• Seminar uchun savollar
  • 8-bob. O’ZBEKISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI - MAMLAKAT AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINING OMILI 1. Milliy jurnalistika yangi bosqichda
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/80
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #229572
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Takrorlash uchun savollar 
    1.
    Axborot asrida mafkuraning o’rni va ahamiyati. 
    2.
    Axborot davri mafkurasining xususiyatlari. 
    3.
    Milliy mafkuraning milliy o’ziga xoslikni saqlab qolishdagi o’rni va 
    ahamiyati. 
    4.
    Kosmopolitizm mafkurasiga tavsif. 
    5.
    Ijtimoiy gedonizm mafkura sifatida. 
    6.
    Milliy istiqlol g’oyasining falsafiy, dunyoviy va ijtimoiy negizlari. 
    7.
    Milliy istiqlol g’oyasida umuminsoniy va milliy qadriyatlar nisbati. 
    8.
    O’zbekiston milliy istiqlol g’oyasining yutuqlari va istiqbollari. 
    Seminar uchun savollar 
    1.
    Globallashuv davrida mafkuraning o’rni va ahamiyati, mavqei o’zgarishi. 
    2.
    Kosmopolitizm va gedonizm zamonaviy mafkuralar sifatida. 
    3.
    O’zbekistonda fuqarolik institutlari rivojlanishining xususiyatlari. 
    4.
    Milliy istiqlol g’oyasi – axborot tajovuzlardan himoyalanish mafkurasi. 
    8-bob. O’ZBEKISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI - 
    MAMLAKAT AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINING OMILI
    1.
     
    Milliy jurnalistika yangi bosqichda 
    Axborot asri deb nom olgan davrda mustaqil O’zbekiston jurnalistikasi tez 
    rivojlana boshladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bu haqda shunday deydi: 
    “Haqiqatan ham, shiddat bilan o’zgarib borayotgan hozirgi zamonda ommaviy axborot 
    vositalarining faoliyat ko’lami, inson va jamiyat hayotiga ta’siri misli ko’rilmagan 
    darajada kuchayib bormoqda. Bugungi kunda axborot nafaqat ma’lumot etkazish, 
    odamlarni yangilik va o’zgarishlar bilan tanishtirish vositasi bo’lib xizmat qilmoqda, 
    ayni vaqtda axborot va kommunikatsiya tarmog’i amalda ishlab chiqarishning etakchi 
    yo’nalishlaridan biriga, moddiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning rivoji va o’sishiga hal 
    qiluvchi asos va turtki beradigan, tez rivojlanayotgan eng zamonaviy sohaga aylanib 
    borayotganiga barchamiz guvoh bo’lmoqdamiz”
    1
    .
    Insoniyat tarixi uchinchi ming yilligining boshi axborotlashgan jamiyat ostonasiga 
    qadam qo’yilishi bilan nishonlandi. Hozirda barcha taraqqiy etgan mamlakatlardagi har
    bir xonadon axborot olish va uzatish uchun turli texnikaviy vositalar – radio, televizor, 
    telefon, faks, mobil telefon, kompyuterlar, ko’rish apparatlari va hokazolarga ega 
    ekanligi buning yorqin dalilidir. Vaholanki, bunday narsalarni yaqin o’tmishda 
    ixtisoslashgan studiyalarda ham uchratish qiyin edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
    aholisi ham shunday imkoniyatlarga ega bo’lmoqda. 
    Axborotlashtirish jarayoni AQShda mehnat bilan band aholining 60% axborot 
    sohasida mashg’ul bo’lishini ta’minlagan bo’lsa, qishloq ho’jaligida bu ko’rsatgich 
    1
    Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига. Ўзбекистон Президенти И.А. Каримовнинг табриги, 2012 
    йил. 28 июнь // “Халқ сўзи”. 2012. 29 июнь. 


    101 
    atigi 2,8 % ga teng
    2
    . G’arbiy Evropa axborot industriyasida esa 70 % dan 75 % gacha 
    aholi band
    3

    Axborotlashgan jamiyat yangicha fikrlashni, muloqotning yangicha shakllarini 
    yuzaga chiqaradi, shunga muvofiq ravishda yangicha ijtimoiy va psixologik
    munosabatlar paydo bo’ladi. Bu insonning hayotiy faoliyati sifat jihatdan yangi
    bosqichga ko’tariladi deganidir.
    Bredford universiteti (Buyuk Britaniya) professori D. Layon fikricha, 
    axborotlashgan jamiyatga quyidagilar xosdir: 
    - texnika sohasida – axborot texnologiyalarining ishlab chiqarish, iqtisodiy va 
    amaliy hayotning barcha sohalariga, shuningdek ta’lim tizimiga va maishiy turmushga 
    tatbiq etilishi; 
    - ijtimoiy sohada - axborot ta’sirida yangi axboriy ong shakllanishi, hayotning sifat 
    jihatidan o’zgarishi; 
    - iqtisodiy sohada - axborot tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning
    asosiy omiliga aylanishi, qo’shilgan qiymat va bandlik manbai bo’lishi; 
    - siyosiy sohada - fikrlar xilma-xilligi va demokratiya tamoyillarini amalga 
    oshirishni ta’minlovchi siyosiy jarayonning asosi hisoblanmish ma’lumotlarni qo’lga 
    kiritish erkinligi; 
    - madaniy sohada – har qaysi individning rivojlanish ehtiyojlariga javob bera 
    oladigan tegishli me’yor va qadriyatlarning shakllantirilishi. 
    Ta’lim, fan, ommaviy muloqot, axborot xizmatlari va axborot qurilmalariga xizmat 
    ko’rsatish axboriy faoliyatning muhim sohalari hisoblanadi
    1

    Mutaxassislar aholi turmush farovonligi yuksalgan, mamlakat samarali rivojlangan 
    iqtisodga ega bo’lgan, shuningdek jamiyat amalda insonparvarlik tabiatini kasb etgan va 
    demokratlashgan holdagina, axborotlashgan jamiyatni barpo etish mumkin, deb 
    hisoblaydilar. Boshqaruvning tadbirkorlik va raqobat erkinligini monopoliyadan xalos 
    qilish uchun, axborot ishlab chiqish va tarqatish, qarorlar qabul qilishda fuqarolar 
    qatnashuvi uchun siyosiy va huquqiy kafolatlarni ta’minlovchi demokratik 
    mexanizmlari bunga yordam beradi
    1
    .
    “Axborotlashgan jamiyat” atamasi dastlab o’tgan asrning 60-yillari ikkinchi 
    yarmida Yaponiyada qo’llana boshladi, axborotlashgan jamiyat yaratish g’oyasi esa
    1971 yilda ishlab chiqildi. “Axborotlashgan jamiyat barpo etish rejasi - 2000 yilga 
    mo’ljallangan milliy maqsad” deb nomlangan hujjatda mazkur g’oya aniqlashtirib 
    berildi. Uning asosini shunday fikr tashkil etdiki, ijtimoiy evolyutsiyaning pirovard 
    maqsadi, birinchi navbatda, insonning mo’l-ko’l moddiy ne’matlarga egaligini emas, 
    balki uning aqliy imkoniyatlari to’liq namoyon bo’lishini ta’minlovchi jamiyat bo’lishi
    lozim. 
    Aqliy 
    qobiliyatni 
    rivojlantirish 
    texnologiyalarni 
    sifat 
    jihatdan
    takomillashtirishga olib kelib, pirovard natijada moddiy ne’matlar mo’l–ko’lligini 
    ta’minlashi kerak. 
    Global axborotlashgan jamiyat haqidagi g’oya D. Bell, I. Ma’sudiy, T. Stouner, P. 
    Draker, M. Kastels, N. Moiseev asarlarida yanada rivojlantirildi. Ular ham o’z ishlarida 
    sanoatlashuvdan keyingi davrda band bo’lgan xodimlar soni jihatdan etakchi o’rinni
    2
    Перспективы информационного общества. Рефератлар тўплами. – М.: 1990. – Б. 9-11. 
    3
    Ракитов А. И. Философия компьютерной революции. – М.: 1991. – Б. 227. 
    1
    Лайон Д. Информационное общество. Проблемы и иллюзии. – М.: 1989. – 4-б. 
    1
    Грабельников А.А. Массовая информация в России: от первой газеты до информационного общества. – М.: 2001. 
    – 292-б. 


    102 
    egallaydigan axborot jabhasi iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishini 
    kafolatlovchi omil bo’lishi haqidagi fikrni asoslab berdilar. 
    Biroq axborotlashgan jamiyatning shakllanish jarayoni turli mamlakatlarda 
    turlicha amalga oshirilmoqda. Bu iqtisodni shunday darajaga ko’tarish bilan bog’liqki, 
    toki u, masalan, qishloq ho’jaligida bo’lganidek, sohada aholining bir necha foizgina 
    bandligi holda, barchani o’ mahsulotlari bilan ta’minlay oladigan bo’lsin. Demak, 
    moddiy-texnik negiz yaratmay turib axborotlashgan jamiyat barpo etish imkonsizdir.
    Shunga ko’ra hozir dunyoda axborotlashgan jamiyatga o’tishning ikki modeli
    mavjud bo’lib, birinchisi – sharqiy, ikkinchisi - g’arbiy model hisoblanadi. G’arb 
    modelida asosiy e’tibor axborot xizmati ko’rsatish bozorini erkinlashtirishga va bu 
    xizmatning har tomonlama (universal) bo’lishiga qaratiladi. Sharqiy model esa mazkur 
    sohada davlatlar va bozorlar hamkorligiga katta e’tibor berilishi bilan tavsiflanadi. 
    Global axborotlashgan jamiyat qaror topishida an’anaviy madaniy qadriyatlar bilan 
    yuzaga keladigan ijtimoiy o’zgarishlar o’rtasida aloqa o’rnatishga intilish kuzatiladi. 
    Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
    axborot – o’zida dalil va fikrlardan tashqari, almashish jarayonida insonning ichki 
    ehtiyoji tarzidagi muloqotini ta’minlovchi xabardir. Inson hamisha jamiyatning bir 
    zarrasi, bo’lagi bo’lganligidan va unga hayotning ijtimoiy shart-sharoitlari muhri 
    bosilganligidan, shunga muvofiq ravishda jurnalistika axborotining asosini uning 
    ijtimoiy ahamiyati tashkil etadi. Undagi fakt-dalillar mazmuniga ularning ijtimoiy 
    hayot uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi nuqtai nazaridan qaralishi kerak. 
    Demak, jurnalistika axboroti hamisha ijtimoiy mazmunga ega, ya’ni ijtimoiy 
    yo’naltirilgan bo’ladi. Har qanday ijtimoiy tabaqalangan hodisa esa bir xil mazmunda 
    bo’lavermaydi. U kimningdir manfaatlari, ko’rsatmalari, nuqtai nazari va hokazolarni
    o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham ob’ektiv holda noto’liq, yolg’on, chalg’ituvchi, 
    chalkashtiruvchi yoxud ishonarli, dolzarb, hujjatli va hokazo bo’lishi mumkin. 
    Boshqacha aytganda, u keng omma – auditoriya foydasiga xizmat qilishga yoki unga 
    zarar etkazishga qodirdir. Xullas, jurnalistik axborot hamisha jamoatchilik fikrini 
    shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. 
    Jamoatchilik fikri deganda nimani tushunish kerak? Bu – turmushning ayni 
    zamondagi dolzarb muammolariga insonlar munosabatida namoyon bo’ladigan ijtimoiy
    ong shaklidir. Ongning tabiatan harakatchan ushbu shakli jamiyatdagi turli 
    institutlarning sezilarli darajadagi ta’siriga uchrab turadi, binobarin, chalg’ituvchi 
    ta’sirga ham duchor bo’lishi ehtimol. Uni chalg’itish muayyan maqsadni ko’zlab 
    amalga oshirilishi mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, “chalg’itish” tushunchasi 
    shartlidir, chunki tomonlardan istalgan biri jamoatchilik fikriga har qanday ta’sirni
    chalg’ituvchi deb baholash ehtimoldan xoli emas. 
    Shuni ta’kidlash muhimki, hozirgi jamiyatda jamoatchilikda yagona fikr yo’q va 
    bo’lishi ham mumkin emas. Bu demokratiyaning asoslaridan biri hisoblanadi. 
    O’z navbatida, ijtimoiy ong omma, ayrim ijtimoiy guruh, butun jamiyat ongida 
    jamiyat turmushining aks etish shakli sanaladi. Siyosiy g’oyalar, huquq, falsafa, ahloq, 
    din, fan, estetika va boshqalar ijtimoiy ongning mavjud bo’lib turish shakllari sirasiga 
    kiradi. Ma’lumotnoma adabiyotlarda, afsuski, ijtimoiy ongga urf-odatlar, an’analar, 
    udumlar, umuman, turmush tarzi yoki, boshqacha aytganda, oqibat natijada u yoki bu
    inson, elat, halq, millat mentalitetini belgilovchi ma’naviy qadriyatlarning butun 
    majmui katta ta’sir o’tkazishi haqida hech nima deyilmaydi.


