• axborotning erkin oqimi ( ruschasi : svobodno’y potok informatsii; 1946 y. joriy etilgan )
  •  Axborot oqimlari sharoitida sivilizatsiyalar holati




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/80
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #229572
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    4. Axborot oqimlari sharoitida sivilizatsiyalar holati 
    Dunyo miqyosida axborot almashinuviga tartib kiritish masalasi anchadan beri 
    dolzarb bo’lib kelmoqda. Mamlakatlar mafkuraviy jihatdan ikki tarafga bo’lingan 
    paytdan boshlab axborot texnologiyalari va ma’lumotlar etkazish usullari jiddiy 
    rivojlana boshladi. Hokimiyatlari milliy iqtisodiyotini to’g’ri boshqargan davlatlar – 
    AQSh va G’arbiy Evropa mamlakatlari katta yutuqlarga erishdilar va hozirgi bosqichda 
    asosli ravishda rivojlangan mamlakatlar deb nom oldilar. “Sovuq urush” axborotni 
    ommaviy hajmda va katta tezlik bilan uch yo’nalish bo’yicha: o’z davlati, g’oyaviy 
    raqiblar va betaraf mamlakatlar aholisiga etkazishni talab qildi. Uchinchi dunyoni er 
    yuzi aholisining aksariyat aholisi - Osiyoning asosiy qismi, Afrika va Lotin Amerikasi 
    tashkil etdi.
    Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar rioya qiladigan 
    axborotning erkin 
    oqimi (
    ruschasi

    svobodno’y potok informatsii; 1946 y. joriy etilgan
    )
    kontseptsiyasi 
    mamlakatlar o’rtasida cheksiz axborot almashuvini nazarda tutadi. Bu masala bevosita 
    texnik imkoniyatlarga bog’liq ekanligini e’tiborga olsak, axborotning erkin oqimi 
    AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniyadek mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan 
    ma’lumotlar dunyoning har qaysi burchagiga hech qanday nazoratsiz etkazilishi 
    mumkinligini anglab olamiz. Bunday sharoitda boshqa davlatlar rivojlangan 
    mamlakatlarga axborot jihatidan (demak, mafkuraviy jihatdan ham) qaram bo’lib 
    qolishi aniq. 
    Tarafdorlarini ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlar tashkil etadigan ikkinchi - 
    yangi umumjahon axborot tartibi
    (ruschasi: novo’y mirovoy informatsionno’y 
    poryadok; 1976 y.) kontseptsiyasining ma’nosi har qaysi alohida jamiyatning ichki 
    axborot bozoriga xalqaro axborot oqimlari kirishini nazorat qilish zarurligidan iborat. 
    Bu tartibning maqsadi - milliy an’analarni va madaniyatni rivojlangan mamlakatlarning 
    axborot xurujidan saqlashdir
    1
    .
    1
    Қаралсин: Муминова Ф.И.Международная журналистика: теория и практика. – Т.: – Университет мировой 
    экономики и дипломатии, 2006. – Б. 18. 


    46 
    Ikkinchi kontseptsiya YuNESKO tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Ushbu bob 
    muallifi kontseptsiyaning amalga oshirilishiga bag’ishlab 1979 yil sentyabrda 
    Toshkentda bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada qatnashgan. Mazkur anjumanda 
    YuNESKOning o’sha vaqtdagi Bosh direktori Amadu Maxtar M*Bou axborot 
    almashuvini tartib asosida tashkil etish zarurligi haqida ma’ruza qilgan edi. Ma’ruza 
    mazmuni va Bosh direktorning nuqtai nazari AQSh va uning tarafdorlariga 
    yoqmaganligi sababli u zot keyinchalik o’z vazifasidan ustalik bilan chetlashtirildi, 
    yangi Bosh direktor (Friderik Mayor) esa erkin axborot oqimining targ’ibotchisi bo’lib 
    chiqdi. 
    Tsivilizatsiyalarning zamonaviy holati haqida to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarga 
    o’z e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Bugungi kunda vaziyat shundayki, texnik jihatdan 
    kuchli bo’lgan xristianlar tamadduni butun dunyo bo’ylab o’z qadriyatlarini tarqatishga 
    zo’r berib intilmoqda. Aslida esa bu madaniy hujumdan o’zga narsa emas. Buddaviylik 
    ham (Xitoy, Yaponiya, Xindiston, Singapur, Honkong misolida) kundan-kunga 
    kuchayib borayotir. Islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar esa axborot jihatidan ular 
    bilan teng kuchga ega emas. Shu sababli islomiy davlatlar, vaqtincha bo’lsa-da, noiloj 
    o’zlarini himoya qilishga majburdirlar. 
    G’arbiy mamlakatlarning etakchiligi shak-shubhasiz va doimiy emas, albatta. 
    Buning uchun Musulmon Renessansi davrini eslashning o’zi kifoya. Darvoqe,
    “Musulmon Renessansi” iborasining o’zi ham Sharqda emas, aynan G’arbda paydo 
    bo’lgan, shveytsariyalik olim Adam Mets mazkur sarlavha bilan barcha uchun birdek 
    maqbul salmoqli kitob yozganligi bunga dalillardan biridir. Amerikalik mualliflar Heydi 
    va Elvin Tofflerlar shunday yozadi: “G’arb dunyo iqtisodiyotida uzoq vaqt davomida 
    va ochiq-oydin peshqadamlik qilib kelganligi bois bundan besh asr muqaddam ilg’or 
    texnologiyalar sohasida Evropa emas, balki Xitoy oldinda bo’lgani nazardan chetda 
    qoldiriladi. O’sha vaqtlarda aynan Osiyo jahon yalpi mahsulotining 65 foizini ishlab 
    chiqarib, dunyoning qolgan qismiga rivojlanish yo’lini ko’rsatib turgan”
    1
    . Islom din va 
    turmush tarzi o’laroq umumsayyoraviy illatlarga (ekologiya, OITS, yadro quroli) qarshi 
    tura olishining yuqori samarali bo’lishi ham dunyo hamjamiyati uchun sir emas. Balki 
    shuning uchundir, Evropa aholisi o’rtasida islomni qabul qilish davom etmoqda. 
    Hozirgi siyosatshunoslar oldida muhim bir masala ko’ndalang turibdi. Bu “Sovet 
    ittifoqi tarqalganidan keyin dunyo miqyosida yangi umumjahon tartibi qanday bo’ladi?” 
    degan masaladir. Harvard universitetining professori Samyuel Xantington fikricha
    2

    xalqaro maydonda davlatlarning o’zaro munosabatlari tsivilizatsiyalar “to’qnashuvidan” 
    iborat bo’ladi. Olimning shu sarlavhali maqolasi 1993 yili “Foreing Affairs Reader” 
    jurnalining yozgi sonida e’lon qilingan edi. Keyinchalik u rus tiliga o’girilib, 
    Toshkentda nashr qilinadigan “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalida chop etildi
    3

    Maqolaning asosiy g’oyasi quyidagicha: mafkuralar kurashi tugaganidan keyin keng 
    tarqalgan dinlarga asoslangan 7-8 ta dunyo tsivilizatsiyalari o’rtasida to’qnashuvlar 
    boshlandi.
    Jahon matbuotida ushbu maqolaga munosabat bildirilib, ko’pgina javob va sharhlar 
    chiqdi, ularning bir qismini “Foreing Affairs Reader” (1993 y., sentyabr-oktyabr) va 
    1
    Тоффлер Э., Тоффлер Х.Революционное богатство. Ингл. тилидан М.Султанова, Н.Циркун. таржимаси. – М.: 
    АСТ: АСТ Моска: ПРОФИЗДАТ, 2008. – Б. 99. 
    2
    “Экономическое обозрение” , 1998, январь, – Б. 67-77. Ўзбек тилига таржимаси “Интеллект” газетаси, 2005 йил 9 
    июндан бошлаб еттита сонида босилган. 
    3
    “Экономическое обозрение”. 1998. Январь. – Б. 78-84. Апрель. – Б. 62-73. 


    47 
    “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnallari e’lon qildi
    4
    . Javob tariqasida S. Xantington 
    “Foreing Affairs Reader” jurnalining 1993 yil sentyabr-oktyabrda chiqqan sonida
    “Tsivilizatsiyalar bo’lmasa, unda nima?” (ruschasi: “Esli ne tsivilizatsii, to chto”?) deb 
    nomlangan maqolasini e’lon qildi.
    Ham birinchi, ham ikkinchi maqolalarga munosabat sifatida o’nlab mamlakatlarda 
    turli janrlardagi asarlar chiqishi davom etdi. Natijada S. Xantington 1996 yilda ushbu 
    nomdagi o’z kitobini chop etdi
    5
    . Afsuski, bu asardan maqbul fikrlar bilan bir qatorda 
    ayrim noto’g’ri g’oyalar ham o’rin olgan. Kitobning oxirgi jumlasini keltiraylik: “Etib 
    kelayotgan davrda tsivilizatsiyalar to’qnashuvi butun dunyo uchun eng katta xavf bo’lib 
    xizmat qiladi. Shuning uchun tsivilizatsiyalarga asoslangan umumdunyoviy tartib jahon 
    urushining oldini olish uchun eng ishonarli choradir”
    6
    . Etib kelayotgan davrni 
    (bizningcha, axborot davri nazarda tutilmoqda – F.M.) tsivilizatsiyalar to’qnashuvi davri 
    deb baholanishini ma’qullab bo’lmaydi. Kitob chop etilganidan keyin hozirgacha o’tgan 
    davr tsivilizatsiyalar to’qnashuvi achchiq qismat emasligini ko’rsatdi. Yaqin Sharq 
    inqirozi, Iroqda bo’lib o’tgan ikkita urush va Afg’onistonda toliblarning davlat 
    rahbarligidan chetlashtirilishi kabi voqealarni esa bunday to’qnashuvga nisbat berib 
    bo’lmaydi. Aynan shu voqealar AQShdagi ayrim harbiylarni, jumladan mamlakat 
    rahbariyatini hushyor torttirdi, buni ularning Eronga bostirib kirishga qaratilgan qat’iy 
    rejalaridan qaytganliklaridan ham bilsa bo’ladi. Bu o’rinda o’zaro muloqot va 
    tsivilizatsiyalar tengligiga asoslangan xalqaro tartib ustun keldi.
    Lekin boshqa mamlakatlarni o’ziga teng ko’rmaslik, dunyo miqyosida etakchilikka 
    intilish ayrim mamlakatlarga qimmatga tushmoqda. Misol tariqasida 2001 yil 11 
    sentyabr kuni sodir bo’lgan fojiani keltirish mumkin. Ayrim mutaxassislar fikricha, 
    Umumjahon savdo markazi binolariga uyushtirilgan hujumni AQShning global 
    etakchiligiga qarshi harakat deb baholasa bo’ladi. Ushbu hujumni ijobiy kayfiyat bilan 
    qarshi olganlar soni kutilganidan ko’proq bo’lib chiqdi. Londonda chop etilayotgan 
    «New Left Review» nashrining bosh muharriri, taniqli yozuvchi va rejissyor Tariq Ali 
    bu haqda shunday deb yozadi: “Men so’ramoqchimanki, nega islom dunyosiga taalluqli 
    bo’lmagan anchagina kishilar ushbu voqeaga befarq qoldilar, nega ko’p odamlar Usama 
    ben Ladenning “Qudratli Allohning irodasi bilan Amerikaning eng muhim markazlariga 
    zarba berildi” degan dahshatli so’zlariga xursand bo’ldilar? Nikaraguaning poytaxti 
    Managuada odamlar sukut aro bir-birlari bilan quchoqlasha ketdilar. Braziliyaning ichki 
    hududlarida joylashgan Porto-Alegreda amerikalik qora tanli jaz musiqachi o’z 
    kontsertini “Ey xudo, Amerikani yorlaqagin!“ degan so’zlar bilan boshlamoqchi 
    bo’lganida, yoshlar bilan to’lib-toshgan kontsert zali g’azabdan “Usama! Usama!” deb 
    baqirishga tushdi. Kontsertni bekor qilishga to’g’ri keldi. Boliviya ko’chalarida ham 
    odamlar xursandliklarini namoyish etishdi. Argentinada harbiy xizmatga chaqirilgan 
    yoshlarning onalari davlat tomonidan uyushtirilgan motam marosimida qatnashishni 
    xohlamadilar. Gretsiya hukumati ommaviy so’rovlar natijasini e’lon qilishga ruxsat 
    bermadi, chunki bu so’rovlarda aholining asosiy qismi AQShga qaratilgan zarbalarni 
    qo’llab-quvvatladi, futbol ishqibozlari esa fojia munosabati bilan ikki daqiqa sukut 
    saqlashdan bosh tortishdi. “Nyu-Yorker” muxbiri pekinlik talabalardan intervyu 
    olganida, ular o’z xursandchiliklarini ochiqdan-ochiq izhor etdilar. Bunga hayron 
    qolgan jurnalistlarga talabalardan ayrimlari NATO samolyotlari Belgradda Xitoy 
    4
    Қаранг: “Экономическое обозрение”. 1998. Апрель. – Б. 73-77. 
    5
    Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. – М.: АСТ: АСТ, Москва, 2006. 
    6
    Ўша манба, – Б. 527. 


    48 
    elchixonasini bombardimon qilganini eslatishdi. G’arb ancha befarq ekanligini 
    namoyish etgan o’sha voqea oqibatida bor-yo’g’i olti nafar xitoylik o’lgan bo’lsa-da, 
    talabalar bu qurbonlar hayoti Nyu-Yorkda o’ldirilgan uch ming nafar amerikalik 
    hayotidan kam emasligini uqtirdilar. 
    Yuqorida keltirilgan munosabatlarni tilga olishimizdan maqsad 11 sentyabrda sodir 
    etilgan vahshiylikni oqlash emas, albatta. Bu faqat AQSh tomonidan ilgari surilayotgan
    “ular bizni ko’rolmaydilar, ular bizning erkinliklarimiz va boyliklarimizga hasad bilan 
    qaraydilar” kabi engil-elpi dalil-isbotlardan voz kechib, masalaga jiddiyroq qarashga 
    intilishdir. Gap mutlaqo bunda (ko’rolmaslikda, hasadda) emas”
    1

    Xulosa sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, 
    axborotning globallashuvi uzoq tarixga ega: alifboning yaratilishi, kitob ixtirosi va h.k. 
    yangiliklar bu boradagi dastlabki qadamlar bo’ldi. Zamonaviy bosqichdagi axborot 
    globallashuvi radio kashf etilganidan keyin, XX asrning 30-40 yillarida boshlandi. 
    Ikkinchi jahon urushi yakun topib, dunyo mamlakatlarining katta qismi ikki xil 
    mafkuraga tarafkashlik qila boshlaganlaridan so’ng ular o’rtasidagi axborot raqobati avj 
    olib, axborot asrini keltirib chiqardi. 
    Globallashuvning ko’p ko’rinish va turlari mavjud. Ayrim mutaxassislar 
    amerikalik olim T. Levitt fikridan kelib chiqib, globallashuv jarayonlariga iqtisodiy 
    globallashuv asos solgan, deb hisoblashadi. Lekin bunday fikrga qo’shilish qiyin. 
    Bizningcha, globallashuvning barcha boshqa turlariga axborot globallashuvi debocha 
    bo’lgan va har doim madad berib turadi. 
    Globallashuv Internetda o’zining eng yuksak holatiga erishdi. Falsafa qonunlariga 
    muvofiq, maksimal globallashuv o’z nihoyasiga etib, degloballashuv (globallashuvdan 
    qaytish, uni barbod qilish) jarayonlarini boshlab berdi. Bugungi kunda, bir tomondan, 
    globallashuv davom etayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, degloballashuv tamoyili ham 
    asta-sekin kuchayib bormoqda. 
    Axborot globallashuvining eng yorqin ko’rinishi Internetdir. Mutlaq adad (tiraj)li, 
    har tomonlama universal, barcha xohlovchilar uchun ochiq axborot tizimi bo’lmish 
    Internetning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari borligiga qaramasdan, musbat jihatlari 
    ustunligiga shubha qismaslik kerak. 
    Kuchli axborot texnologiyalariga egalik hali dunyoga egalik qilish degani emas. 
    Chunki ma’rifatli dunyoda bunday texnologiyalardan tashqari odamlarning go’zal 
    hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan madaniy boylik va ma’naviy qoniqish degan 
    mezonlar ham barqarordir. Insonlar kelajagini axborot texnologiyalari bilan bir qatorda 
    tamadduniy yutuqlar ham belgilab beradi. Bunday jihatlarga esa ko’proq madaniyati 
    qadimiy bo’lgan davlatlar sohibdirlar. Ular safiga, shak-shubhasiz, O’zbekiston ham 
    kiradi. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Axborot oqimlari sharoitida sivilizatsiyalar holati

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish