|
Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi
|
bet | 4/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 405 Kb. | | #145105 |
Bog'liq tashkilotlarda faoliyat yonalishi16-modda.
Fuqaro davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) o‘z mulki qilib haqini to‘lab sotib olish (yoki bepul olish) uchun o‘zi istiqomat qilayotgan davlat uy-joy fondi tasarrufida bo‘lgan tuman, shahar hokimiga, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga ariza beradi. Ariza uzog‘i bilan ikki oy muddat ichida qarab chiqiladi.
17-modda.
Harbiy xizmatchilarga berilgan davlat uy-joy fondini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uy-joy fondini hususiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Davlat xo‘jaliklari va boshqa davlatga qarashli qishloq xo‘jalik korxonalarining uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan uqtirib o‘tilgan uy-joy fondi egalari tomonidan birgalikda belgilanadi.
18-modda.
Turar joylarni xususiylashtirish davlat uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘i hisobiga paychilik sharti bilan yangi qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning o‘zlari tomonidan, davlat mablag‘lari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarorga qarang.
19-modda.
Fuqarolarning alohida uy, kvartira va xonaga bo‘lgan egalik huquqi turar joy qiymati to‘liq to‘langan (sotib olingan) va order olingan paytdan boshlanadi.
Turar joyning haqini to‘lab va tekinga xususiylashtirilayotgan fuqarolarga uy-joy egasining qarori asosida egalik huquqini beruvchi yagona shaklda belgilangan davlat orderi beriladi. Order xususiylashtirilgan uy-joy uchun qonuniy huquqni belgilovchi hujjat hisoblanib, texnika inventarizatsiyasi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
|
| |