|
ILOVA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.ILOVA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
12.12.2002 y.
№ 439–P
AXBOROT ERKINLIGI PRINTsIPLARI VA KAFOLATLARI TO’G’RISIDA
(
iqtiboslar
)
11-modda. Axborotni muxofaza etish
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo’lish
axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar etkazishi
mumkin bo’lsa, muhofaza etilmog’i kerak.
Axborotni muhofaza etish:
Shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning
oldini olish;
axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishining
oldini olish;
axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida
amalga oshiriladi.
12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosati
Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’ladi hamda shaxs, jamiyat va
davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo’nalishlarini, shuningdek,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat
notijorat tashkilotlarining, fuqarolarning o’rni va ahamiyatini belgilaydi.
13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi
Shaxsning
axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi
zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash,
axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko’rsatilishidan himoya qilish
yo’li bilan ta’minlanadi.
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga
kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi
shuningdek, shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so’zlashuvlar,
pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to’plashga, saqlashga,
qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi, qonun
hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy
ziyon etkazish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
ruyobga chiqarilishiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Fuqarolar to’g’risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda
undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini
buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo’ygan
muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif
nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.
|
| |