martdan Hukumat “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUKga katta vakolatlar bermoqchi




Download 405 Kb.
bet11/12
Sana24.01.2024
Hajmi405 Kb.
#145105
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tashkilotlarda faoliyat yonalishi

1 martdan Hukumat “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUKga katta vakolatlar bermoqchi


O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi
Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari huzuridagi “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarining faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank, respublika tijorat banklari bilan birgalikda:
2019 yil 1 martdan boshlab ajratilgan kredit mablag‘lari va majburiy badallar hisobidan ko‘p xonadonli uy-joy fondini joriy va mukammal ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish (uy-joylarga texnik xizmat ko‘rsatish, hududini saqlash, kunu-tun ishlaydigan dispetcherlik xizmatini tashkil etish) bo‘yicha ishlar tegishli xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, professional boshqaruv kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan amalga oshirilishi choralari ko‘riladi;
ko‘p qavatli uy-joylarni kapital va joriy ta’mirlash ishlarini keskin arzonlashtirish, zamonaviy qurilish materiallarni jalb etish va qurilish ishlari sifatini keskin oshirish maqsadida tijorat banklar tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar faqatgina “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari bilan shartnoma tuzgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ajratish mexanizmi joriy etiladi.
Qaror avvalida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tashkil etilgan 102 ta “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUKlar faoliyati sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. 2018 yilda ularning kuchi bilan 215,0 mlrd so‘mdan ortiq ish hajmi bajarilgan hamda ularning moddiy-texnika bazasi yanada kuchaygan.
2018 yildan boshlab “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari tomonidan barcha hududlarda ko‘p xonadonli uy-joy fondining kapital va joriy ta’mirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilgan.

Download 405 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 405 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



martdan Hukumat “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUKga katta vakolatlar bermoqchi

Download 405 Kb.