|
Dilga taalluqli bo‘lgan 10 ta narsa shundan iboratki
|
bet | 113/147 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 11,8 Mb. | | #732 |
Dilga taalluqli bo‘lgan 10 ta narsa shundan iboratki, birinchi ularga rahmatu shafqat bilan qara. Ikkinchi, ularga doimo qo‘lingdan kelganicha yaxshilik qil. Uchinchi, sening shodliging ularning xursandchiligi bilan bo‘lsin. To‘rtinchi, ular g’am tortsalar, sen ham qayg’ur va ularning dardlariga malham bo‘lish yo‘lini qidir. Beshinchi, ular ortiqcha gapirsalar, o‘zingga malol olma. Oltinchi, ular tanbeh bersalar, xafa bo‘lish o‘rniga xursand bo‘l. Ettinchi, ularga qanchalik yaxshilik qilmagin va haqlarini ado qilmagin, ularning dillari zarracha ozor topishini o‘zing uchun or deb bil. Sakkizinchi, ularning qanday niyatlari bo‘lsa, o‘sha niyatlariga erishtirish uchun harakat qil. To‘qqizinchi, ular qanchalik uzoq umr ko‘rsalar, shunchalik quvon. O‘ninchi, qanchalik dardli bo‘lsalar, shunchalik ko‘ngillarini olishga uringil.
|
| |