Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/80
Sana13.05.2024
Hajmi1,7 Mb.
#229572
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

Globallashuv jarayonlari.
Globallashuv jarayonlari bir necha ta’rif va 
tushunchalarni o’z ichiga oladi. Bu jarayon haqida gap ketganda, baynalmillashuvning 
oshib borishi, turli davlatlarning o’zaro hamkorligi, millatlararo munosabatlarning 
o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’siri tushuniladi, uni iqtisodiy omil, bozorlar, 
valyutalar va korporativ tashkilotlarning yaqin aloqalari sifatida ham ta’riflaydilar. 
Globallashuv – insoniyat hayotiga tahdidlar va aks harakatlarga qarshi turish uchun 
migratsiya, sayyohlik, hukumatlararo hamkorlikni o’stirishda namoyon bo’ladigan 
madaniy, ijtimoiy va siyosiy omillardir. Lekin globallashuvning rivoji uchun ko’p 
jihatdan zamin tayyorlagan transmilliy korporatsiyalarning (TMK) tobora kengayib 
borishi bu jarayonning muhim omili bo’ldi. Hozirgi global iqtisodiyotda Ford, General 
Electric, Shell oil, Siemens, Kodak, Philips, Daimler-Bens, Coca-Cola, IBM, General 
Motors, Fiat, Procter and Gamble korxonalari oldingi marralarni egallab turishibdi. 
Odatda, 
bozorning 
globallashuvini, 
ishlab 
chiqarish, 
aloqa 
vositalari 
globallashuvini, axborot infratuzilmasi va axborot xizmatlari globallashuvini ajratib 
ko’rsatadilar. Global darajada ish olib borish korporatsiyalarni butun dunyo bo’ylab 
resurslar yaratish va taqsimlashga majbur qiladi. Shuning uchun ularning bosh idorasi, 
masalan, Nyu-Yorkda, dizayn byurosi - Evropada, ishlab chiqarishi – Janubi-Sharqiy 
Osiyoda, yig’uv tsexlari – Angliyada va hokazo go’shalarda joylashgan bo’lishi 
mumkin. Dunyoning turli mintaqalarida o’rin topgan marketing va ishlab chiqarish 
ob’ektlarining samarali ishi, ma’lumotlarning doimiy kelib va qayta ishlanib turishini 
ta’minlovchi mukammal axborot tizimi yo’lga qo’yilmas ekan, bozor va ishlab 
chiqarishni globallashtirishni amalga oshirib bo’lmaydi. Tadqiqotchi Diken fikrlariga 
ko’ra, globallashuv ishlab chiqarish organizmining turli bo’g’inlarini bir butun qilib 
birlashtiradigan axborot faoliyatining o’sishini chaqiradi. Shu boisdan ham axborot 
xizmatlarini globallashtirish hozirgi davrning bosh shartlaridan biri bo’lib qoldi. 
Transmilliy kompaniyalar ko’lami va miqyosini tasavvur qilish uchun ko’p hollarda 
1
Kumar Krishan. New Theories of Industrial Society // Brown Ph., Launder H. Education for Economic Survival: From 
Fordism to Post Fordism? Routletge. 1992. – Б. 45-75.


22 
ular boyligini davlatlar boyligi bilan taqqoslaydilar. Misol uchun oladigan bo’lsak, 2000 
yilda General Motors 185 mlrd dollar, IBM – 88 mlrd, Shell – 190 mlrd, General 
Electric - 130 mlrd dollar daromad qozongan. Ma’lumotlarda TMKlar butun jahon 
sanoat mahsulotining 25% ni ishlab chiqarishlari va savdo-sotiq sohasida dunyoda ustun 
turishlari keltiriladi. Global bozor uchta yirik segmentga bo’linadi – Shimoliy Amerika, 
Evropa va Janubi-Sharqiy Osiyo. Toshiba ( 2000 yilgi daromadi 62 mlrd dollar), 
Matsushita (89 mlrd), Toyota (20 mlrd), Sony (59 mlrd) kabi azim korporatsiyalar o’z 
tovarlarini joylashtirish uchun turli global strategiyalarni ishga soladilar. Yapon 
korporatsiyalari avtomobilsozlikda va maishiy texnika ishlab chiqarishda, keyingi 
yillarda esa axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida g’arb korporatsiyalari 
hukmronligiga jiddiy xavf tug’dirishlarini ko’rsatdilar. Yaponlarning bu da’vati 
nisbatan barqaror bo’lib turgan iqtisodiy tartibotni ag’dar-to’ntar qilib tashladi, desa 
bo’ladi. 
Korporatsiyalar ko’proq jahon bozorida ish olib borib, o’z ustunliklaridan eng 
yuksak darajada foydalanishga harakat qiladilar. Shuning uchun ham axborot sohasidagi 
faoliyat, bu faoliyatni takomillashtirish va kengaytirish birinchi marraga chiqmoqda. 
Bugungi kunda reklama, bank ishi, sug’urta, maslahat xizmatlari globallashuvning 
asosiy jihatlari o’laroq yangi global infratuzilmani tashkil etayotir. Zamonaviy 
marketingda brendning katta rol o’ynashini hisobga olmaslik mumkin emas, bunda 
mahsulotlar va korporatsiyalar guruhi odamlar nazarida ommaviy axborot vositalari 
muhitida keng yoyiladigan ma’lum timsollarni gavdalantiradi. Korxonalar bu 
yordamchi tuzilmalarsiz umuman faoliyat ko’rsata olmagan bo’lardilar. Axborot ular 
biznesining tarkibiga kiradi va ishning hal qiluvchi qismini tashkil qiladi. Bu bozorlar, 
iste’molchilar, mintaqalar, iqtisodlar, tavakkalchiliklar, investitsiyalash modellari, soliq 
tizimlari to’g’risidagi axborotdir. Shu tarzdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun axborotni 
saqlash bilan birga ishlab chiqish va yoyish ham zarur, tezkorligi, tahlil darajasi va 
boshqa sifatlariga qarab uning narxi oshib boradi. Bunday xizmatlar ko’rsatadigan 
American Express, Citicopp, Merrill Lynch va boshqa tashkilotlar butun dunyo bo’ylab 
korporatsiyalarga xizmat qilish bilan ularning foyda ko’rib, yuksak samara bilan 
ishlashlariga yordam berishadi. Axborot infratuzilmasi axborot oqimlari oshishiga olib 
keldi, telefon aloqasi rivojlanib ketganligi, xalqaro o’ta yirik axborot yo’llari bo’ylab 
moliyaviy muomalalar ko’payganligi shu jumlaga kiradi. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish