Asosiy atamalar va tushunchalar




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/80
Sana13.05.2024
Hajmi1,7 Mb.
#229572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

3. Asosiy atamalar va tushunchalar 
Fanni chuqur o’zlashtirishda unga oid har bir atama-istiloh (termin) va 
tushunchani to’g’ri talqin qilish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli quyidagi 
tushunchalarga alohida e’tiborni qaratish lozim. Jumladan: axborot; ommaviy axborot; 
jamiyatni; axborotlashtirish axborot tizimlari; axborot jarayonlari; axborot resurslari
axborot-kommunikatsion texnologiyalari; ochiq axborot tizimi; axborot jamiyati; 
axborotlashgan jamiyat; axborotning jamiyat taraqqiyoti uchun muhimligi; axborotning 
globallashuvi; axborot-psixologik xavfsizlik; raqamli tengsizlik; tamaddunlar 
(tsivilizatsiyalar) to’qnashuvi; tamaddunlar muloqoti; axborot-psixologik urushi
axborot tahdidlari sharoitida davlat, jamiyat va shaxs; mustaqillik; O’zbekiston 


13 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga 
o’tish kontseptsiyasi; psixologik himoya va fuqarolarning o’z-o’zini muhofaza etishi; 
milliy istiqlol g’oyasi, mafkura va mafkuraviy tahdidlar, mafkuraviy immunitet
psixologik immunitet; kompleks psixologik himoya metodlari, vositalari va usullari, 
g’oyaviy bo’shliq, manipulyatsiya, axborot quroli, zamonaviy avtomatlashgan axborot 
texnologiyalari va boshq. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun kurs davomida tushuncha va atamalarga 
ta’rif keltirilib, ma’nosi kengroq ko’lamda ochib beriladi. Shunday bo’lsa-da, fan 
talablaridan kelib chiqib, dastlabki ayrim tushunchalarni quyidagicha izohlash mumkin.
“Axborot: 
1.
Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa 
va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar. 
2.
Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim 
(ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 
3.
Ma’lum xos matnida aniq ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ichiga oluvchi 
dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilim 
(ma’lumotlar). 
4.
Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim 
bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar... Axborot nur, tovush va radio to’lqinlari, 
elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog’ozdagi belgilar shaklida 
yaratilishi va tashilishi mumkin”
1
.
Jami axborot oqimlari tabiiy (tabiat tomonidan) va suniy (inson tomonidan) 
yaratilgan turlarga bo’linadi. 


Download 1,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish