2
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida
axborot-psixologik
xavfsizlik. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2013. – 208 bet.
Dunyoning etakchi olimlari e’tirof etishlaricha, bugungi kunda sayyoramiz yagona
global qishloq, xonadonga aylanib qolgan: u erdagi har bir narsadan hamma xabardor.
Va bunda asosiy rolni qudratli ommaviy axborot vositalari,
axborot-aloqa
texnologiyalari va ularga egalik qiluvchi davlatlar o’ynagan va o’ynamoqda. Shundan
foydalanib, ular bu xonadonda o’z
qadriyatlari, turmush tarzini joriy etishga zo’r
berishayapti.
Tabiiyki, o’ziga xos qadimiy va boy milliy madaniyat, urf-odat va an’analar sohibi
bo’lgan, lekin yuqorida aytilgan imkoniyatlar bobida hozircha qo’llari kaltalik
qilayotgan
va umuman, o’z turmush tarzini boshqalarga tiqishtirish niyatidan yiroq,
milliy-ma’naviy erkin hayotni ko’zlagan xalqlar bundan jiddiy havotirga tushmoqdalar.
Shu
bois ular jamiyati, davlati, har bir fuqarosini bunday xurujlardan himoya qilishni
o’z burchlari deb bilishadi. Bu borada mamlakatimizda
ham muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda.
Ilk bora yaratilgan mazkur darslikda bu jabhada xalqaro maydonda shiddat bilan
davom etayotgan axboriy kurashning murakkab xususiyatlari va
ularga qarshi turishning
muhim vazifalari, usul va uslublari, yo’llari haqida so’z yuritilgan.
Darslik oliy o’quv yurtlari gumanitar yo’nalishlari ikkinchi bosqich bakalavrlariga,
ushbu muammoga qiziqadigan keng doiradagi kitobxonlarga mo’ljallangan.
Mas’ul muharrir:
Taqrizchilar: siyosatshunoslik fanlari doktori Q.A. Jo’raev,
filologiya fanlari doktori X. N. Do’stmuhammedov,
“Fan va texnologiya”, 2013.