3
KIRISH
Sovet ittifoqi parchalanishi natijasida ikki siyosiy tizim o’rtasidagi kurashga chek
qo’yilgan bo’lsa-da, axborot kurashi to’xtatilmadi. G’arb mamlakatlari mafkurasi
bo’lmish kosmopolitizm kundan kunga kuchayib, er shari bo’yicha tarqalib bormoqda.
Bunday sharoitdabetakror, uzoq asrlar tarixidan kelib chiqadigan betakror madaniyatga
ega bo’lgan Sharq mamlakatlari, jumladan, O’zbekiston ham noyob o’zligini saqlashga
harakat qitlishi tabiiy.
Insoniyatning XXI asrga qadam qo’yishi axborot ko’lami va sifati misli
ko’rilmagan darajada o’sishi bilan nishonlandi. Benihoya katta hajmdagi ma’lumotlar
ummonlar va qit’alar osha shiddatli sur’atlarda, lekin kishi sezmas darajada jimgina,
ommaviy axborot vositalarining shunchaki odatiy ishi sifatida u yoqdan bu yoqqa
etkazib turilibdi.
Ommaviy axborot amalda o’z mazmunidan ajralib, ko’proq shaklan tazyiq
o’tkazuvchi omilga aylanib qoldi. Xabarning o’zi vositadir, deguchi kanadalik olim
Marshall Maklyuen g’oyasi ro’yobga chiqmoqda. Hayotning nihoyatda jadal sur’atlari,
ommaviy axborot vositalari xabar qiladigan voqealarni o’rganishga vaqtning yo’qligi,
ba’zida esa ularni tahlil etish malakasi etishmasligi shunga olib keldiki, keng auditoriya
materiallarni axborot kanallari qay tarzda taqdim etsa, shu holicha qabul qilayotir –
mazmun-mohiyati haqida ko’p ham o’ylab o’tirilmaydi.
Jurnalistlar orasida ko’pdan “birinchi so’zni aytgan haq” , degan hikmatnamo gap
yuradi. Endilikda unga yangi jihat qo’shilib, “kimki muntazam ravishda axborot oqimi
bilan kishilarni garang qilib qo’yib, faktlar ustida mustaqil o’ylab ko’rishga ham imkon
bermasa, o’sha haqdir” , deyiladigan bo’ldi. Afsuski, bugungi kunda xalqaro
munosabatlarda qaror topgan bu amaliyot ko’p bo’g’inli, lekin har doim ham ijobiy
bo’lmagan oqibatlarga olib kelmoqda.
Bunday xatti-harakatlar ko’p hollarda mamlakatimiz aholisi xavfsizligiga, uning
dunyoqarashini vatanparvarlik, o’z xalqi va ona zaminiga mehr-muhabbat ruhida
tarbiyalashga tahdid mazmunini kasb etayotir. Bu to’g’rida O’zbekiston Prezidenti
I.A.Karimov haq gapni aytgan: “...Ma’naviyatga qaratilgan har qanday tahdid
o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod
kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda
jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin”
1
. Prezidentimiz tomonidan bu muammoning
yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati alohida ta’kidlab ko’rsatildi: “Tajovuzkorona
harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg’ubor
yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir”
2
.
Mazkur masala “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi qonunining 11, 12, 13, 14 va 15-moddalarida ham o’z aksini
topgan (moddalar matni ilovada keltirilmoqda).
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarga egalik qilishdagi tengsizlik,
sportchilar tili bilan aytganda, amalda bitta darvozaga to’p tepish bo’lib qolayapti –
ommaviy axborot asosan rivojlangan davlatlardan (oltin milliard mamlakatlaridan)
dunyoning qolgan qismiga etkazib berilmoqda. Si-en-en, Bi-bi-si, “Evronyus”
telekompaniyalari, “Assoshieyted Press”, “Yunayted Press Interneshnl”, “Reyter”,
“Frans-Press”, “ITAR-TASS”, “Sinxua”, “Anadolu” agentliklari jahon axborot
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: “Маънавият” , 2008. – Б. 12.
2
Ўша жойда, – Б. 14.
4
maydonida mutlaq hukmronlik qilishayapti. Boshqa mamlakatlar gazeta va
jurnallarining tahririyatlari, radio va televidenie studiyalari, endilikda buning ustiga
yana Internet-saytlar o’z nashr maydoni, efir va virtual kengligini ana shu manbalardan
olingan xabarlar bilan to’ldirmoqdalar. Ko’pincha tahririyatlar dolzarb xalqaro
axborotni mustaqil topish qiyin bo’lganidangina emas, balki bunday xabar har doim
aynan shu erda va hozirning o’zida naqd ekanligidan shunday yo’l tutadilar.
Qisqasi, turli mamlakatlarning xalqaro axborot almashuvidagi muvozanat
allaqachon va jiddiy ravishda buzilib bo’lgan. Bu axborot texnologiyalariga egalik
qiluvchi jamiyatlarning fikrlari va baholari, g’oyalari va qadriyatari butun dunyo
bo’ylab yoyilishiga olib keldi. Hatto Xitoy, Hindiston, Misr va ular singari betakror
madaniyat sohibi bo’lgan boshqa yirik davlatlar ham ularga qaram ahvolga tushib
qolmoqda. Binobarin, o’ziga xos, ajoyib madaniyatga ega mamlakatlar o’z aholisini
bunday axborot bosqinchiligidan avaylab-asrashni o’rganmas ekanlar, bir necha o’n
yillar o’tib sayyoramiz madaniy ekologiyasiga o’nglab bo’lmas darajada zarar
etkaziladi. O’zbekiston Respublikasini ham to’la hukuq bilan shunday ardoqlashga
munosib davlatlar jumlasiga kiritsa bo’ladi.
Shu boisdan axborot xavfsizligi dunyoning asosiy qismi uchun g’oyat dolzarb
bo’lib qoldi. Aslida shunday tushunchaning o’zi mavjudmi, degan masala ustida cheksiz
talashib-tortishish mumkin, muxoliflarimiz ayni shunday ham qilmoqdalar. Ular uchun
“axborot xavfsizligi” muammosi yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, chunki boshqa
davlatlar hududida axborotni aynan ularning
o’zlari
tarqatishadi-da. O’zbekistonliklar
uchun (va faqat biz uchungina emas) bu –jiddiy voqelik, zero, o’zga davlatlarning
bizning hududimizdagi axborot faolligi kundalik haqiqatga aylandiki, buning oqibatlari
to’g’risida bosh qotirmaslik mumkin bo’lmay qoldi.
Xullas, axborot-aloqa texnologiyalarining mislsiz taraqqiyot yo’nalishi shuni
ko’rsatmoqdaki, turli-tuman axborotlar oqimini bugunning o’zidayoq biror chora bilan
to’sishning imkoni bo’lmay qoldi. U har qanday yopiq sanalgan jamiyatda (bu ham o’ta
nisbiy tushuncha) o’z auditoriyasini topib boradi. Yaqin tariximizda ko’rganimizdek va
hozir ham dunyoning ayrim go’shalarida guvohi bo’layotganimizdek, hech qanday
panjara, devor, temirdan bo’ladimi yoki temir-betondan yoxud mafkuraviy materialdan,
unga g’ov bo’la olmaydi. Erta-indin bu borada yana qanday mo’’jizalar guvohi
bo’lishimizni ham bugungi kunda hech kim bilmaydi. Shunday ekan, axborot vositasida
uyushtiriladigan psixologik xurujga qarshi turish bobida, jamiyat, davlat va har qaysi
shaxs tegishli chora-tadbirlarni ko’rmog’i lozim. Lekin buning eng maqbul va samarali
yo’li, birinchi navbatda, – o’z axborot makonimizni o’zimiz to’ldirishimiz, ya’ni
hayotimiz, unda yuz berishi tabiiy bo’lgan voqea-hodisalar, tug’iladigan muammolar
haqida, garchi ular ba’zida yoqimsizdek tuyulsa-da, vatandoshlarimizga, jahon
ommasiga o’z vaqtida, hozirjavoblik bilan o’zimiz xabar berishimizdir. Bunda axborot
olamida ko’pdan qo’llanib kelinayotgan tajribadan, ya’ni voqea-hodisaning o’zi haqida
zudlik bilan xabar uzatib, sabab-oqibatlar, daxldorlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni
keyinroqqa qoldirib turish usulidan foydalanish qo’l keladi. Bu bilan o’zimiz
haqimizdagi va ayni bizga qarshi qaratilgan, biroq turli bo’htonu tuhmatlarga, g’arazli
maqsadlarga iylanib, yaxshilab qorilgan “yangiliklar” hayotimizga bostirib kirib, jahon
bo’ylab parvoz qilib, haqiqiy ahvoldan g’ofil qalblarda nomatlub fikrlar, tuyg’ular
uyg’otishining ma’lum darajada oldi olingan bo’lardik. Chunki asl manbadan va ayni
vaqtida uzatilgan ma’lumot turganida, boshqalarning uydirmalari o’z-o’zidan qadrini
yo’qotadi, e’tibordan chetda qoladi. Zero, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, axborot
5
tarqatish, xususan, jurnalistika bobida odamlar psixologiyasini ifodalovchi qonuniyat -
“birlamchi axborot effekti” har doim amal qilib kelgan va shunday qolaveradi. Hamma
aytadiganini aytib bo’lgandan keyin o’zini “oqlashga” urinishdan esa foyda kam
ekanligini, hatto ba’zida bu aks natija berishi mumkinligini nazariya ham, hayotiy
tajriba ham isbotlab turibdi. Shuni hisobga olgan holda ish ko’rmog’imiz har
tomonlama ma’qul bo’ladi.
Milliy mustaqillik g’oyasi, ma’naviy erkinlik imkoniyati, mamlakatimiz fuqarolari
o’z madaniy urf-odatlari va an’analari boyligini to’laqonli his etishlari bevosita axborot
xavfsizligi masalasi bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham unga bu qadar muhim
ahamiyat berilayotganligi bejiz emas. O’quv dasturiga “Ochiq axborot tizimlarida
axborot-psixologik xavfsizlik” fanining kiritilishi - mamlakatimiz yoshlarining ilg’or
qismi bo’lgan talabalarning milliy ongi va dunyoqarashi yaxlitligini asrab qolishga
qaratilgan ayni o’z vaqtida ko’rilgan va g’oyat zarur tadbirdir.
Ushbu zaruriyat mahsuli o’laroq yaratilgan mazkur darslikda kursning quyidagi
etakchi vazifalari izchil ravishda ko’rib chiqiladi:
-
XXI asr boshida insoniyat hayotida ommaviy axborot vositalari, axborot-
kommunikatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati;
-
dunyo fanida etakchilik qilayotgan ommaviy kommunikatsiyalar nazariyalari;
-
ommaviy axborot bobida amalda hukmronlik qilayotgan manipulyativ usullar
tizimi va ularning ahamiyati;
-
muammoning ko’p qirrali ekanligi, axborot-psixologik xavfsizlikning etakchi
atama-istilohlari va tushunchalari;
-
axborot asrining mohiyati va axborot muvozanatsizligi muammosi;
-
tsivilizatsiyalar to’qnashuvi yoki muloqoti;
-
axborot-psixologik urush - axborot tajovuzkorlikning oliy shakli;
-
davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik ta’sir ko’rsatiladigan asosiy ob’ektlar
sifatida;
-
O’zbekiston fuqarosini axborot-psixologik himoyalash jihatlari va jarayoni;
-
O’zbekiston ommaviy axborot vositalari – mamlakat axborot-psixologik
xavfsizligining omili;
-
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik
jamiyatiga o’tish kontseptsiyasining tarixiy maqomi va uning mustaqil mamlakatimiz
aholisini axborot-psixologik himoyalashdagi roli.
Axborot-psixologik xavfsizlik yo’nalishida kadrlar tayyorlash masalasiga 2006 yil
7 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Xavfsizlik kengashi
tavsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining 163-sonli qarori asos bo’ldi. Ushbu qaror
asosida 2006-2007 o’quv yilidan boshlab 21 ta gumanitar yo’nalishidagi oliy o’quv
yurtlarida 36 soatli “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” o’quv
kursi kiritildi. Shu maqsadda 2006 yilning kuz oylarida O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi tavsiyasi asosida O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Iste’dod” jamg’armasi tomonidan mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ushbu fan
bo’yicha ma’ruzachilar etib tayinlangan 75 o’qituvchi malakasini oshirish kurslari
o’tkazildi. Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarga ushbu fandan dars berishga ruhsat
beradigan sertifikatlar topshirildi.
6
Mazkur kurslar dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy
Xavfsizlik kengashi hamda Oliy va O’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab
chiqildi.
“Iste’dod” jamg’armasida chiqish qilgan olimlarning qayta ishlangan ma’ruza
matnlari ushbu darslikning asosini tashkil qildi.
Darslik quyidagi tarkibdagi mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlandi:
MO’MINOV F.A., filologiya fanlari doktori, professor, mualliflar jamoasi rahbari
(O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti) – kirish, 3 va 7 boblar, xulosa;
BAROTOV Sh.R., psixologiya fanlari doktori, professor (Buxoro Davlat
universiteti) – 1-bob;
MO’MINOVA P.I., filologiya fanlari doktori, professor (Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universiteti) – 2-bob;
NURNAZAROV R.K., tadqiqotchi – 4-bob;
BEGMATOV A., falsafa fanlari doktori, professor (O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi) – 5-bob;
EShBEKOV T., filologiya fanlari nomzodi, dotsent (Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy universiteti) – 6-bob;
JO’RAEV N.Q., siyosiy fanlar doktori, professor (O’zbekiston Davlat jahon tillari
universiteti) – 7-bob;
IRNAZAROV Q.T., tarix fanlari doktori, HUSANOV M.M., tarix fanlari nomzodi
(Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti) – 8-bob;
MURODOVA Sh.O., siyosiy fanlari doktori, dotsent (O’zbekiston Davlat jahon
tillari universiteti) – 9-bob.
Mualliflar jamoasi ushbu darslik va kelajakda yozilajak asarlari bilan O’zbekiston
Respublikasidek davlatning mustaqilligini, ma’naviy imkoniyatlarini yanada boyitishga
o’z hissalarini qo’shishga umid qiladi.
Kitobga o’quv kursning dasturi ilova qilinmoqda.
|