    103 
    Hozirgi davrda shuni unutmaslik kerakki, deydi professor Ya.N. Zasurskiy, 
    axborotlashgan jamiyat sarhadlari chegara ustunlari bo’ylabgina o’tmaydi, balki 
    axborot maydoni, axboriy mazmun (kontent) uzra ham o’tadi
    1
    . Bugun u yoki bu 
    mamlakat aholisi boshqa bir mamlakat ommaviy axborot kanallari ta’siri ostida qolar 
    ekan, hodisalarni o’sha o’zga mamlakat talqinida qabul qiladi. Olim ta’kidlashicha, bu 
    “xorijlik tadbirkorlar, ishchilar va boshqalarning bostirib kirishidan ko’ra davlat uchun 
    ancha jiddiyroq xavfdir”
    1

    XXI asrda ommaviy axborot vositalari bosma, ko’rish, eshitish tarzida bo’lib, 
    insonga, uning ongi, ruhiyati, his-tuyg’ulariga atroflicha ta’sir ko’rsatish imkoniga ega. 
    Ular ko’p jihatdan turli milliy, shaxsiy, ijtimoiy va davlat manfaatlari hamda 
    intilishlarining shakllanishini belgilab beradi. 
    Shuning uchun ham ommaviy axborot vositalari har qaysi davlat va halq hayotida 
    muhim o’rin tutadi. Jamiyatning axboriy–ruhiy havfsizligi ko’p jihatdan ular 
    faoliyatining sifatiga bog’liq. Bu esa bugungi kunda har bir mamlakat uchun jiddiy 
    muammo bo’lib turibdi. Davlatlarning ko’pchiligi ommaviy axborot vositalari barqaror 
    iqtisodiy o’sishni ta’minlashga, jamiyat faravonligini oshirishga, millatlararo murosani 
    saqlashga, demokratiya va barqarorlikni mustahkamlashga to’liqroq xizmat qilishlari 
    uchun o’z milliy manfaatlarini ularning infratuzilmalarini rivojlantirish, bu sohaga 
    zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish bilan chambarchas bog’laydilar. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish