|
issiq suvni individual hisobga olish asboblari
|
bet | 7/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 405 Kb. | | #145105 |
Bog'liq tashkilotlarda faoliyat yonalishiissiq suvni individual hisobga olish asboblari (keyingi o‘rinlarda individual hisobga olish asbobi deb ataladi) — issiq suvning (uning harorati 50-75o S doirasida bo‘lishi kerak) real hajmini yoki uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha Iste’molchi issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun Etkazib beruvchi bilan o‘zaro hisob-kitob qiladigan texnika xavfsizligi, foydalanish, ta’mirlashga yaroqlilik, o‘zaro almashtirish, qurilmalar indikatorlariga erkin yaqinlashish bo‘yicha texnik shartlar talablarini qondiradigan suvning turli miqdor oqimlarini o‘lchash uchun zarur va yetarli gradatsiyalar bo‘yicha ishlab chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan shkalaga ega bo‘lgan quvur kesimi orqali o‘tadigan issiq suvdagi issiqlik energiyasi hisobining sifat (miqdor) hisobini amalga oshiruvchi o‘lchov vositasi;
Ijro etuvchi — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, isitish va issiq suv ta’minoti tizimlaridan foydalangan holda Iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatiladigan uy ichidagi tizimlarga xizmat ko‘rsatish va ularning texnik holati uchun javob beruvchi yuridik shaxs;
aloqa bog‘lash yo‘llari — ko‘p kvartirali uylarda Etkazib beruvchi tomonidan, shu jumladan telefon, elektron pochta bo‘yicha, Internet-saytlar orqali (kommunal soha uchun ixtisoslashtirilgan saytlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari) tashkil etiladigan va saqlanadigan Etkazib beruvchi va Ijro etuvchi (Iste’molchi) o‘rtasidagi aloqa bog‘lash yo‘llari, shuningdek aloqa bog‘lash va Ijro etuvchilarni (Iste’molchilarni) xabardor qilish uchun ko‘p kvartirali uylardagi Iste’molchilar uchun qulay bo‘lgan boshqa aloqa bog‘lash shakllari;
issiqlik energiyasini iste’mol qilishning normativ hajmi — ko‘p kvartirali uylarda individual hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorini aniqlashda foydalaniladigan Iste’molchi tomonidan issiqlik energiyasi iste’moli hajmi (sarfi);
issiqlik energiyasini uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi (keyingi o‘rinlarda uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobi deb ataladi) issiqlik beruvchi va teskari quvurlar orqali o‘tadigan, berilgan issiqlik energiyasini va issiqlik manbaini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi, Ijro etuvchi, ko‘p kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun Etkazib beruvchi bilan uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qiladi;
|
| |