  • “YAGONA XISOB KITOB MARKAZI” DAVLAT UNITAR KORXONASI




    Download 405 Kb.
    bet12/12
    Sana24.01.2024
    Hajmi405 Kb.
    #145105
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    tashkilotlarda faoliyat yonalishi

    “YAGONA XISOB KITOB MARKAZI” DAVLAT UNITAR KORXONASI





    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Yagona xisob kitob markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 24 apreldagi PQ-2922-sonli qaroriga asosan tashkil etildi. Markaz xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga (keyingi o‘rinlarda “shirkatlar” deb yuritiladi) buxgalterlik hisob-kitobini yuritish, konsalting xizmatlar ko‘rsatish va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolaridan majburiy badallar yig‘ish shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish markazning asosiy maqsadi hisoblanadi.
    Markazning asosiy vazifalari bo‘lib quydagilar hisoblanadi:
    Markaz filiallari tomonidan shirkatlarga shartnoma asosida buxgalterlik hisobini yuritishni tashkil etish;
    Markaz filiallari tomonidan shirkatlarga shartnoma asosida konsalting xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
    Markaz filiallari tomonidan shirkatlarga shartnoma asosida a’zolardan majburiy badallarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishnitashkil etish;
    Markaz filiallarini ishini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazoratini amalga oshirish;
    Markaz filiallari faoliyatiga uslubiy va metodik yordam ko‘rsatish;
    Markaz va markaz filiallari hamda shirkatlar tomonidan buxgalteriyani, buxgalteriya hisob-kitobini yuritishni qonun, qonun hujjatlari hamda me’yoriy-normativ hujjatlarda belgilangan talablariga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish.
    Markazga qonun va qonun hujjatlariga hamda muassis tomonidan boshqa vazifalar yuklanishi mumkin.
    Markaz o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, quydagi funksiyalarni amalga oshiradi:
    xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga buxgalteriya hisob-kitobini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarini ko‘radi;
    shirkatlar a’zolarining majburiy badallari va boshqa tushumlar shaffofligi, tezkorligini ta’minlaydi;
    shirkatlarning a’zolari to‘g‘risida ma’lumolar bazasini shakllantirishni tashkil etadi;
    Markaz vazifalarini, markaz filiallari faoliyatini amalga oshirishda innovatsion va axborot texnologiya yangiliklarini qo‘llash, hamda ularning to‘laqonli tizimli faoliyat yuritishni ta’minlaydi;
    shirkatlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, xizmat turlarini kengaytirish va ushbu soha samaradorligini takomillashtiradi;
    Markaz, filiallari va shirkatlar uchun amaliy o‘quv, seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazadi;
    Markaz va markaz filiallari faoliyatining samadorligini oshirish hamda shirkatlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga taklif va tavsiyalar kiritadi;
    mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
    vakolatiga kiritilgan masalalarga ta’lluqli murojaat (taklif, ariza, shikoyat)larni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi;
    Markaz, filiallari va SHirkatlar tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkillashtiradi;
    Markaz, filiallari va SHirkatlar tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni tashkillashtiradi;
    Markaz, va SHirkatlarda elektron hujjat aylanishi tizimini yaratadi;
    shirkatlarning ma’lumotlarini axborot texnologiyalari vositalaridaqayta ishlashning yagona tizimini ishlab chiqadi;
    axborotlar bazasini yuklatilgan vazifalar nuqtai nazaridan tegishli davlat muassasalari va banklarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga integrallashtiradi;
    shirkatlarning buxgalterlik hisobini yuritish bo‘yicha texnologik jarayonlarini takomillashtiradi;
    yangi texnologiyalar va ma’lumotlarga ishlov berish usullaridan foydalanish, tajriba almashish bo‘yicha mavzuli seminarlarni, shu jumladan respublika mintaqalarida tashkil etadi va o‘tkazadi;
    shirkatlar a’zolarigamajburiy badallarto‘lashda qulaylik yaratish, ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish sharoitlarini yaratish;
    shirkatlar tasarrufidagi ko‘p xonadonli uylar bo‘yicha manzilli ma’lumotlarni yig‘adi;
    shirkatlarning debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va uning filiallari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
    shirkatlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, ularning turlarini kengaytiradi va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
    markaz, markaz filiallari va shirkatlar faoliyatiga oidhuquqiy-me’yoriy hujjatlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish, dasturiy-texnik infratuzilmalarni yaratish hamda rivojlantirish, shirkatlar ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
    fan va texnika yutuqlaridan foydalanib mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qiladi va ularni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
    sir va maxfiy hisoblangan hujjatlar va ma’lumotlarning saqlanishini hamda ruxsat berilmagan shaxslarga foydalanishdan himoya qilishni ta’minlanish choralarini ko‘radi;
    Markaz, filiallari va shirkatlar tomonidan yillik ish rejalarni to‘g‘ri va xaqqoniy tuzish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
    filiallar tomonidan shirkat a’zolarining majburiy badallarini yig‘ish va undirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar beradi.
    Markazga qonun va qonun hujjatlariga hamda Muassis tomonidan boshqafunksiyalarni amalga oshirish belgilanishi mumkin. 

    Download 405 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 405 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “YAGONA XISOB KITOB MARKAZI” DAVLAT UNITAR KORXONASI

    Download 405 Kb.