96
ma’naviy, ruhiy va siyosiy sohalarda yuksak madaniyat bilan unumli foydalanish
asosida tashkil etish.
Ma’lumki, har bir fuqaro o’z shaxsiy nuqtai nazari, qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy,
axloqiy-ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko’rsatadi, o’z olami hududida
yashaydi va tashqi olamga o’z aqli darajasida shaxsiy munosabatini bildiradi. Har bir
individ mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib
chiqib o’ziga mos mafkurani qabul qiladi, uni tahlil etadi, uning atrofida mushohada
yuritadi, fikrlaydi va ana shu tahlillar asosida shaxsiy xulosasiga ega bo’ladi. Natijada u
yoki bu tarzdagi o’z nuqtai nazarini shakllantiradi.
Demak, har qanday mafkuraning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi,
jamiyatga foydali yoki zararli bo’lishi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da’vat etishi
bilan “shaxs-jamiyat-davlat” mutanosibligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Ana shu
jihatdan qaraganda, milliy manfaatlarni asrash va rivojlantirishda axborot-psixologik
xavfsizlikni ta’minlashning roli yana ham oshadi.
Jamiyatni boshqarish bugungi muammolari hozirgi zamon me’yorlari asosida
kishilik taraqqiyotini ta’minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zaruriyatini
keltirib chiqardi. Jumladan, siyosiy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik
hamda mafkura tizimini boshqarish kabi qator bir-biriga uzviy bog’liq yo’nalishlarda
boshqaruvning eng maqbul uslubini topishni, bevosita hokimiyat va unga ishonchni,
jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlashda fuqarolar yakdilligini, ma’naviy va
g’oyaviy birligini ta’minlashni taqozo qilmoqda.
Jamiyat shu darajada shakllanishi lozimki, uning a’zolari tig’iz axborotlar
bozoridan butun millat manfaatiga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam
beradigan mafkurani tanlay olsin. Axborot olish kafolati bevosita shaxsiy manfaatdan
ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo’lgan qadriyatga aylanmog’i lozim.
Ana shunday sharoitda qanday mazmundagi mafkurani tarqatishni man etishning,
jamiyatning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi, ijtimoiy, milliy, etnik, diniy
tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo’ravonlik va urushni targ’ib qiluvchi,
pornografiya, maishiy buzuqlik, shaxslar mavqei, obro’si va sha’niga salbiy ta’sir
ko’rsatuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog’liq bo’lgan,
sog’lom aql va yuksak ma’naviyatga tayangan ma’naviy-ruhiy me’yorlari vujudga
keladi.
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma’naviy-axloqiy
mezonga aylanadi. Erkin shaxs va ozod kishilar jamoasi bo’lgan fuqarolik jamiyati
sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikning o’ziga xos tizimlari shakllanmog’i lozim.
Bu bevosita OAV faoliyatiga va unda xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va
tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga va eng muhimi – ularning
mafkurasiga, fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga daxldorlik tuyg’usiga bog’liq.
Zotan, axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning bosh mezoni va asosiy tayanchi –
millatparvarlik, vatanparvarlik, fidokorlik tuyg’usidir.
Albatta, axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning o’ziga xos asoslari bor.
Bular: