20
jamoaviy tajriba ustidan bozor iqtisodiyotining to’liq g’alabasi tomon burilish sifatida
ta’riflaydilar.
“Boshqarish maktabi” (“Shkola regulirovaniya”) nazariyasini yoqlovchi bir qator
olimlar hozirgi taraqqiyotni fordcha jamiyatdan fordchilikni ortda qoldirgan jamiyatga
yoxud ommaviy ishlab chiqarish jamiyatidan epchil ixtisoslashuv jamiyatiga o’tish
nuqtai nazaridan tushuntiradilar. Bir guruh frantsuz tadqiqotchilari (Mishel Aletta, Alen
Lipits) shu nazariyaning asoschilari bo’ldilar. Ijtimoiy munosabatlarga tarixiy-bosqichli
(xolistik) qarashga ega ushbu maktab vakillari har bir tarixiy davrning umumiy
xarakterini aniqlashga harakat qilishadi. Ularni muayyan bir davrdagi jamg’arish tartibi,
ishlab
chiqarishni boshqarib turish, daromadlarni taqsimlash va iste’mol usullari
qiziqtiradi. Boshqaruv ular uchun “me’yorlar, odatlar, huquqni, boshqarib turuvchi
tarmoqlarni”, ya’ni jamg’arish jarayoniga xizmat qiluvchi hamma narsani qamrab
oluvchi “o’yin qoidalari”ni o’ziga xos ravishda egallashdan iborat. Ular e’tiborni
nafaqat texnologiyalar va yangiliklarga, balki davlatning roliga,
uning manfaatlari,
ijtimoiy tarkibi, korporativ mayllari, iste’mol modellari, gender munosabatlari, jamiyat
qadriyatlariga qaratadilar.
G’arblik olimlar 1945-1975 yillardagi davrni fordchilik-keynschilik asri sifatida
ta’riflashadi. Iqtisodchi bo’lgan Keyns o’z strategiyasida hukumatning iqtisodiyotdagi
roliga urg’u berdi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol muvozanat holatida bo’lganligi bu
davrning o’ziga xos xususiyati edi. Iqtisodiyotda ishtirok etuvchi davlat esa bu
mutanosiblikni qo’llab-quvvatlab, ijtimoiy ta’minotga, barqarorlikka ta’sir ko’rsatardi.
O’sha davrda rejalashtirish ham dolzarblik kasb etib, uning yordamida “umumiy
farovonlik davlati”ni bunyod etish ko’zda tutilgandi. Rejalashtirish
ham davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini (ya’ni keynscha siyosat yuritilishini) oqlash uchun qulay asos
berardi.
Henri Ford o’z ishlab chiqarishiga 1920 yillarda asos solgan edi, “fordizm”
atamasi esa siyosiy va jamoat arbobi Antonio Gramshi tomonidan muomalaga kiritildi.
Ford tovarlarni iste’molchiga maqbul narxda ommaviy ravishda ishlab chiqarish
imkonini beradigan usul tashkilotchisi bo’ldiki, bu ommaviy iste’molni rag’batlantirar
edi. U birinchilardan bo’lib yuqori darajada ish haqi bera boshlarkan, bu ham ishlab
chiqarishni ko’paytirishga yordamlashdi. Shu boisdan butun iqtisodiyot va umuman
tadbirkorlik ishini olib borish uning nomi bilan ataladigan bo’ldi. Fordchilik rivojining
cho’qqisi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga to’g’ri keldi.
Ushbu jarayonning F.Uebster tomonidan amalga oshirilgan tahliliga ko’ra,
fordchilik-keynschilik davrida iqtisodiy faoliyat
davlatlar ichida rivojlanib, turli
sohalarda yirik milliy korporatsiyalar (oligopoliyalar) guruhi hukmronlik qilardi.
Mahalliy kompaniyalar ichki bozorni o’z nazoratida saqlab turishardi. Sanoatning har
qanday tarmog’ida – elektronika, kiyim-kechak ishlab chiqarish, chakana savdo yoki
mashinasozlikda uch-to’rtta korporatsiya ustuvor edi. Masalan, 1963
yilda Angliyada
savdoning har qaysi sohasida savdo-sotiqning qariyb 60 % beshta etakchi kompaniya
hissasiga to’g’ri kelardi, peshdor 100 ta kompaniya 1960 yilda mamlakatdagi butun
sanoat mahsulotining uchdan bir qismini ishlab chiqarardi.
Biroq 1970- yillarning o’rtalarida retsessiya va neft narxining keskin ko’tarilishi
boshlanib, shok holatini va iqtisodiyotda o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Boshqarish
maktabi olimlari o’sha paytdan buyon doimiy bo’hron – retsessiya, ishsizlik, bankrotlik,
mehnat sohasida qoida buzilishlar davom qilib kelayotganini qayd etadilar. Shiddatli
o’zgarishlar – ishchi kuchining odatiy ma’nodagi juda katta ortiqchaligi,
yangi kasb
21
turlarining paydo bo’lishi, texnologiyalar bosimi, valyuta kursidagi keskin tebranishlar
butunlay yangi zamon bo’y ko’rsatayotganligidan dalolat berardi. Amalda ishlab
chiqarish usulidan tortib shaxsni yangicha tushunishgacha barcha o’zgarishlar fordcha
asr bilan xayrlashuv payti kelganligini anglatardi. Ayrim tadqiqotchilar (Krishnan
Kumar) fordchilikdan keyingi davrni “sanoatlashuvdan keyingi jamiyat nazariyasining
versiyasi”
1
sifatida ko’rishdi. Natijada fordcha tartibni qo’llab-quvvatlashda davom
etishdan foyda yo’qligini e’tirof qilishga to’g’ri keldi; shu tariqa fordchilikdan keyingi
davr boshlandi va izlash hamda axborot bilan ishlashning tezkor usullari ana shu
o’zgarishlar markazida bo’lib qoldi.
1980-yillarda bo’hron holati jamg’arishning yangi tartibini o’rnatish, nazorat
qilishning boshqa mexanizmlarini joriy etish hisobiga engib o’tildi. Masalan, Buyuk
Britaniyada bu Margaret Tetcherning (mamlakatning 1979-1991 yillardagi bosh vaziri)
leyboristlarga nisbatan qat’iy harakatlari, maktab va oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim tizimi
kontseptsiyalari va o’quv rejalarini tubdan qayta ko’rib chiqish,
ularni ishlab
chiqarishning zamonaviy talablariga yaqinlashtirish bilan nishonlandi. Globallashuv
fordchilik kuyoshining botishida eng muhim omil bo’lib xizmat qildi. 1970-yillardan
buyon globallashuv jarayoni ancha jadallashgan bo’lsa-da, hali poyoniga etganicha
yo’q.