136
demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini,
ommaviy axborot
erkinligini ta’minlash;
qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir
ko’rsatishga, uni chalg’itishga yo’l qo’ymaslik;
jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va
ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish;
milliy o’zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an’analar
hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy
vaziyatni beqarorlashtirishga,
millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga
qarshi harakat tizimini barpo etish.
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi:
axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga
qarshi harakatlar yuzasidan
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda
foydalanilishidan muhofaza qilish;
O’zbekiston Respublikasining jahon axborot
makoniga va zamonaviy
telekommunikatsiyalar tizimlariga integratsiyalashuvi;
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo’rlik
bilan
o’zgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga;
hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo’yilgan yoxud
tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga
va davlat tuzumiga qarshi
boshqacha tajovuz qilishga ochiqdan-ochiq da’vat etishni o’z ichiga olgan axborot
tarqatilishidan himoya qilish;
urushni va zo’ravonlikni, shafqatsizlikni targ’ib qilishni, ijtimoiy, milliy,
irqiy
va diniy adovat uyg’otishga qaratilgan, terrorizm va diniy ekstremizm g’oyalarini
yoyishni o’z ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish.
Manba: