|
Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi
|
bet | 5/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 405 Kb. | | #145105 |
Bog'liq tashkilotlarda faoliyat yonalishi20-modda.
Xususiylashtirilayotgan turar joyni baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
21-modda.
Turar joylarni xususiylashtirish fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari, korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek imtiyozli shartlarda beriladigan kreditlar, ssudalar evaziga hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22-modda.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar mahalliy davlat hokimiyati organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus tashkil etilgan budjetdan tashqari xususiylashtirish uy-joy schyotiga o‘tkaziladi hamda turar joy xo‘jaligini saqlash va rivojlantirish uchun foydalaniladi.
So‘nggi yillarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv obyektlarini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida hududiy suv ta’minoti korxonalarini birlashtirgan holda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “O‘zsuvta’minot” AJ) tashkil etildi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tizimiga o‘tkazildi. Natijada Vazirlikning ushbu sohadagi nazorat funksiyalari kengaytirilib, unga xos bo‘lmagan xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq vazifalar “O‘zsuvta’minot” AJga yuklatildi.
Suv ta’minoti va oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, sohada shaffoflik hamda xususiy sektorning ishtirokini ta’minlash, “O‘zsuvta’minot” AJ va suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. 2020-yil 1-oktabrdan boshlab ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv sohasida investitsiya loyihalarini saralash, amalga oshirish hamda ularning natijadorligini monitoring qilish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
loyiha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlarida muhokama qilinishi va faqatgina ularning roziligi bilan amalga oshirilishi shart va har bir loyihaning bajarilishi holati muntazam ravishda tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring qilib boriladi;
shakllantirilgan loyiha takliflari bo‘yicha loyihaoldi tadqiqotlari “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, loyiha tashkilotlari hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda har bir hududning xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda loyihalarning sifatli amalga oshirilishi va hukumat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan olingan kreditlarning qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi;
ichimlik suvi ta’minoti loyihalarida loyiha tashabbuskorining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, hisoblagichlarning majburiy ravishda o‘rnatilishi bilan bir qatorda ichimlik suvi uy xo‘jaligigacha o‘tkazilishi ham nazarda tutiladi. Bunda, tarmoqlarni uy xo‘jaligigacha yetkazish sarf-xarajatlari amalga oshirilayotgan loyiha doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplab beriladi.
2. Belgilansinki, buyurtmachi va pudrat tashkiloti o‘rtasida suv ta’minoti va oqova suv sohasidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mablag‘ bilan ta’minlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:
a) qurilishi yangidan boshlanayotgan tayyor holda foydalanishga topshiriladigan obyektlarni qurishda:
belgilangan tartibda ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 90 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat o‘tgandan keyin obyekt qiymatining 10 foizini to‘lash;
b) obyektlarni shartnoma asosida qurishda (keyingi yilga o‘tuvchi obyektlar, obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) ishlarning amalda bajarilishidan kelib chiqib, obyekt qiymatining kamida 90 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish hamda qolgan 10 foiz miqdoridagi qismini shartnomada nazarda tutilgan kafolatli muddat o‘tgandan keyin, biroq moliyaviy yil tugashidan kechiktirmay to‘lash.
3. 2020-yil 1-oktabrdan boshlab hududlarda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, suv ta’minoti va oqova suv tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ular bo‘yicha dastlab monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni (tariflarni) tartibga solish organlari xulosalari olinib, keyinchalik tegishligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan ma’qullanganidan so‘ng tasdiqlanadi.
Bunda, suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tariflarni o‘rnatilgan tartibda shakllantirish va belgilashda iste’molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash nazarda tutiladi, shuningdek, suv ta’minoti va oqova suv tashkilotlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi.
4. Vazirlik va “O‘zsuvta’minot” AJning 2021-2022-yillarda 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq tuman va shaharlarning ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida topshirish (keyingi o‘rinlarda — davlat-xususiy sheriklik loyihalari) to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) 2021-yil 1-aprelga qadar davlat-xususiy sheriklik loyihalari konsepsiyalarining tasdiqlanishini ta’minlasin.
“O‘zsuvta’minot” AJ (S. Saifnazarov) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov) bilan birgalikda:
2021-yil 1-iyunga qadar tanlov (tender) o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida hamda o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilsin;
2021-yil 1-sentabrga qadar tanlov (tender) hujjatlarida bayon etilgan shartlar, muddatlar va tartib-taomillarga muvofiq tanlov (tender) g‘olibi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitimlarni rasmiylashtirsin.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov) 2021-yil 15-sentabrga qadar davlat-xususiy sheriklik loyihalarining konsepsiyasi va bitimini Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestriga kiritsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda xususiy sektorni keng jalb qilishda va xususiy investorlarning barqaror faoliyat yuritishiga amaliy yordam ko‘rsatsin.
5. Belgilansinki, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlariga berilishi bo‘yicha tanlovlar (tender)ni o‘tkazishda tegishli hududdagi fuqarolar yig‘ini raisi va boshqa jamoatchilik vakillari ishtiroki ta’minlanishi lozim.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga nasos va suvni chuchuklashtiruvchi uskunalarni xarid qilish uchun:
milliy valyutada ajratilgan kreditlarning 10 milliard so‘mdan oshmagan qismi bo‘yicha kredit foizi stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi;
xorijiy valyutadagi kreditlarning 10 milliard so‘m ekvivalentidan oshmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foizlik punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi uch yil mobaynida kompensatsiya qilinadi;
b) “O‘zsuvta’minot” AJ tuman (shahar) suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, avariyalarni bartaraf etish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va joriy ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larning kamida 10 foizi ularning maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiyalarning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin.
7. Quyidagilar:
2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar kesimida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan tuman markazlari kesimida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar kesimida oqova suv tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan tuman markazlari kesimida oqova suv tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tegishliligi bo‘yicha Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan loyihalarning investitsiya dasturlariga kiritilishini va ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlasin.
8. Belgilansinki:
2020-yil 1-oktabrdan boshlab, Vazirlik har yili aholi soni jami 15 mingdan kam bo‘lmagan, markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qiladi. Bunda, davlat ijtimoiy buyurtmalarining maqsadlari, shartlari va vazifalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida 2021-yilda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida, 2022-yildan boshlab esa respublikaning boshqa hududlarida loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi va loyihalarda oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash ham nazarda tutiladi;
davlat ijtimoiy buyurtmalarida nazarda tutilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan Vazirlikka 2021-yil uchun 14 mlrd so‘m alohida ajratiladi.
Bunda, keyingi yillarda ushbu maqsadlar uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va loyihalar soni Vazirlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra oshirib boriladi.
9. Vazirlik (M. Saliyev) har chorakda davlat ijtimoiy buyurtmalarini o‘z vaqtida berish, loyihalarning samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish ishlari hamda mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida loyihalarni to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirishni hamda davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida qurilgan ichimlik suvi ta’minoti tizimini boshqaradigan ichimlik suvi ta’minoti tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun narxlarni (tariflarni) tasdiqlashda amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin.
10. Vazirlik (M. Saliyev) bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiq davlat ijtimoiy buyurtmalarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashish hamda natijadorligini monitoring qilish uchun Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilsin.
11. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
a) 2021-yil 1-yanvardan boshlab oqova suvlarni tozalash uchun zamonaviy texnologiyalarni tanlashda ishtirokchilar takliflari o‘rtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan hollarda bitimni tuzish bo‘yicha ustuvorlik huquqi taklif qilinayotgan texnologiyaga servis xizmat ko‘rsatish va uning ehtiyot qismlari bilan uzluksiz ta’minlash majburiyatini olgan ishtirokchilarga beriladi;
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
markazlashtirilgan oqova suv tizimiga ulanmagan aholi punktlarida uy-joy komplekslari oqova suv tozalash inshootlari bilan birga quriladi;
oqova suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yoki yangi inshootlarni qurish loyihalari bo‘yicha texnologik yechimlarni saralash uchun tanlov (tender) o‘tkazish davomida inshootning kelgusidagi ekspluatatsiya xarajatlarini maqbullashtirish va unga jami sarflangan mablag‘larning to‘liq qoplanishi hisobga olinadi;
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Davlat budjeti, hukumat kafolati ostida jalb qilingan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga ishlab turgan oqova suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda yangi oqova suv tozalash inshootlari qurilishi bilan bog‘liq loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarida yuqori ekspluatatsiya xarajatlarini talab qiladigan va sarflangan mablag‘larni 10 yildan ko‘p muddatda qoplaydigan eski samarasiz texnologiyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
oqova suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yoki yangi inshootlarni qurishda uzluksiz tozalash sikli, xususan kavitatsion-fermentli ishlov berish innovatsion usuli hamda boshqa innovatsion usullar qo‘llaniladi.
12. Quyidagilar:
a) “O‘zsuvta’minot” AJ zimmasiga — o‘zi tomonidan ekspluatatsiya qilinadigan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv obyektlarini qurish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish hamda loyihalashtirish bo‘yicha buyurtmachi;
b) Vazirlik zimmasiga:
ilg‘or xorijiy tajriba asosida mamlakatda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish sohasini samarali rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinmagan respublikadagi barcha hududlarning, shu jumladan tuman, shahar va qishloq aholi punktlari kesimida batafsil elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlaridan foydalanish imkoni bo‘lmagan aholi yashash punktlarini ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish hamda suv ta’minoti va oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish sohasida xususiy sektorning ishtirokini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi me’yoriy va metodologik bazani ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha tariflar siyosatini shakllantirishga ko‘maklashish;
respublikadagi ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish bosh sxemasining ishlab chiqilishini ta’minlash;
v) Vazirlik huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi zimmasiga:
investitsiya dasturlari asosida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv obyektlarida amalga oshirilgan qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari natijasida iste’molchilarning suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bilan qamrab olinishi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, suv ta’minoti va oqova suv tashkilotlari bilan iste’molchilar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar yo‘lga qo‘yilganligi ustidan nazorat qilish;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan birgalikda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, suv ta’minoti tashkilotlari tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, standartlar va o‘rnatilgan talablarga javob berishi yuzasidan nazorat o‘rnatish funksiyalari yuklansin.
13. “O‘zsuvta’minot” AJ suv ta’minoti tashkilotlarining Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi oldidagi 112,9 mlrd so‘m qarzdorligi 6-ilovadagi ro‘yxatga asosan hisobdan chiqarilsin.
14. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizimi tashkilotlari faoliyatiga davlat organlari tomonidan qonunga xilof ravishda aralashish, shu jumladan ularning xodimlarini faoliyat yo‘nalishiga xos bo‘lmagan ishlarga jalb qilish holatlarining oldini olish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUKni Vazirlik tizimidan chiqarish va “Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK va uning hududiy boshqarmalarini “O‘zsuvta’minot” AJga berish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
15. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zsuvta’minot” AJ ta’sis hujjatlariga, shu jumladan vazifalariga mazkur Farmondan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
16. Vazirlik “O‘zsuvta’minot” AJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit va grant mablag‘lari hisobidan 2035-yilgacha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish hamda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinmagan respublikadagi barcha hududlarning, shu jumladan tuman, shahar va qishloq aholi punktlari kesimida batafsil elektron ma’lumotlar bazasini yuritish uchun zarur mablag‘lar jalb etilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Qoidalar issiqlik ta’minoti tashkilotlari — issiqlik energiyasini yetkazib beruvchilar bilan ko‘p kvartirali uylardagi issiqlik energiyasi iste’molchilari, shuningdek issiqlik ta’minoti jarayoniga jalb qilingan manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini, ular o‘rtasida shartnomalar tuzish va issiqlik sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avariya — issiqlik ta’minotining to‘xtatilishiga yoxud hajmining pasayishiga va issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatishga olib kelgan issiqlik ta’minoti tizimlarining buzilishi yoki ishdan chiqishi;
|
| |