Axborotning xavf tashish xususiyati va undan himoyalanish zarurligi




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/80
Sana13.05.2024
Hajmi1,7 Mb.
#229572
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

4. Axborotning xavf tashish xususiyati va undan himoyalanish zarurligi 
Axborot tahdidlari va milliy hamda axborot xavfsizligi strategiyasi. 
Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari axborot olish va almashish, jamiyatning ahvoli hamda 


31 
xalqaro munosabatlarga uning ta’sir ko’rsatishi borasida keng imkoniyatlar ochadi. XXI 
asr – globallashuv asri, jahon hamjamiyatida ulug’ o’zgarishlar davri, shu bilan birga 
yangi xavf-xatarlar va qarshi harakatlar davri. Ko’plab davlatlar axborot muhitiga 
tobora ko’proq bog’lanib qolmoqdalar, milliy, xalqaro barqarorlik va xavfsizlik esa ko’p 
jihatdan ob’ektiv va tezkor ravishda axborot almashish, axborot-telekommunikatsiya 
tizimlarining rivojlanish darajasi bilan belgilanadigan bo’lib bormoqda. Lekin axborot 
oqimidan inson ongini chalg’itish, ijtimoiy muhit barqarorligini buzish maqsadida ham 
foydalanilishi mumkin. Shuning uchun ham axborot, ommaviy axborot tizimlari 
xodimlarining o’zlari taqdim etadigan mahsulot uchun mas’uliyati mislsiz ravishda 
oshib borayotir. 
Sanoatning jadal rivojlanishi ekologiyaga xavf tug’dirgani, yadro fizikasi 
muvaffaqiyatlari yadro urushi xatarini vujudga keltirgani singari jamiyatning barcha 
sohalari, ayniqsa, ishlab chiqarish va boshqaruvning axborotlashuvi sayyoraviy 
miqyosda bir qator jiddiy muammolar manbai bo’lib qolmog’i ehtimoldir. Aloqa 
texnologiyalari OAVdan o’z faoliyatlarida samarali foydalanadigan terroristlar uchun 
qudratli qurol bo’lib qoldi. Deyarli har kuni biz dahshatli terroristik qo’poruvchiliklar 
to’g’risida ma’lumotlar olib turamiz. Ba’zi siyosatshunoslar fikricha, bu xunrezliklardan 
maqsad qurbonlardan ko’ra ko’proq OAVning ularga bildiradigan munosabatlari bo’lib, 
bu terrorchilarga ijtimoiy fikrga va mamlakatdagi ishlar ahvoliga ta’sir ko’rsatish 
imkonini beradi. Boshqa tomondan, ilmiy-texnik imkoniyatlar va aholi turli 
qatlamlarining madaniy-bilim darajasi yuksak bo’lgandagina tobora rivoj topib 
borayotgan jahon maydonida to’laqonli ishtirokchi bo’lish mumkin. Bunday zaminga 
ega bo’lmagan davlatlar borgan sari ijtimoiy va texnik taraqqiyotdan chetga chiqib 
qolib, go’yoki “tsivilizatsiyadan abadiy chetda turuvchilar” bo’lib qoladilar. 
Taraqqiyotdagi bunday notekislik
rivojlangan mamlakatlar bilan qolgan dunyo
o’rtasida o’zaro qarama-qarshi turishga, “raqamli ajralish”, nobarqarorlik, yangi 
urushlar va nizolarga sabab bo’lishi bilan xatarlidir. Axboriy xavfsizlik sohasi 
mutaxassislari 
jahon 
axborot 
maydoni 
axborotlashgan 
jamiyatning 
barcha 
sub’ekt-mamlakatlari axborot va aloqa texnologiyalarini bir xillashtirishni talab qiladi, 
deb hisoblaydilar.
G’arb etakchilari jahon telekommunikatsiya tarmoqlari, ommaviy axborot 
vositalari 
orqali 
amalga 
oshirayotgan 
axboriy-madaniy, 
axborot-mafkuraviy 
bosqinchilik ham tashvishga soladi. Mamlakatlar bunday aralashuvga, begona axborot 
ta’siriga qarshi turish uchun milliy madaniy boyligini himoya qilishga qaratilgan 
maxsus chora-tadbirlarni ko’rishga majburdirlar. Jahon axborot tarmoqlarida davlatlar 
o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy qarama-qarshilik, bo’hron holatlari o’z aksini topishini 
hisobga olgan holda, milliy axborot resurslarini va dunyodagi ochiq tarmoqlar orqali 
axborot almashuvi maxfiyligini himoya qilish vazifasi ko’ndalang turmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmni ham qo’shib 
hisoblaganda, bunday qarshi harakatlar bilan ko’p martalab to’qnash keldi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov bu muammoning muhimligini ko’rsatib, shunday 
ta’kidlaydi: “Aftidan, bugungi kunda xavfsizlik va barqarorlik yo’lida paydo 
bo’layotgan tahdidlarga tegishli munosabatda bo’la olishning o’zigina etarli emas. 
Mavjud xavf-xatarlarning tabiatini to’g’ri tushunib etishimiz kerak. Ularning manbalari 
va o’zaro aloqalarini vaqtida aniqlashimiz darkor. Jamiyatda barqarorlikni saqlash 
shart-sharoitlarini belgilab olishimiz va ulardan samarali foydalanishimiz zarur. 


32 
O’zbekiston Respublikasining barqaror va sobitqadamlik bilan rivojlanishi shularga 
bog’liqdir”
1

Milliy xafvsizlik ham, xalqaro xavfsizlik ham ichki va tashqi xatarlar oldida 
ancha zaif bo’lib qoldi. Inson dunyosi, uning hayoti ham yildan-yilga axborotga, 
axborot texnologiyalari va resurslariga bog’liq bo’lib borayotir. OAV va kompyuter 
o’yinlari orqali shafqatsizlik, zo’ravonlikni ulug’lashning, pornografiyaning tarqatilishi 
o’smirlar va yoshlarda bunga ongsiz ravishda taqlid qilish istagi tug’ilishiga olib boradi, 
ularning odatlari va turmush tarzida yurish-turishning nomaqbul andazalarini 
mustahkamlaydi, ko’p hollarda esa huquqbuzarlikni rag’batlantiradi.
Mediazo’ravonlikning taniqli tadqiqotchisi, pedagogika fanlari doktori, Rossiya 
kino ta’limi va media pedagogikasi Uyushmasi prezidenti A.V.Fedorov OAV 
materiallarida mavjud zo’ravonlik ko’rinishlarining yoshlar va bolalar auditoriyasiga 
salbiy ta’siri oshishining o’ziga xos xususiyatlariga ishora qiladi. Shubhasizki, deb 
ta’kidlaydi u, masalan, zo’ravonlik sahnasi bo’lgan kompyuter o’yinlarining ta’sirini 
uzil-kesil faqat xarakterda salbiy xususiyatlarni shakllantiruvchi sifatida baholab 
bo’lmaydi. O’yin o’ynash va hayotda zo’ravonlik qilish – bir qarashda boshqa-boshqa 
narsalar. Biroq shu bilan bir paytda zo’ravonlik jarayoniga interfaol ravishda daxldor 
bo’lish unga albatta ko’nikib qolishga, birovning dardiga sherik bo’lish, o’zgaga 
achinish tuyg’usi o’tmaslashuviga olib keladi. Zero, virtual olamda insonni 
to’pponchadan yoki avtomatdan otib tashlash, granata bilan portlatish, elektr arra bilan 
bo’laklab, bomba yordamida parcha-parcha qilib tashlash hech gap emas. O’tgan 
asrning 90-yillari marrasida ijtimoiy-madaniy vaziyatning keskin o’zgarishi gumanitar 
fanlarda shunchalik ko’p “oq dog’lar”ni oshkor qildiki, deb qayd qiladi tadqiqotchi, 
audiovideo axborotiga nisbatan bola huquqi muammosi ham ilmiy jamoatchilikning 
e’tibor doirasidan chetda qoldi. Faqat keyingi yillardagina o’sib kelayotgan yosh 
avlodga ekran zo’ravonligidek favqulodda hodisaning ta’sirini muayyan darajada 
o’rganishga harakat qilgan rossiyalik olimlar tadqiqotlarining natijalari e’lon qilina 
boshladi
1

Mediamadaniyat 
va 
mediata’lim muammolari YuNESKOning xalqaro 
konferentsiyalarida (Parij, 1997, Vena, 1999), San-Paulodagi konferentsiya va 
sammitda (1998), Evropa Kengashi eshituvlarida (Strasburg, 2002) muhokama mavzusi 
bo’ldi. Umuman, chet ellik olimlarning aksariyati zo’ravonlik ko’rinishlari nazoratsiz 
oqimining yoshlarga salbiy ta’sirini baholashda yakdildirlar va bu sohada puxta 
o’ylangan yagona davlat siyosati yaratilishini qo’llab-quvvatlaydilar. 
Axborot olish imkoni va axborotlashuv jarayonlari rivojlanishini tartibga 
solishning mustahkam huquqiy bazasini shakllantirish shaxs, jamiyat, davlatning 
axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning muhim omilidir. Shu boisdan ko’pgina 
hukumatlar axborotlashuv davrining turli xil da’vatlariga qarshi choralar ko’rish uchun 
muhim xalqaro hujjatlarni imzolamoqdalar, faol nuqtai nazarlarini bildirmoqdalar. 
Rossiya Prezidentining Farmoni bilan Rossiyaning axborot xavfsizligi Doktrinasi qabul 
qilindi. Axborot sohasi jamiyat hayotini tizimga soluvchi omil bo’lib, Rossiyaning 
siyosiy, mudofaa ahvoliga va boshqa tomonlariga faol ta’sir ko’rsatadi, deyiladi unda. 
Jenevada (2003 yil, dekabr) o’tkazilgan global axborot jamiyatiga doir 
umumjahon uchrashuvida xalqaro axborot maydonining amal qilish uchun 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. – Т.: “Ўзбекистон” , 1997. – Б. 10-11. 
1
Федоров А.В. Насилие на экране. // “Человек”. 2004, №5. 


33 
mutanosiblashtirilgan shart-sharoitlar yaratish borasida asosiy printsiplar va yo’nalishlar 
belgilab olindi. Axborot infratuzilmasidan BMT Nizomiga xilof keladigan maqsadlarda 
foydalanilgan hollarda, bu tahdidlarga qarshilik ko’rsatish chora-tadbirlari ko’rilishi 
zarur. Insonning xatti-harakatini chalg’itish, axborot infrastrukturasining barqaror 
faoliyatiga putur etkazish, qonun bilan mudofaa qilinadigan axborotga jinoiy 
tashkilotlarning ruxsatsiz yo’l topishi, «axborot qurolidan “ foydalanish va bu sohada 
qurollanish poygasini avj oldirish shunday tahdidlar jumlasiga kiradi. Rossiya 
doktrinasida, 
shuningdek, 
axborot-aloqa 
texnologiyalarining 
gurkirab 
rivojlanayotganligi muqarrar ravishda davlatning ichki siyosatini shakllantirishga ham 
ta’sir o’tkazishi, mavjud davlat va jamoat tashkilotlarining ana shu yangiliklarga doimiy 
moslashib borishini talab qilishi qayd etiladi. 
Amerika Qo’shma Shtatlarining 2002 yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik 
strategiyasi boshqa mamlakatlarning ana shunday hujjatlari bilan qiyoslaganda o’z 
mazmuni va g’oyaviy yo’nalishi bilan ancha hujumkor va birmuncha jangovar 
xarakterga ega. AQSh terrorizmga qarshi, erkin savdo, tadbirkorlik, o’zaro hamkorlik va 
demokratiyaga to’sqinlik qiluvchi turli shakldagi totalitar tuzumlarga qarshi 
chora-tadbirlar ishlab chiqishga asosiy urg’u beradi. To’qqiz bo’limdan iborat 
strategiyada “Insonlarning o’z qadr-qimmati hurmat qilinishi ta’minlanishiga 
intilishini qo’llab-quvvatlash” , “Global terrorizmga zarba berish maqsadida ittifoqlarni 
mustahkamlash hamda bizga va bizning do’stlarimizga qarshi agressiya oldini olish 
chora-tadbirlari”, “Rivojlanish yo’liga turgan mamlakatlarga jamiyatlari ko’proq 
ochiqlikka erishishlarida va demokratiya infrastrukturasini yaratishda yordam berib, 
ular doirasini kengaytirish”, “Global ta’sir ko’rsatishning boshqa asosiy markazlari 
bilan hamkorlikda harakat qilish rejalarini tuzish”, “Amerika institutlarini milliy 
xavfsizlik sohasida XXI asr vazifalari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
o’zgartirish” va boshqa shu singari mavzu yoki yo’nalishlar belgilab olingan. 
Ushbu Milliy xavfsizlik strategiyasi kontseptsiyasida AQShning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida etakchi davlat ekanligi o’z aksini topganligini 
ta’kidlamaslik mumkin emas. Unda ko’proq global darajada tashqi dunyoga, turli 
sohalarda hamkorlikka chiqish vazifasi qo’yilgan. Aftidan, bu ilg’or texnologiyaga ega 
bo’lgan va o’zining ta’sir ko’rsatish rejalarini amalga oshirish va ta’sir samaradorligini 
yuksaltirishga intilayotgan mamlakatlarning rivojlanishini va hayotiy barqarorligini 
ta’minlashning qonuniy yo’lidir. Biroq hatto rivojlangan mamlakatlar ham hozirgi 
davrning global qarshiliklarini yakka holda enga olmaydilar. Texnologiya va iktisodiy 
taraqqiyot bobida turlicha darajada bo’lgan davlatlarning kuch-g’ayratlarini 
birlashtirgan taqdirdagina jahon axborot maydonidan madaniy yo’sinda foydalanishni 
ta’minlash mumkin bo’ladi.

Download 1,7 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Axborotning xavf tashish xususiyati va undan himoyalanish zarurligi

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish