|
Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизликBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.Axborot jamiyati
– zamonaviy tsivilizatsiyaning rivojlanish darajasi. Axborot
va bilimlar rolining jamiyat hayotida, jami ichki mahsulotda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalar ulushining ortishi, insonlarning o’zaro samarali o’zaro axboriy aloqada
ishlashini ta’minlovchi global axborot makonining yaratilishi, ularning dunyo axborot
resurslariga ulanishi va ularning axborot mahsulotlariga va xizmatlariga bo’lgan
ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishi bilan tavsiflanadi”
3
.
Axborotning globallashuvi
– bu zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanib, ma’lum bir mamlakat doirasida va muayyan bir davlat manfaatini himoya
qiluvchi axborotlarni ishlab chiqish va er kurrasi bo’ylab tarqatish demakdir. Bunday
imkoniyatlarga hamma davlatlar ham ega emas. Texnologiyalari kuchli davlatlar
bundan keng foydalanmoqda. “Axborotga egalik qilish – dunyoga egalik qilishdir”
degan ibora hammaga ma’lum. Axborotning globallashuvi, bir tomondan, ijobiy
natijalar (masalan, jamiyat hayotini zamonaviy, demokratik usullar asosida tashkil etish
bobida) bersa, ikkinchi tomondan, xalqaro munosabatlarda turli davlatlar o’rtasida
axboriy, raqamli tengsizlikka olib keladi.
“Axborot infratuzilmasi:
1.
Axborot resurslari, jumladan axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarini
shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish tizimi.
2.
Mamlakatning axborot makoni hamda fuqarolar va tashkilotlarning axborot
resurslaridan foydalanishni ta’minlovchi axboriy aloqada o’zaro ishlash vositalarining
faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi jami tashkiliy tuzilmalar.
3.
Axborot makoni tuzilmasining ushbu makonda axborot oqimlari yaratilishi va
aylanishini ta’minlovchi qismi. Axborot infratuzilmasining asosiy belgilari: infratuzilma
elementlarining sifatga oid va miqdoriy tarkibi; elementlarning makonda joylashishi va
o’zaro aloqasi; elementlar va butun infratuzilmaning axborot samaradorligi va o’tkazish
qobiliyati. Axborot infratuzilmasining asosiy elementlari: telekommunikatsiyalar;
axborot tarmoqlari; axborot resurslari; axborot sohasida xizmat ko’rsatish tizimlari.
Qo’shimcha elementlari: axborot infrauzilmasining rivojlanish va faoliyatini ta’minlash
tizimlari”
1
.
|
| |