|
Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизликBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.Birinchidan,
axborot-psixologik xavfsizlik – bevosita ruhiyatga ta’sir o’tkazish
orqali insonni o’z aqidalari, muqaddas ideallari va e’tiqodidan ayiradigan buzg’unchi
g’oyalardan asrashdir. Demak, axborot-psixologik xavfsizlikka ehtiyoj, eng avvalo,
bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy
qadriyatlar, jumladan, urf-odatlar, an’analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlar
vorisiyligi, millatning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarga
ma’naviy-ruhiy
ta’sir ko’rsatuvchi buzg’unchi g’oyalar va tajovuzkor mafkuralar mavjudligidan
kelib chiqadi.
Ikkinchidan,
axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning ta’sirchan
choralari ko’rilmasa, buzg’unchi g’oyalar milliy qadriyatlarni barbod etish orqali tarixan
mavjud bo’lgan xalqlar va millatlarni g’oyaviy
genotsidga
olib kelishi muqarrar.
Uchinchidan,
tig’iz axborotlashgan jamiyatda axborot orqali zamonaviy ruhiy
ta’sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotganligi shaxs va jamiyat
tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli ta’sir o’tkazadi. Jamoatchilik
fikrining qay darajada shakllanganligiga, xalqning siyosiy ongi, huquqiy bilimlari
saviyasi, ma’naviy-ma’rifiy darajasiga qarab jamiyatning taraqqiyotga yoki tanazzulga
yuz tutishi turgan gap.
To’rtinchidan,
ijtimoiy fikrni shakllantirishda axborot ta’sirini, axborot
texnologiyalaridan foydalanish usullari va uslublari tobora kengayib borayotganligini
nazarda tutsak, axborot-psixologik xavfsizlik muammosining dolzarbligiga yanada
jiddiyroq e’tibor qaratishga to’g’ri keladi.
Beshinchidan,
axborot-psixologik
xavfsizlik
tushunchasining
mohiyati
shundaki, u alohida olingan inson, jamiyat tushunchalari doirasidan chiqib ketib, yaxlit
insoniyat, butun kishilik taqdiri bilan bog’liq global masalalarni ham qamrab oladiki,
ushbu jihati bilan u hozirgacha mavjud bo’lib kelgan global muammolarning eng
tajovuzkori, eng buzg’unchisi ekanligi ma’lum bo’ladi. Bu holat xalqaro siyosatda,
davlatlararo, mintaqalararo muammolarni hal etishda buyuk davlatchilik shovinizmi avj
10
olishi mumkin bo’lgan holatlarda yana ham xavfliroq mohiyat kasb etadi. Bunday
paytda ko’proq an’anaviy siyosiy muvofiqlashtirish tajribalaridan kengroq foydalanish
talab etiladi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’biri bilan
aytganda, bunda
|
| |