2.
Axborot quroli yordamida ta’sir ko’rsatish ta’rif-tavsifi, metodlari, uslublari
va usullari
Oddiy va axborot urushining yuqorida eslatib o’tilgan farqlaridan axborot
qurolining tavsifi va parametrlarini, shuningdek o’ziga xos xususiyatlarini chiqarib olsa
bo’ladi. Boshqa holatlarda bo’lganidek, axborot qurolining keng hamda aniq ta’rifini
ajratib ko’rsatish odatga aylangan. Keng ma’noda – bu o’zga davlat aholisiga uning
tafakkuri va yurish-turishini qayta tashkil etish uchun maqsadli ta’sir etish tizimidir.
Aniq ma’noda axborot quroli deganda, ta’sir o’tkazilayotgan mamlakat aholisiga uni
axloqiy-psixologik jihatdan mag’lubiyatga uchratish va hujum qilayotgan tomonga
foydali ideallarni shakllantirish maqsadida bevosita axboriy ta’sir ko’rsatish vositalari
tushuniladi.
Quyidagi faktga e’tibor berish lozim. Axborot urushi davrida hujumga uchraydigan
ob’ektlarni aniqlashda mutaxassislar insonga qaraganda davlat tizimiga hamda texnik
tizimlarga ko’proq e’tiborni qaratadilar. Masalan, I.N.Panarin shunday ettita ob’ektni
ajratib ko’rsatadi: 1) axborot-texnika tizimlari; 2) axborot-tahlil tizimlari; 3) insonni
ham o’z ichiga oladigan axborot-texnika tizimlari; 4) insonni ham o’z ichiga oluvchi
axborot-tahlil tizimlari; 5) axborot resurslari; 6) ommaviy axborot va targ’ibot
vositalariga asoslangan ijtimoiy ong va fikrni shakllantirish tizimlari; 7) inson
psixikasi
3
.
O’z navbatida, “Axboriy-psixologik urush sharoitida davlatning axborot siyosati”
kitobining mualliflari axborot quroli uchun quyidagi beshta asosiy ob’ektni sanab
o’tadilar: 1) davlat, mintaqaviy va xususiy tuzilmalarning aloqa, boshqaruv va nazorat
tizimlari hamda vositalari; 2) qurollar tizimi va harbiy boshqaruv organlari; 3)
moliyaviy muassasalarning aloqa, axborot almashuv tizimlari hamda vositalari; 4)
1
Проблемы безопасности в Центральной Азии. Материалы международной научно-практической конференции.
Ташкент, 20-21 октября 2005 г. – Т.: “Тuron-Iqbol”, 2006. – Б. 8.
2
Гельвеций К. Сочинения. 1-ж. – М.: “Наука” , 1973. – Б. 186-187.
3
Қаранг: Панарин И.Н.Информационная война и дипломатия. – М.: ОАО “Издательский дом “Городец” , 2004. –
Б. 215.
55
ommaviy axborot va ommaviy kommunikatsiya vositalari; 5) inson aql-zakovati, omma
va shaxs ongi, ijtimoiy jarayonlar
1
.
Davlat va xususiy tuzilmalarning aloqa va boshqaruv, axborot-texnika tizimlarini
birinchi planga qo’yish bilan inson psixikasi va aql-zakovatini ikkinchi o’ringa
qo’yayotganliklari uchun ushbu muaaliflarga e’tiroz bildirish mumkin edi. Biroq
bunday qilish u qadar xolislik bo’lmasdi, chunki iqtibos olganimiz kitob mualliflari uni
o’z maqsadlari va dasturlariga binoan yozishgan. Shunday bo’lsa-da, rossiyalik
olimlarning asarlarida axborot xavfsizligi masalasida shaxs o’rniga davlatni birinchi
planga chiqarishdek umumiy va, nazarimizda, unchalik to’g’ri bo’lmagan qonuniyat
uchraydiki, bunga e’tibor bermaslik mumkin emas. Rossiya Federatsiyasining 2000 yil
sentyabrda mamlakat Prezidenti V.V.Putin tomonidan imzolangan Axborot xavfsizligi
Doktrinasida ham shunday tendentsiya ifodalangan
2
.
Axborot-psixologik urushida inson, uning nuqtai nazari, qiziqishi, kayfiyati ta’sir
o’tkazishning bosh ob’ekti hisoblanadi, deb o’ylaymiz. Ushbu fikr shu bilan ham
tasdiqlanadiki, axborot jadal sur’atlarda tarqalib, uning hajmi ko’paygan sharoitda
fuqarolar o’rtasida ichki va xalqaro ma’lumotlarni shaxsan o’zaro almashish keskin
o’sdi va bu davlat monopoliyasini hamda korporatsiyalarning axborotni ishlab chiqish
va ommaviy auditoriyaga etkazish imkoniyatlarini ham ancha orqada qoldirib ketgan
almashuvga aylandi.
Bevosita axborot quroli tavsifiga va mezonlariga o’taylik. Uni aniq tasniflashning
qiyinligi axborot urushi tabiatining o’zi chalkashligi bilan izohlanadi. Mutaxassislar
axborot qurolining turli xillari bo’lib, ulardan har biri aloqa vositalari va auditoriyaga
ta’sir ko’rsatish bobida o’z tizimlariga ega, deb hisoblaydilar. Ularni dastlabki
bo’lishdayoq moddiy-texnik va psixologik turlarni ajratib ko’rsatish mumkin, o’z
navbatida, ular ham bir qator guruh va kichik guruhlarga bo’linadilar (yuqoridagi
iqtiboslarda ularning ayrimlari keltirib o’tildi).
Texnik va boshqaruv tipidagi ob’ektlarni ko’rib chiqish ushbu darslikning
markaziy muammosi bo’lmaganligi bois bu xususda batafsil to’xtalmaymiz. Psixologik
usullar biz uchun asosiy hisoblanib, mazkur bob va umuman butun darslik shunga
bag’ishlangan.
Jangovor harakatlarni buning uchun alohida tayyorgarlikdan o’tgan professionallar
(ofitserlar, askarlar) olib borishadi, axborot-psixologik ta’sir o’tkazish bilan esa
mutaxassislarning ancha keng doirasi (davlat va jamoat arboblari, siyosatchilar,
iqtisodchilar, faylasuflar, jurnalistlar va boshq.) shug’ullanadi. Taktik quroldan
foydalanuvchilar jang paytida muayyan joy relefini, ya’ni baland-pastliklarni, nishonga
olingan ob’ektlar xarakterini va boshqa xususiyatlarni hisobga olgani singari
axborot-psixologik qurol egalari ham auditoriya tarkibi va tipologiyasini, uning ong
darajasini, omma va guruh psixologiyasi sifatini va h.k. jihatlarni chamalab chiqishadi.
Bir qator mutaxassislar fikricha, axborot quroli axborot makonini vayron qilmaydi,
balki unga tayanadi. Bu mutlaq ma’nodagina to’g’ridir, chunki hujum qiluvchi dastlab
albatta birinchi tomon yaratgan axborot tizimini barbod qiladi va o’zi uchun foydali
yangi axborot makonini vujudga keltiradi.
1
Манойло А.В., Петренко А.И., Фролов Д.Б. Государственная информациолнная политика в условиях
информационно-психологической войны. – 2-стереотип нашр. – М.: Горячая линия – Телеком, 2006. – Б. 213-214.
2
Мазкур Доктрина РФ ҳукуматининг Интернет сайтида жойлаштирилган ва “Основы информационной
безопасности” китобида эълон қилинган: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма / Белов Е.Б., Лось В.П.,
Мещеряков Р.В., Шелупанов.А.А. – М.: Горячая линия – Телеком, 2006. – Б. 283-324.
56
Quyidagilar axborot-psixologik qurolning
o’ziga xos xususiyatlari
hisoblanadi.
|