• Uchinchidan
  • 3. Milliy mafkura –o’zbekistonliklar yangicha dunyoqarashining asosi
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/80
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #229572
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Birinchidan,
    tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlanganlik, ya’ni zamonaviy texnika 
    va texnologiyalar bilan etarli darajada qurollanish. 
    Ikkinchidan,
    mustahkam moddiy-moliyaviy asoslarga ega bo’lish. Axborot-
    psixologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladigan soha xodimlari moddiy 
    manfaatdorligini oshirish. 


    97 
    Uchinchidan,
    zamonaviy axborot texnologiyalarini boshqaradigan, undan samarali 
    foydalana oladigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, har tomonlama keng 
    fikrlaydigan qobiliyatli kadrlarni tayyorlash. 
    Demak, axborot xuruji tobora avj olib borayotgan, yakka tartibda har bir fuqaro, 
    har bir inson ongiga kuchli ta’sir o’tkazayotgan, keng miqyosda olganda, jamiyat 
    taraqqiyoti va millat taqdirini hal qila biladigan, global miqyosda esa – butun insoniyat 
    hayotini kafolatlashga, uning taraqqiyoti yoki tanazzulini belgilashga qodir bo’lgan 
    tig’iz axborot tizimini boshqarish, tartibga solish, undan foydalanish me’yorlarini ishlab 
    chiqish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir. 
    3. Milliy mafkura –o’zbekistonliklar yangicha dunyoqarashining asosi 
    Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashayotgan, Er shari aholisining kayfiyati, 
    ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o’zgartirishga qodir 
    bo’lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu - hozirgi 
    zamon tamaddunining o’ziga xos yutug’i. Xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o’zaro 
    munosabatlarini tobora yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini 
    boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga 
    xizmat qiladigan mo’’jizakor hodisa.
    Biroq tsivilizatsiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug’idan 
    kim qanday maqsadlarda foydalanayapti? Uning beqiyos va qudratli kuchini nimalarga 
    ishlatayapti? – degan haqli savollar ham muammoga aylanmoqda. 
    Umuman olganda, insoniyat tafakkuri kengayib, fan-texnika taraqqiyoti 
    jadallashgani sayin insoniyat o’zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. 
    Shu bilan birga o’zining boshini o’zi og’ritadigan, o’z hayotiga o’zi tahdid soladigan, 
    o’z istiqbolini mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda.
    Kompyuterlarning paydo bo’lishi esa butun Er sharini yagona axborot makoniga 
    aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan ham 
    bog’liq bo’lgan voqelik yuzaga keldi. 
    Bugun O’zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol sub’ektiga aylandi. 
    Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi ishtiroki, davlatlararo 
    munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjahon 
    axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron 
    axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal qilish 
    borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning 
    keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot almashish salohiyatini namoyon 
    qilishda yaxshi natija bermoqda. 
    Biroq bu jarayon bir qator muammolardan xoli emas. Jumladan, jahon axborot 
    tizimidan etarli foydalanilmayotganligi, Internet tizimining kerakli darajada 
    rivojlanmaganligi va qo’llanish darajasi pastligi ko’zga tashlanayotir.
    Ammo masalaning ikkinchi, bundan ham muhim tomoni ham bor. Bu bevosita 
    axborot bozoriga murojaat qilganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday 
    axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Chunki 
    bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi. Sifati, mazasi, 
    rangi, ta’mi yoki foydasiga qarab tanlash xaridorning ixtiyorida. Ana shu hayotiy 
    qonuniyat nuqtai nazaridan qaraganimizda, jahon axborot bozorida bizning 
    manfaatlarimizga zid bo’lgan, milliy xususiyatlarimizni, an’analarimiz, turmush 
    tarzimizni mensimaydigan axborotlar ham xuruj qilib, hayotimizga shiddat bilan kirib 


    98 
    kelmoqda. Bu o’z-o’zidan axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash muammosini 
    ko’ndalang quydi. 
    Hozirgi zamon axborot tizimining juda keng imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
    aytish mumkinki, O’zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishni 
    umummilliy manfaat va umummilliy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqarish 
    mexanizmini yaratish, uning mohiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo’lib qoldi. 
    Ana shu hayotiy ehtiyoj nuqtai nazaridan axborot sohasida axborot xavfsizligini 
    ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo’llash zarur deb hisoblaymiz: 
    Birinchidan, 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish