|
Respublikamizda 2017 yilda faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlari soni 23749 tani tashkil etadi
|
bet | 3/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 405 Kb. | | #145105 |
Bog'liq tashkilotlarda faoliyat yonalishi5-modda.
O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish subyektlariga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish huquqi faqat bir marta beriladi.
6-modda.
Xususiylashtirilgan uylar joylashgan yer uchastkalariga va ularning etagidagi hududga egalik qilish, ulardan foydalanish yer to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi.
7-modda.
Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni to‘lanmagan bo‘lsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qat’i nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.
8-modda.
Fuqarolarga qarashli bo‘lgan uy, imorat va inshoot ushbu Qonun amalga kiritilganidan keyin buzilgani taqdirda ana shu fuqarolarga, ular oila a’zolariga, shuningdek ushbu uyda doimiy yashab turgan va uy ro‘yxatidan (propiskadan) o‘tgan boshqa fuqarolarga o‘z xohishiga ko‘ra hamda tomonlarning kelishuviga binoan tekinga kvartira olish yohud tegishli korxona, muassasa, tashkilot tomonidan yangi joyda uy, imorat va inshoot qurilib, o‘z mulklari qilib berilishi yoki buzilgan uy, imorat, nobud bo‘lgan ekin va dov-daraxtlar evaziga tovon puli olish huquqi beriladi.
9-modda.
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga o‘z xodimlari hamda pensionyerlari uy-joy qurilishi yoki uyni xususiylashtirish maqsadida olgan qarzi yoki kreditini to‘liq yohud qisman to‘lash huquqi beriladi.
10-modda.
Fuqarolar tomonidan belgilangan tartibda xususiylashtirilgan turar joylar davlat uy-joy fondidan chiqarilib, yakka tartibdagi uy-joy fondi tarkibiga kiritiladi.
11-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga qobiliyatsizlar, yolg‘iz qariyalar, pensionyerlar va ularning oila a’zolariga, agar ularning jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadlari mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lsa, shuningdek birinchi marta nikohdan o‘tgan turar joyga muhtoj yosh oilalarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro‘yxatga binoan fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan va ta’minoti oz boshqa toifalariga mahalliy davlat hokimiyat organlari huzurida aniq maqsadga qaratilgan ijara shartnomasi talablari asosida hususiylashtirish huquqisiz foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
(11-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
|
| |