|
Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi
|
bet | 9/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 405 Kb. | | #145105 |
Bog'liq tashkilotlarda faoliyat yonalishixonalarning mulkdorlari — ko‘p kvartirali uyda qonun hujjatlariga muvofiq turar joy yoki noturar joyga mulkchilik huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
issiqlik ta’minoti — turar joy va noturar joy xonalar mulkdorlarining isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarini issiq suv (issiqlik manbai) bilan ta’minlash;
issiqlik punkti(elevator bog‘lamasi) — quyidagilar uchun mo‘ljallangan bog‘lama:
issiqlikdan iste’mol (isitish, issiq suv ta’minoti) turlariga qarab issiqlik manbaini taqsimlash;
issiqlik manbai parametrlarini, issiqlikni iste’mol qilish rejimini hisobga olish va nazorat qilish;
tezkor qayta ulashlarni amalga oshirish.
texnik shartlar — markazlashtirilgan kommunal isitish tizimiga ulanish uchun issiqlik bilan ta’minlash tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma.
3. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi hamda mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, issiqlik ta’minotining barcha tashkilotlari Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar va issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiydir, ular Iste’molchilar tomonidan kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun issiqlik energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Etkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlashga Iste’molchilar bilan ikki tomonlama issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmog‘ining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi.
Ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Iste’molchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin.
Bunda issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
5. Isitish va issiq suv ta’minoti uy ichidagi tizimlarga, shu jumladan issiqlik punktiga (elevator bog‘lamasiga) texnik xizmat ko‘rsatish Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va shu kabilar) bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha, to‘lov asosida Etkazib beruvchi yoki boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
6. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Iste’molchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
turar joy yoki noturar xonaning mulkdori shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
ko‘p kvartirali uyda xonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq paydo bo‘lgan sana;
ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘linmasidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma;
yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar xonaning mulkdori uchun);
issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar xonaning mulkdori uchun);
7. Issiqlik ta’minoti shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
iste’mol va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan rejimlariga rioya qilish shartlari va tomonlarning majburiyatlari;
balans mansublilik chegaralari;
issiqlik energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatish yoki cheklash shartlari;
haq to‘lash tartibi, vaqti, tariflar va shartlar;
iste’molchiga issiqlik energiyasini yetkazib bermagan yoki to‘liq hajmda yetkazib berilmagan hollarda to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish;
hisobga olish asboblari bo‘yicha ma’lumotlar (issiq suvni individual hisobga olish asbobining turi);
issiqlik energiyasini berish va iste’mol qilishning asosiy shartlari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
tomonlarning rekvizitlari;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar.
8. Issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga amal qiladilar.
9. Ijro etuvchi tomonidan isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimni foydalanish uchun texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash sharti bilan Etkazib beruvchi Iste’molchiga sifatiga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga, sanitariya normalari va qoidalariga hamda issiqlik ta’minoti shartnomasi shartlariga muvofiq bo‘lgan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi shart.
10. Ko‘p kvartirali uyda xonalar mulkdorlarining umumiy mulki tarkibiga kiruvchi uy ichidagi isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining tayyorligini ta’minlash Ijro etuvchiga yoki ko‘p kvartirali uyda xonalarning mulkdorlariga (ushbu uy bevosita boshqarilgan taqdirda) yuklanadi.
11. Isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining texnik holati va ulardan foydalanishga, asbob-uskunalarga, asboblarga qo‘yiladigan talablar, ularga rioya etilishini nazorat qilish kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
12. Iste’mol xossalari va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish rejimi belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi kerak, ya’ni:
isitish bo‘yicha — belgilangan tartibga ko‘ra xonalarni isitish bo‘yicha chora-tadbirlarni (derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolatsiyalash) bajarish sharti bilan isitish mavsumi davrida 1995-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20o S, agar ko‘p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan bo‘lsa — turar joy xonalaridagi harorat kamida 18o S bo‘lishi lozim;
issiq suv ta’minoti bo‘yicha — issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalariga muvofiq suv olish joylarida issiq suvning harorati 50 — 75o S bo‘lishi kerak.
Bunda:
suvning epidemiya xavfsizligi;
suvning qulay organoleptik xossalari;
suvning inson organizmiga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha issiq suv ta’minotining markazlashtirilgan tizimlarini nazorat qilishning sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi ta’minlanishi kerak.
13. Xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Etkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.
Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8oSdan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8oS yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
14. Turar joy xonalarini isitish tizimi issiqlik ta’minoti sohasidagi normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi hamda ulardan turar joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga muvofiq foydalanilishi kerak.
15. Quyidagilar:
ko‘p kvartirali uylarning ayrim turar joy va noturar joy xonalarini isitishning ushbu tizimlarini issiqlik jihatidan va gidravlik qayta tartibga solmaslik uchun isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimidan uzish;
isitish asboblariga qo‘shimcha seksiyalarni birlashtirish yoki ular sonini kamaytirish, shuningdek qayta jihozlash bo‘yicha talablarga rioya etmasdan isitish uchun radiatorlarning kamgaygini olib tashlash va isitish hamda sanitariya-texnik asboblar joyini o‘zgartirish taqiqlanadi.
16. Iste’molchi issiqlik energiyasi to‘liq uzib qo‘yilishi va issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatishdagi tanaffus to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiriladi (ko‘p kvartirali uyning barcha kirish joylaridagi e’lonlar taxtasiga yoki ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi doirasida e’lon joylashtirish, shuningdek tanaffuslar vaqti ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalari orqali).
17. Odamlarning xavfsizligini ta’minlaydigan ishlarni bajarish maqsadida issiqlik tarmoqlaridagi yoxud issiqlik energiyasi manbalaridagi yoki isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimlarida avariyali va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha Etkazib beruvchi, boshqaruvchi tashkilot tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan zarur chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda ushbu Qoidalarga ilovada keltirilgan Issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, kelishmasdan va Iste’molchini ogohlantirmasdan, biroq uni 2 sutkada darhol xabardor qilgan holda issiqlik ta’minotini to‘xtatish yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
18. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va kommunal xizmatlar, shu jumladan issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qiluvchi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar ushbu Qoidalar doirasida iste’mol xossalari parametrlarini, xizmatlar ko‘rsatish rejimini aniqlashtirishga hamda aholi punktining iqlim sharoitlarini va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda sifatning kafolatli darajasini belgilashga haqlidir.
19. Aholini markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iste’molchilarni mahalliy issiqlik ta’minoti (modul, lokal, bug‘ qozonxonasi, isitish qurilmalari) bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Mahalliy bug‘ qozonxonasi qurish mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, keyinchalik Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish uchun tezkor boshqarish va xizmat ko‘rsatish huquqi bilan Etkazib beruvchiga (yoki boshqaruvchi tashkilotda texnik va moliyaviy imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda boshqaruvchi tashkilotga) beriladi.
Uy-joy va kommunal xo`jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar barqarorligini ta'minlash va sohaning rivojlanishi yuzasidan tayyorlanayotgan tahliliy-prognozlashtirish ishlarini va qo`llanmalarni takomillashtirish;
xorijiy tajribalarni chuqur o`rganish, iqtisodiy islohotlarni borishini atroflicha tahlil qilish natijasida uy-joy va kommunal xo`jaligi sohasida strategik yo`nalishlarni aniqlash, rivojlantirish va kelgusida mazkur sohada davlat siyosatini takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlash;
ushbu sohada iqtisodiy rivojlantirishning prognozlashtirish masalalari, uningdek, xalq xo`jaligini "uy-joy va kommunal xo`jaligi" sohada bozor shartlarini bosqichma-bosqich yo`lga qo`yishdagi asosiy funksiyalar va sohada tarkibiy o`zgartirishlar va bozor mehanizmlarini takomillashtirish masalalarini amalga oshirilishida vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va xududlardagi mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
uy-joy va kommunal xo`jaligida qurilishlarni yanada rivojlantirishda qisqa, o`rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar ishlab chiqish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlarni tashkilllashtirish.
|
| |