Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/80
Sana13.05.2024
Hajmi1,7 Mb.
#229572
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

San’at sohasida.
Ma’lumki, har qanday san’at asari - millat ruhining ko’zgusi, qalb 
tug’yonlari va his-tuyg’ularining ifodasi. U ayni ana shu jihati bilan ham qadriyatga 
aylanadi. Qadriyatlar esa hamma vaqt moddiyatdan ustun turadi, muqaddas hisoblanadi. 
Afsuski, bugun qo’shiqchilik san’ati moddiy ehtiyojlar mezoniga, nafsni qondirish 
omiliga aylandi. Avj olib ketayotgan “shou-biznes” tadbirkorlikning har qanday 
shaklidan ko’ra serdaromad, soliq to’lanmaydigan mo’may daromad manbai bo’lib 
qoldi. Bozorlarda, gavjum joylarda turli-tuman behayo kassetalar va disklarning 
sotilayotganligi etarli darajada nazorat qilinmayapti. Beyuzlik, andishasizlik, qo’nimsiz 
turmush tarzi ayrim paytlari fazilatga aylanib bormoqda. Achinarlisi shundaki, ayni ana 
shu yo’lni tanlaganlar o’zlarini millat timsoli, qadriyatlar ramzi sifatida ko’rsatishadi. 
Yoshlar esa ommaviy tarzda ularga ergashmoqda. 
Taniqli rus shoiri Evgeniy Evtushenko bir paytlar reklamalar, kliplar va san’atdagi 
tutruqsizlik haqida iztirob bilan gapirgan edi. “Tabiat zilzilalar, qo’rqinchli suv 
toshqinlari bilan bizni qo’rqitadi. Biroq bu qo’rquv gazeta va jurnallar, televidenie 
orqali yopirilib kelayotgan majruh reklamalar tahdidi oldida hech narsa emas. Har 
qanday reklama falsafadan mahrum odam falsafasiga aylandi. Kliplar esa 
sayyoramizning bosh imijmeykeri maqomini egalladi. Bugun Maykl Jekson 
Shekspirdan ko’ra mashhur. Rossiya yoshlari orasida pop qo’shiqchi Kirkorovning 
mashhurlik darajasi Chaykovskiy, Tolstoy va Soljenitsinning qo’shib olgandagi 
mashhurligidan ham oshib ketdi”
1
, - degan edi u afsus va nadomat bilan. Bu iztirobli dil 
izhori tagida milliy dard, milliy armon, ayni paytda achchiq haqiqat yotadi. 
Televidenie orqali ketma-ket berilayotgan be’mani qo’shiqlar, yarim-yalang’och 
raqslar, o’g’rincha musiqalar engiltak, axloqsiz hayotni targ’ib qilish vositasiga 
aylanmoqda. Bu, ayniqsa, aholisining qariyb 64 foizini 35 yoshgacha bo’lgan yoshlar va 
bolalar tashkil etadigan O’zbekistonday mamlakatda g’oyat xatarli, millat istiqboliga 
tahdid soluvchi hodisadir. 
Balki, bugungi milliy estradamiz “eksperiment”lari allakimlar uchun zarurdir. 
Umuman olganda, har qanday taraqqiyot tajribalar asosida quriladi, ular tufayli 
takomillashib, qadriyatga aylanadi. Biroq bunday tajribalar dastlab ayni ana shu 
yo’nalish ishqibozlari to’plangan joyda, maxsus auditoriyada sinovdan o’tkazilishi,
ommaviy minbarlarni egallab olib, bir necha ming yillik an’analarimizni, 
madaniyatimizni, san’atimizni oyoqosti qilmasligi kerak.
O’ylab ko’radigan bo’lsa, g’oyaviy terrorchilik, g’oyaviy kamikadzelik holatlari 
haqida ko’p gapiriladi. Va bunga ehtiyoj ham bor. Chunki bugungi dunyo ayni ana shu
 
tajovuzkor hodisalardan iborat va bulardan jabr ko’rmoqda. Ma’lum darajada buyuk 
qadriyatlar toptalayotir. Insoniyat ma’naviyati, ruhiy dunyosiga misli ko’rilmagan 
tahdid solinmoqda. Biroq jismoniy harakat, fe’l-atvor va intilishlar bilan bog’liq 
bo’lgan, qandaydir manfaatlarni o’zida mujassam etgan bunday holatlarga yuksak 
madaniyat, ma’rifat, axloq-odob qaysidir darajada qarshi turishi, ularga chek qo’yishi, 
kerakli zarba berishi ham mumkindir. Qaysidir hududda qanchadir odamlarning ruhiy 
hayotiga zomin bo’ladigan bunday g’ayriinsoniy hodisalarning oldini olish imkoni 
bordir. Lekin butun millatni o’z tarixidan, madaniy merosidan ayirib, insoniyat hayotiga 
1
Евтушенко Е. Интеллигенция всех стран, соединяйтесь! // “Центральная Азия и культура мира”. – Бишкек. 1977. 
№2-3. – Б. 53-54.


95 
ma’rifat olib kirgan qadriyatlarni izdan chiqarish, milliy an’analari va madaniyatni 
buzib yuborish orqali tanazzulga undashdek madaniy-mafkuraviy terror o’rnini hech 
narsa bilan qoplab bo’lmaydi. Ana shunday ma’naviy-mafkuraviy xurujlardan millatni, 
jamiyatni asraydigan yagona qudratli kuch – milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasidir. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish