afzalliklari
quyidagilardan iborat:
1.
Axborotning o’ta tezligi.
2.
Tsenzuraning yo’qligi.
3.
Demokratikligi.
4.
Universalligi.
5.
Axborotni cheksiz joylashtirish imkoniyatlari.
6.
Tarmoqning interaktiv xarakteri.
7.
Foydalanuvchilar uchun qulayligi.
8.
Arzonligi.
9.
Materialni e’lon qilishda byurokratik to’siqlardan xoliligi (imzolar yig’ish
shart emasligi).
40
10.
Hokimiyat tomonidan nazorat yo’qligi (ayrim saytlar bundan mustasno).
11.
Ommaviy kommunikatsiya vositalari konvergentsiyasi.
Internetning ommaviy axborot vositasi sifatidagi
kamchiliklari
:
1.
Internetni boshqaradigan yagona xalqaro markaz yo’qligi. Bunday idorani
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida ochish mumkin bo’lardi.
2.
Virtual axborotni tartiblashtirish uchun xalqaro miqyosda yagona huquqiy
baza mavjud emasligi.
3.
Axborot tarqatish axloqining tez-tez buzilib turilishi. Tarmoqdan
foydalanuvchilarning yagona xalqaro axloqiy kodeksi yo’qligi.
4.
Tekshirilmagan, haqiqiy bo’lmagan axborotning haddan tashqari ko’pligi.
5.
Virtual dunyo kengliklarida texnologik jihatdan kuchli davlatlar
hukmronligi. Buning oqibatida xato-kamchiliklar, ishonchsizlik va begonalashishning
kelib chiqishi.
6.
Pornografiya, nomunosib latifalar va boshqa shu kabi g’ayriijtimoiy
axborotning ko’pligi.
7.
SPAM – keraksiz, ortiqcha axborot, ya’ni axboriy ahlatning bisyorligi.
8.
Axborot manbalarining haddan tashqari ko’pligi, ularning betartibligi,
aralashib ketganligi.
9.
Saytlarni qidirish va ochish uchun juda ko’p vaqt sarflanishi.
10.
Internetdan terroristik, qo’poruvchilik va boshqa g’ayrifuqaroviy
maqsadlarda foydalanilishi.
Har qaysi jamiyatning axboriy informatuzilmasi ikkita asosiy mezondan – ilg’or
axborot texnologiyalariga ega bo’lish zarurligidan va mamlakatning milliy
xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Texnologiyalar boshqa mamlakatlar
tomonidan zudlik bilan (“nemis mo’’jizasi” deb atalib, Evropada katta tezlikda
tarqalgan kitob bosmasiga o’xshab) o’zlashtiriladi, lekin milliy xususiyatlar borasida
bunday hodisa yuz berishi juda qiyin, albatta.
Umuman olganda, axborot infratuzilmasi ommaviy axborot tarqatuvchi sub’ektlar
va texnik vositalardan tashkil topib, unga axborot agentliklari, televizion va
radiokompaniyalar hamda studiyalar, respublika, viloyat, shahar va tuman gazetalari,
Internet sektorlari, portallari va saytlari kiradi. Shu bilan bir qatorda axborot
infratuzilmasi tarkibida davlat va nodavlat tashkilotlar, ijodiy uyushmalar ham bor.
Signallarni tarqatuvchi tashkilotlar – Aloqa va axborot agentligi, teleradiokompaniyalar
va bosma ommaviy kommunikatsiya vositalarining tegishli xizmatlari uning texnik
bo’linmalarini tashkil qiladi.
Ommaviy kommunikatsiya vositalari tizimi – bu jonli, doimo yangilanib turuvchi
organizm bo’lib, uning ayrim qismlari vaqti kelganda faoliyat ko’rsatishga boshlasa,
boshqalari faoliyatini to’xtatadi, uchinchilari o’z shaklini o’zgartiradi va h.k. Har bir
mamlakat qanchalik ko’p axborot imkoniyatlari va texnologiyalariga ega bo’lsa, shu
qadar kuchli bo’ladi. Axborot imkoniyatlariga hukumat, vazirlik, qo’mitalarning rasmiy
materiallari, kutubxonalar, axborot va tahlil markazlari, mamlakat, tashkilotlar,
muassasalar va OKV tahririyatlarining arxivlari, axborotlar banklari va bazalari,
kataloglar, ma’lumotnomalar va boshqalar kiradi. Axborot texnologiyalari – bu sun’iy
yo’ldosh va kabel orqali bog’lanishlar, kompyuter tarmoqlari, zamonaviy
bosmaxonalar, raqamli videokameralar, fotoapparatlar, diktofonlar demakdir. Bularning
hammasi jam bo’lib ommaviy kommunikatsiya vositalarining baza va majmuasini
tashkil etadi.
41
Axborot infratuzilmasi doimo jamiyat rivojiga mos ravishda yangilanib turadi -
o’zgarishlarga javob tariqasida bosma nashrlar, teleradiokanallar va dasturlar, Internet
saytlarining sonlari ham ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, mazkur infratuzilma har
bir fuqaroga etib borish maqsadida uzluksiz kengayib, chuqurlashib, tabaqalashib
boraveradi. O’zbekiston axborot asriga qadam quyishi bilan bu tabiiy jarayon yanada
kuchaydi.
Milliy axborot markazlari deb, mamlakat ichida faoliyat ko’rsatadigan axborot
markazlariga aytiladi. Ular ko’p va turli darajada: umummilliy, milliy-sohaviy,
ommaviy kommunikatsiya vositalarining turlari, faoliyat yo’nalishlari bo’yicha,
viloyat, shahar hamda tuman miqyosida va h.k. bo’lishi mumkin. OKV jumlasiga
matbuot xizmatlari, axborot va tahlil markazlari, bo’limlari va guruhlari, matbuot
kotiblari ham qo’shilsa, mantiqan to’g’ri bo’ladi.
Xalqaro markazlar to’g’risida shuni aytish zarurki, milliy markazlarga nisbatan
yuqoriroq mavqega ega bo’lganliklari sababli ular o’z faoliyatlari uchun ham ko’proq
mas’uldirlar. O’zbekiston miqyosida bunday mavqega Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi
“Jahon” axborot agentligi, “Uzbekistan Today“ gazetasi kabi axborot manbalari egadir.
Kuchli xalqaro markazlar jumlasiga yirik axborot agentliklarini (Assoshieyted
Press, Yunayted Press Interneshnl, Reyter, Frans Press, ITAR-TASS va boshq.),
dunyoda peshqadam teleradiokompaniyalarni (Si-en-en, Bi-bi-si, TV-5, “Al-Jazira”,
transmilliy televidenie va radio) kiritishimiz mumkin. Aynan shular xalqaro maydonda
axborot tarqatuvchi asosiy sub’ektlardir. Ayrim tadqiqotchilar (E.L.Vartanova)
ta’kidlaganlaridek, dunyoda etakchilik qilayotgan teleradiokompaniyalar butun er yuzi
bo’ylab axborot tarqatsalar-da, ularning ma’lumotlari o’zlari mansub bo’lgan
mamlakatlarning yagona umumdavlat axborot strategiyasi doirasida ishlab chiqiladi va
eng avvalo, o’sha mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladi. Bunday agentliklar va
OAVni jahonda axborot ta’sirini ko’rsatishning asosiy markazlari deb atasak,
yanglishmaymiz.
Bir qarashda, mazkur markazlar tarqatadigan axborot guyoki bezarardek tuyuladi,
chunki ularning xabarlari asosan yangiliklardan iborat. Lekin bunday yangiliklar
g’arbcha turmush tarzini kundan-kunga, oydan-oyga, yildan-yilga bir zaylda ko’klarga
ko’tarib maqtashda davom qilarkan, bu neyrolingvistik dasturlash xarakterini kasb etib,
tomoshabin, tinglovchi va gazetxonning ostki ongiga kirib boradi va shu bilan
odamlarni axborot manipulyatsiyalari ob’ektiga aylantiradi. Bunday holda auditoriya
ongida beixtiyor sayyoramizda qaerlardir (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya)
haqiqatdan ham shunday jannatmonand diyorlar ekan degan tasavvur shakllanadi.
Aslida esa bunday “jannat”lardagi ijtimoiy, ekologik va boshqa muammolar boshqa
mamlakatlarnikidan kam emas.
Matbuot, radio, televidenie va, ayniqsa, Internet o’z tabiatiga ko’ra ochiq axborot
tizimlaridir. Ular auditoriyani mo’ljallab faoliyat yuritishadi, unga ta’sir qiladi va
kerakli samaradorlikka erishadi ham. Ammo auditoriya – murakkab birlik. Uning
qaysidir bir qismi axborot manbaiga e’tibor bersa, boshqa bo’lagi axborotni umuman
tinglamaydi yoki unga nisbatan befarqligicha qoladi. Auditoriyaning aksariyat qismi,
odatda, ko’rsatuv yoki eshittirish to’xtatilgan zahotiyoq etkazilgan ma’lumotni esdan
chiqaradi.
Tabiiyki, tahririyatlar o’z faoliyatining samaradorligini oshirish borasida betinim
ish olib borishadi. Ushbu maqsadga erishishning yo’llaridan bittasi ommaviy
kommunikatsiya vositalarining ochiq xarakteri bilan bog’liq. Bu erda biz auditoriya
42
bilan ommaviy kommunikatsiya vositasi o’rtasidagi interfaollik jarayonini nazarda
tutmoqdamiz. Matbuot nashrlari o’z muxlislariga murojaat qilib, ularning xatlarini chop
etadi. Radio va televidenie auditoriya bilan bevosita efir rejimida tez-tez bog’lanib
turadi. Bu esa ikki karra, ya’ni OKVdan auditoriyaga qarab va auditoriyadan OKV
tomon ochiqlikdir.
OKVning o’z muxlislari bilan bog’lanish usullari ko’p – tahririyatlar shahar va
qishloqlarga chiqib, mushtariylari bilan uchrashuvlar uyushtiradi, ular bilan anjumanlar,
tanlovlar, viktorinalar, suhbat va baxslar o’tkazadi va h.k.
Muayyan jamiyat axborot infratuzilmasi modelining belgilanishi tasnif uchun
qanday asos tanlanishiga bog’liq. Masalan, agar shunday mezon sifatida biror OKV
turini oladigan bo’lsak, birinchi modelga qarashli mamlakatlar uchun Internet, ikkinchi
modelga mansublari uchun televidenie, uchinchilari uchun radio, to’rtinchilari uchun
matbuot ustunlik qiluvchi bo’lib chiqadi. Bu holda dunyodagi mamlakatlarning
aksariyati (jumladan, O’zbekiston ham) ikkinchi - televizion modelga mansub ekanligi
ma’lum bo’ladi.
Biroq agar real hayotga yaqinroq turmoqchi bo’lsak, axborot davrida mamlakatlar
tasnifi uchun ikkinchi asosni, ya’ni davlatning axborot-texnologik ta’minotini
tanlashimiz zarur. Masalan, AQSh dunyoda nafaqat Internet, shu bilan bir qatorda
televidenie va radio sohasida ham etakchilik qilmoqda. Tasniflashga shu tarzda
yondashilganida, rivojlangan davlatlar jahonda axborot ishlab chiqarish bobida
peshqadamlik qilayotganliklari yaqqol ko’zga tashlanadi.
Konvergentsiya ommaviy kommunikatsiya vositalari zamonaviy rivojlanishining
muhim mayliga aylandi. OKV tarixan doimo matbuot, radio va televideniega bo’linib
keldi. Har qaysisi o’z original xususiyatlariga ega bu vositalar jamiyatda bir vaqtning
o’zida mavjud bo’lib, o’zaro raqobatlashib faoliyat ko’rsatishardi. OKVning onlayn
rejimidagi konvergentsiyasi ilk bor to’la ravishda Internetda mujassam ifodasini
toparkan, gazeta ovoz va tasvirga, radio va televidenie esa – bosma matnga ega bo’ldi.
Bundan tashqari barcha ommaviy kommunikatsiya vositalari auditoriyaning har bir
vakili foydalana oladigan o’z arxivini vujudga keltirdi. Natijada konvergentsiya OKV
uchun juda katta imkoniyat yaratdi, chunki undan foydalanuchi endi bir manbadan
(masalan, gazeta saytidan) birdaniga uch xil axborotni: mantiqiy (matn), tovushli
(audio) va tasvirli (video) axborotni olish imkoniyatiga ega bo’ldi.
|