universal
kontseptsiyalar, g’oyalar
yoki tovarlar globallashadi. Masalan, achchiq qalampirning sayyoramiz bo’ylab
tarqalishi er sharining o’rta kengliklarga kelib sekinlashadi va shimoliy kengliklarda
deyarli butunlay to’xtab qoladi, chunki bu erda yashovchi xalqlar uni unchalik xush
ko’rishmaydi. Jinsi shimlar kiyish esa butun er yuzi aholisi uchun urf bo’lgan.
2.
Globallashuv davomida, albatta, mamlakatlarning tsivilizatsion o’ziga xos
xususiyatlari emas, balki ushbu jarayonda
faol
mavqeni egallab turgan
davlatlar uchun
foydali bo’lgan, masalan, g’arbiy demokratiya printsiplari singari g’oyalar keng
tarqatiladi.
3.
Globallashtirish tashabbuskorlari uchun ham, uning natijalarini qabul
qilayotgan davlatlar uchun ham
xavfsiz
bo’lgan g’oya yoki buyumlar (masalan,
kompyuterlar, lekin atom bombalari emas) globallashishi mumkin. Ayrim diniy
aqidalardan kelib chiquvchi shubhali g’oyalar yoki ma’lum bir xalqlar yaxshi ko’rgani
holda, boshqa xalqlar xushlamaydigan tadbirlar (masalan, ispaniyaliklarning korridasi)
globallashmaydi.
4.
Faqat
ilg’or
turmush tarzi va hayotiy normalar, masalan, tenglik va
demokratiya g’oyalari, gigiena qoidalari va h.k. globallashadi.
5.
Qulayliklar
yaratadigan, ruhiy qoniqish yoki moddiy farovonlik olib
keladigan narsalar: musiqa anjomlari va plastik oynalar, kliplar va h.k. buyumlar
globallashtiriladi
Axborot globallashuvi ham bir qator xarakterli xususiyatlarga ega. Bularning
asosiylari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
1.
Barcha iste’molchilarga qiziqarli, ommaviy va foydali axborotni etkazish.
2.
Axborotni iste’molchining ona tilida etkazish
( “Amerika ovozi” ,
“Ozodlik” - “Ozod Evropa” va Bi-bi-si radiostantsiyalari o’zbek tilida eshittirishlar olib
boradi va shu tildagi o’z saytlariga ega).
3.
Ma’lumotni sayyoramizning barcha joylariga tezkorlik bilan etkazish (
“global qishloq” kontseptsiyasi).
1
Панарин И.Н. Информационная война и дипломатия. – М.: ОАО “Издательский дом “Городец” , 2004. – 445-б.
36
4.
Ommaviy axborotni jurnalistikaning barcha turlari orqali: matbuot
(“Interneshnl herald tribyun”, “Faynenshl tayms”), televidenie (Si-en-en, Bi-bi-si),
radio (“Amerika ovozi”, “Mayak”) yoki Internet yordamida tarqatish.
5.
Axborot olishning arzonligi: 500-1000 so’m (15-30 tsent)ga internet-kafeda
katta hajmdagi ma’lumotlarni yozib olish mumkin. Keyingi o’n yil mobaynida axborot
narxi yuzlab marotaba arzonlashdi.
6.
Auditoriyaning turli qatlamlariga aynan zarur bo’lgan, ixtisoslashtirilgan
axborotni etkazish, ushbu qatlamlarni bevosita o’zlariga kerakli ma’lumotlar bilan
ta’minlash.
7.
Axborot hech qanday chegara va bojxonalarni tan olmaydi, barcha
mamlakatlar hududiga ruxsat so’ramasdan kirib boraveradi.
Axborot bobida globallashuvni keltirib chiqarayotgan omillar sifatida quyidagilarni
sanab o’tish mumkin:
1.
Dunyo bo’yicha kompyuter texnikasi, sun’iy yo’ldoshli antennalar va
qo’ldagi telefonlar sonining ko’payishi, Internetga kirishning osonlashgani.
2.
Axborot olish imkoniyatlari tobora osonlashib borayotgani, ko’p hollarda
axborot iste’molchining bevosita uyigacha etkazilishi.
3.
Sayyoramiz aholisi orasida dunyoviy tillarni egallaganlar soni ko’payib
borishi, ko’pgina odamlar bir nechta dunyo tillarini o’rganganligi.
4.
Televizion va kino obrazlari baynalmilal xarakterga ega bo’lib, tarjimaga
muhtoj emasligi va h.k.
XX asr oxiri – XXI asr boshi dunyoda demokratik jarayonlarning kuchayishi bilan
nishonlandi. Shaxs va xalqlar huquqlarining obro’yi oshishi, bir tomondan, diktaturalar
va o’ta markazlashgan davlatlar tarqalib ketishiga (Sovet Ittifoqi, Yugoslaviya),
ikkinchi tomondan esa – ularning o’zaro manfaatli asosda birlashuviga (Evropa Ittifoqi,
Shanxay Hamkorligi Tashkiloti) olib keldi.
Globallashuv jarayoni axborot va tovarlarning shu qadar keng ko’lamli va qudratli
oqimidirki, u yo’lida uchragan to’siqlarni supirib tashlab, barcha xalqlar va
mamlakatlarni o’z domiga tortishga qodirdir. Bugungi axborot davrida globallashuv
dunyo xalqlari turmush tarzini belgilab beruvchi asosiy omilga aylandi. Uning mayllari
ta’sirida hatto davlatlarning qonunlari va jamiyatlarning urf-odatlari o’zgarib bormoqda.
Shu bilan bir qatorda globallashuv jarayonida uning faollari tomonidan boshqa
mamlakatlarga etkazib turiladigan ma’lumotlar o’z-o’zidan o’sha davlatlar uchun tahdid
sifatida namoyon bo’lishini ta’kidlash joizdir. Chunki bu jarayon peshqadamlari boshqa
davlatlar xududida o’z axboroti, moliyasi, tovarlari va xarbiy qurollarini tarqatar
ekanlar, ma’lum darajada ularning suverenligini poymol etadilar.
Globallashuvning bosh xususiyatlaridan biri – uning uzluksiz ravishda kengayib
va chuqurlashib borishidir. Turli mamlakatlarda yashaydigan xalqlar va shaxslarning
doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo’lishga, ularni o’z hayotlariga tatbiq etishga
kuchli intilishlari globallashuvga asos bo’lib xizmat qiladi. O’z navbatida, har bir
davlat, jamiyat va shaxs psixologik jihatdan axborotni qabul qilish uchun ochiq tizim
ekanligi bunda bosh sabab vazifasini o’taydi.
O’zbekiston uchun globallashuvning zamonaviy (va, aytish mumkinki, asosiy)
bosqichi 1996 yil may oyidan boshlandi. O’sha paytda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti devonining Axborot markazi tashabbusi bilan O’zPAK deb nomlangan milliy
provayder tashkil etildi. O’zPAK O’zbekiston Axborot agentligi, gazeta va jurnallar
tahririyatlarini, mamlakat radio va televideniesini Internet tarmog’iga ulab berdi. Davriy
37
bosma nashrlarning aksariyati “Internet” ruknini ochishdi va shu yo’l bilan respublika
aholisining keng qatlamlarini ushbu dunyoviy tarmoq bilan tanishtira boshlashdi.
|