38
Internet an’anaviy jurnalistikaning chegaralari va imkoniyatlarini, turlari, shakllari
hamda janrlarini keskin kengaytirdi. Hatto jurnalistika janrlari tarkibiga umuman
kirmagan press-reliz Internet saytlarida eng keng tarqalgan janrlardan biriga aylandi.
Internet – bu dunyoning zamon va makondagi bevosita borlig’idir, chunki u dunyoni 24
soatlik jamiyatga aylantirdi.
Internet – universal ommaviy kommunikatsiya vositasidir. Bizningcha, ushbu
universallikning asosiy o’lchovlari quyidagilardan iborat:
1.
Mazmun va shakl universallligi: a) mavzu, g’oya, muallif pozitsiyasi,
uslub, janrlar; b) davriylik; v) ommaviylik; g) hammaboplik; d) tejamkorlik; e) axborot
etkazishning ko’pxilligi.
2.
Internet ko’plab turli xil funktsiyalarni bajaradi: ommaviy kommunikatsiya
vositasi, ma’lumotnoma, savdo-sotiq, reklama, pochta aloqasi.
3.
Internet butun dunyoni aks ettirish qobiliyatiga ega, uning kengliklarida har
bir iste’molchi aynan o’ziga kerakli ma’lumotlarni topa oladi – uning ohangrabo kuchi
aynan shunda.
4.
Internet nazorat va tsenzuradan ozoddir.
5.
Saytlardagi ma’lumotlar tez-tez yangilanib turadi.
6.
Internet xalqaro yangiliklardan tortib bevosita shaxsiy ma’lumotlargacha
barcha darajalardagi axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi.
7.
Inson aqlining beqiyosligi Internetning beqiyosligini tashkil etadi va
aksincha.
Internetning universalligi axborotning ko’pqirraligi, uni tayyorlash va joylashtirish
osonligi,
qabul qilish, tushunish, zohiran va aqlan tez ishlab chiqish qulayligi kabi
jihatlarni qamrab oladi. Bu erda barcha turdagi ma’lumotlarni – yangiliklar, tahliliy
materiallar, kasbiy ma’lumotlar, statistika, foto, dam olishga oid va hokazo axborotni
topish mumkin. Shu kabi ishlarning barchasini uddalaydigan axborot vositasi universal
OKV deb atashga loyiqdir. Internet aynan shunday xususiyatlarga ega.
Internet saytlari zanjirli reaktsiya printsipida ishlaydi: iste’molchi biror-bir saytni
ochib, uning turli tomonlarida boshqa saytlarga ishoralarni ko’radi va ularga kirib, o’z
qidiruvida davom etadi. Shu tariqa uchinchi, to’rtinchi saytlarga o’tib ketaveradi. Har
bir saytning chetlarida Internet tilida giperishoralar va gipermatn deb ataladigan yangi-
yangi havolalar paydo bo’ladi va har bir iste’molchi ular oralab o’zi
xohlagan tarzda
izlanishini davom ettiradi.
Internetning universalligi axborot manbalarining majmuiy xarakterga egaligi,
mualliflar qarashlarining xilma-xilligi, axborot etkazishning tezligi, ko’psaytligi,
ko’pkanalligi singari xususiyatlarda ham o’z tasdig’ini topadi. Internetda iste’molchi
foydalanishi mumkin bo’lgan arxivlar ham anchagina. Har bir inson virtual kengliklarda
xohlaganicha saytlar sonini ochib quyishi mumkin. Tashkilotlar, vazirliklar yoki
muayyan sohalar haqida gapirmasa ham bo’ladi, amalda tarmoqning elektron
kengliklari cheksizdir.
Internet – har bir kishi uchun ochiq tizim. Ochiqlikning bunday darajasiga boshqa
biror OKV erisholmagan. Ko’p hollarda iste’molchilar o’zlariga qulay bo’lgan paytda
kerakli saytlarga kira oladilar va ularning mualliflari bilan bevosita so’zlashuv tarzida
interaktiv muloqot olib bora oladilar. Mazkur imkoniyat – OKV faoliyatining
jurnalistlar besh yuz yildan beri intilib kelgan noyob formulasidir.
Internetdan samarali foydalanish uchun uning kengliklarida to’g’ri
yurish
qoidalarini bilish, ya’ni navigatsiya mahoratiga ega bo’lish lozim. Navigatsiya –
39
Internetning murakkab, lekin o’rganilishi zarur bo’lgan san’atidirki, uni egallamasdan
turib Internetda ishlashning iloji yo’q.
Jahon
Internet
hamjamiyati
sayyoramiz
bo’yicha
bu
tarmoqdan
foydalanuvchilarning umumiy majmuini tashkil qiladi. Nihoyatda ulkan va ko’plab
toifalarni o’z ichiga oluvchi hamjamiyat bo’lganligi sababli uni aniq bir tizim sifatida
tavsiflash ancha mushkul. Shuning uchun Internet hamjamiyatining faqat umumiy
xususiyatlari haqida gapirish mumkin.
1.
Internetda butun dunyo hamjamiyati, unda ishlash uchun texnik
imkoniyatlarga ega bo’lgan barcha mamlakatlar faoliyat ko’rsatishi mumkin.
2.
Har bir mamlakat Internetda o’z maydoni (sektori)ga ega va o’z milliy
tilidan foydalanadi.
3.
Foydalanuvchilarning aksariyati virtual tarmoqda keng tarqalgan jahon
tillarini imkon qadar bilishlari kerak.
4.
Xoh katta mamlakat bo’lsin,
xoh kichik mamlakat, barchasi, hamma
foydalanuvchilar Internet oldida baravardir. Bu nihoyatda demokratik tabiatli ommaviy
kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.
5.
Hech kim Internetda boshqa axborot manbalari huquqini cheklashga qodir
emas, faqat nomaqbul sanalgan u yoki bu saytni o’z mamlakati hududida vaqtincha
yopib qo’yishi mumkin, xolos.
Bugungi kunga kelib real borliqdagi barcha narsalarning virtual nusxasi Internetda
o’z aksini topgan. Siyosiy partiyalar va uyushmalar, ahillik va qarama-qarshiliklar,
kelishuv va bahslar, himoya va hujumlar elektron kengliklarga ko’chgan. Aytish
mumkinki, sayyoramiz ijtimoiy fikri Internet timsolida o’zining virtual egizagiga ega
bo’ldi.
Internet hamjamiyatida ham xuddi real dunyodagidek qonuniyatlar amal qilmoqda.
Farqi
faqat shundaki, real dunyoda real, Internetda esa virtual o’lchovlar ish
ko’rsatayapti. Lekin axborot tarqatilishi tezligida farqlar juda katta: Internetda bu sur’at
bir soniyada 300000 kilometrni tashkil etadi, real dunyoda esa bunday tezlikda faqat
elektrosignal va nur taraladi.
Real dunyoda davlatlarning jismoniy chegaralari mavjud, virtual kengliklarda esa
bunday chegaralar yo’q. Real olamda, masalan, AQSh okeandan sakrab o’tolmaydi,
virtual tizimda esa ular dunyo bo’yicha hokimi mutlaq. Real hamjamiyat va Internet
hamjamiyati o’rtasidagi barcha farqlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
belgilab beradi. Kimki shunday texnologiyalarga ega bo’lsa, elektron kengliklarda ham
o’sha etakchilik qiladi.
Internetning
ommaviy
kommunikatsiya
vositasi
sifatidagi