• 4-mavzu. AXBOROT-PSIXOLOGIK URUSH – AXBORIY TAJOVUZKORLIKNING OLIY SHAKLI (2 soat )
  • -mavzu. AXBOROTNING GLOBALLASHUVI VA AXBORIY




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/80
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #229572
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    3-mavzu. AXBOROTNING GLOBALLASHUVI VA AXBORIY 
    QARAMA-QARSHILIK. “TSIVILIZATSIYALAR TO’QNASHUVI“ 
    MUAMMOSI (2 soat) 
    Globallashuv tushunchasi. Globallashuv – jahon hamjamiyati hayotining XX asr 
    oxiri – XXI asr boshidagi asosiy o’ziga xos xususiyati. Hozirgi ko’rinishdagi 
    globallashuvning boshlanishi. Globallashuvning shakllari va turlari. Axborot bobidagi 
    globallashuv boshqa turdagi globallashuvlarning umumiy natijasi ekanligi. Hozirgi 
    bosqichda ommaviy axborot globallashuvining mohiyati va asosiy jihatlari. 
    Jahon axborot makoni tushunchasi, uning ta’rif-tavsifi. Axborot maydonining 
    hozirgi davrdagi shakl-shamoyili, miqyoslari va o’ziga xos xususiyatlari, uning 
    geosiyosiy qarama-qarshilik maydoniga aylantirilish xavfi. Hozirgi bosqichdagi axborot 
    davri da’vatlari hamda davlatlarning axborot bobidagi karama-qarshiligi. 
    Jamiyatning axborot infratuzilmasi. Axborot resurslari va texnologiyalari. Milliy va 
    xalqaro axborot markazlari. Matbuot, radio va televidenie ochiq axborot tizimlari 
    sifatida. Internet global, universal OAV sifatida, uning ochiqligi va cheklanmaganligi. 
    Jahon Internet-hamjamiyatining o’ziga xos xususiyatlari. OAV bo’lgan Internetning 
    afzalliklari va kamchiliklari. Zamonaviy OAV tizimining namunaviy modellari.
    OAVning tadrijiy rivojlanishi va o’xshash jihatlar hosil qilishi va ular taraqqiyotidagi 
    interfaol bosqich.
    Xalqaro axborot tartibi. Axborot oqimlari jadallashgan va milliy madaniyatlar 
    turlicha bo’lgan sharoitlarda bu oqimni tartibga solish ehtiyojining oshishi.
    “Tsivilizatsiyalar (tamaddunlar, madaniyatlar) to’qnashuvi” muammosi (S.Xantington) 
    va uning jahon matbuoti va fanida muhokama etilishi. Tamaddunlar muloqoti – yangi 
    dunyoviy tartibni shakllantirishning asosiy yo’li.
    4-mavzu. AXBOROT-PSIXOLOGIK URUSH – AXBORIY 
    TAJOVUZKORLIKNING OLIY SHAKLI (2 soat ) 
    “ Axborot-psixologik urushi” tushunchasining murakkabligi. Axboriy ta’sir bilan 
    axborot urushi orasidagi chegaraning yo’qolib borayotganligi. Axborot bosqinchiligi 
    tushunchasi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davlatlar tomonidan 
    qoloq mamlakatlar aholisida o’sha ilg’or davlatlar turmush tarzi «to’g’ri”, boshqalarniki 
    esa “noto’g’ri” ekanligi haqidagi tasavvurni shakllantirishga bo’layotgan urinishlar. 
    G’arb mamlakatlarining hamma joyda o’z madaniyati va qadriyatlarini yoyishga 
    intilishlari. Ular tomonidan Sharq mamlakatlariga jamiyatning g’arbcha muvaffaqiyatli 
    ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzilish tarzi haqidagi o’z tushunchalarining 
    majburiy o’tkazilayotganligi. 


    128 
    Axborot quroli tushunchasi. Axborot qurolining ta’rif-tavsifi va parametrlari. 
    Neyrolingvistik dasturlash. Axborot quroli yordamida ta’sir etish usullari: ishontirish
    yolg’on xabarlar tarqatish, hiyla- nayranglar, ig’vogarliklar, do’q-po’pisa va h.k..
    Qalbaki targ’ibot usullari: badnom qilish, ajoyib mavhumlik, so’zni bo’lib ko’chirish,
    obro’li kishilarni dastak qilib ko’rsatish, oddiy xalqchillik o’yinini o’ynash, qartalarni 
    qayta chiylamoq, umumiy platforma va h.k. Buzg’unchi ta’sir ko’rsatish yo’llari: 
    masxara qilish, shiorlarni takrorlash, hayajonga soluvchi gij-gijlash, qalbaki tanlov, 
    mish-mishlar (ularning tizimi, ko’rinishlari, asosiy yo’nalishlari, maqsadlari, amal qilish 
    printsiplari, yoyilish shakllari), ig’vogarlik, “tashkiliy tartibsizlik” va h.k. Axborot 
    quroli etkazadigan zararni aniqlash qiyinligi. 
    OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Aholiga matbuot, 
    radio, televidenie va Internet yordamida ta’sir ko’rsatishning o’ziga xosligi. 
    Radio-televizion va tarmoq xabarlarining kecha-kunduz davomidagi uzluksiz oqimi. 
    Yangiliklarda tanlab olish, urg’u berish, bloklarni shakllantirish, faktlarni tuzib chiqish 
    va talqin qilish printsiplari. Dunyodagi eng mashhur matbuot nashrlari, radio va 
    televidenie kompaniyalari, Internet saytlari. Jahon axborot maydoni monopoliya qilib 
    olinishiga qarshi kurashish yo’llari. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. AXBOROTNING GLOBALLASHUVI VA AXBORIY

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish