8
Bunday intilish, ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan
zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo’lgan rivojlangan davlatlarga xosdir.
Xozirgi davrda kundalik xalqaro munosabatlarda axborot oqimining keskin
oshishi, turli axborot manbalaridan uzatilgan ma’lumotlar dunyo bo’ylab xalqlarga
jiddiy ta’sir ko’rsatishi aholini axborot xurujidan himoyalash choralarini ko’rish
muhimligini ko’rsatmoqda. Bu ta’sir
odamlar ongini, shuurini, dunyoqarashini,
qolaversa, mafkurasini axborot uzatuvchilar foydasiga shakllantirishga xizmat qilayotir.
Albatta, zarur axborotlarga ega bo’lishga intilish – davr talabi. Bugungi kunda har
bir mamlakatning axborot makoni ikki xil axborot bilan to’ldirilmoqda: birinchisi -
kuchli axborot texnologiyalariga ega mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilgan va
ularning manfaatlariga xizmat qiladigan axborot bo’lsa, ikkinchisi - har bir davlat o’zi
haqida ishlab chiqqan va milliy manfaatlarini himoya qiladigan ma’lumotlardir. Demak,
ayni zamonda shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat o’zi haqida ishlab chiqqan
axborotlarni tarqatishi ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan,
Internet tarmog’i imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda bu ne’matdan
mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini mustahkamlashda keng
foydalanish zarurdir. Jahonga tanilish uchun nafaqat real dunyoda,
balki axborot
dunyosi, jumladan, virtual dunyoda ham harakatlar olib borish darkor. Respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu borada ishni to’g’ri tashkil etish uchun
Internet tizimidan samarali va oqilona foydalanish, uni o’zimizning ma’lumotlar bilan
to’ldirish kerak..., bizning zaif tomonimiz shundaki, Internetda O’zbekiston bilan
bog’liq ma’lumotlar juda kam.
Nega deganda, bizda bu jarayonning texnikasi va
texnologiyasi talab darajasida emas. Milliy qadriyatlarimiz, tarix va merosimiz, bugungi
fan, san’at va adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini Internetga kiritish dasturi
ishlab chiqilmagan”
1
.
Bundan tashqari, yurtimiz hayotiga doir ayrim noxolis, tor doiradagi manfaatlardan
kelib chiqib tarqatilayotgan ma’lumotlarga javoban axborotlarni global miqyosda
targ’ib etish tashqi axborot xurujlariga qarshi o’ziga xos qalqon vazifasini bajaradi. Bu
esa turli geosiyosiy manfaatlarni ko’zlab amalga oshirilayotgan axborot xurujlarining
ta’sirini kamaytirish va milliy axborot makoni xavfsizligini ta’minlashning muhim
sharti hisoblanadi.
Buning uchun kishilarda axborot bobida iste’mol madaniyatini yuksak darajada
shakllantirishga erishish zarur. Shu yo’l bilan ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish va
ularni noto’g’ri talqin etishning oldi olinadi. Binobarin, axborot iste’moli madaniyatiga,
ushbu sohada ma’lum bir bilim va tajribaga ega inson jamiyat,
xalq va millatga
qaratilgan o’ziga xos tarzdagi g’arazli manfaatlar va ma’lum geoaxborotlar ta’siriga
tushib qolmaydi.
Shuning uchun ayniqsa, ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat hamda
davlatning axborot, axboriy-psixologik xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal
qilishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar jiddiy va tizimli tarzda ishlab chiqilishi talab
qilinadi. Ayni vaqtda axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlar nuqtai nazaridan
himoyalash va rivojlantirish, shuningdek, butun dunyodagi
global axborot makonida
O’zbekiston davlatining ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy manfaatlarini amalga
oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilishiga erishish muhim ahamiyatga ega.
1
Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-жилд. – Т.: “Ўзбекистон” , 2005. – Б.
301-302.
9
Shu bilan birga mamlakatimizda axborot bilan ishlash sohasi mustaqil ilmiy,
ta’limiy, metodologik yo’nalishlar sifatida ham rivojlanishning boshlang’ich
bosqichida desak, xato qilmagan bo’lamiz. Tabiiyki, axborot-psixologik xavfsizlikni
ta’minlash masalalarini o’rganish, bu borada etuk mutaxassislarni tayyorlash ilm-fan
sohasi uchun deyarli yangi yo’nalish bo’lib, juda katta mas’uliyat va bilimni talab
qiladi.
Umuman olganda, axborot-psixologik
xavf va undan himoyalanish, ya’ni
xavfsizlikni ta’minlash tushunchalari qanday paydo bo’ldi? Uning hayotiyligi, insoniyat
taqdiriga daxldorligi nimada? Ana shunday savol tug’ilishining o’zi muammoning
dolzarbligini va o’ta keskinligini ko’rsatadi.
Ushbu jarayon va uni aks ettiruvchi tushunchalar “sovuq urush” oqibati sifatida
paydo bo’ldi desak, xato qilmasak kerak. Chunki “sovuq urush” bir tomondagi
davlatlarning raqib mamlakatlar aholisiga uning ongini chalg’itadigan ma’lumotlarni
katta miqdorda etkazishni talab qildi. Natijada shunday ma’lumotlarni etkazish
texnologiyalari rivoj topa bordi. Ma’lum bir bosqichga kelganda, dunyo davlatlari ikki
qismga – kuchli axborot texnologiyalariga erishgan va bunday imkoniyatlarga ega
bo’lmagan davlatlarga bo’linib ketdi. Birinchi guruhdagi davlatlar ikkinchi guruh
mamlakatlariga jiddiy axborot ta’sirini ko’rsata boshladi.
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasini quyidagi holatlar asosida talqin
qilish tavsiya etiladi: