11-mavzu: Farzandlik burchining ma’naviy asoslari
Reja:
-
Ota-onani hurmat qilish, ularga mehr-muruvvatli, rahm-shavqatli bo‘lish insonga xos ma’naviyatning muhim tomoni sifatida.
-
Farzandning burchi va mas’uliyati masalasining milliy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlarda o‘z ifodasini topishi.
1-masalaning bayoni. Ey, farzand – jannat rayhoni, bilgilki, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir.
Nedinkim, uning asli ota va onani nima uchun hurmat qilurmen, deb ko‘nglingga keltirmagil, bilgilki, ota-ona farzandi uchun o‘limga ham tayyor turadilar.
Ota-onaning og’irini engil qilish, ularni turli xil yomonliklardan saqlash har bir farzand oldida turgan qarz.
Agar kishi o‘z ota-onasiga hurmat ko‘rsatsa, ularni sevib, ular to‘g’risida qayg’ursa, Olloh taolo o‘zining bu quliga rahm-shafqat ko‘rsatib, uni mag’firat qiladi.
Agar ota-onangiz sizdan mamnun va xursand bo‘lsalar, sizga jannatga kirish uchun ikkita eshik ochiladi.
Ko‘pchilik ota-onaning qarzini to‘lash uchun vaqt topa olmaydi. Bunday odamlar qarochilardan farq qilmaydi.
Ota-onangizni xafa qilsangiz, ularning xo‘rligini keltirsangiz Olloh taolo sizdan g’azablanishi mumkin.
Albatta, ota-ona, ustoz sizdan kufr ish qilishni talab qilsa, uni bajarmaslik mumkin. Ammo hech qachon ota-ona bilan qo‘rs, qattiq ovoz bilan gaplashish mumkin emas.
Agar ota-onangiz gunoh ish qilsalar, ularni qaytarishga urining, agar foydasi bo‘lmasa, ularni bu kufr ishdan qaytarishni Ollohdan so‘rab duo qiling, ular uchun Ollohdan istig’for-kechirim so‘rang.
Ota-ona variganda yoki bemorlikda tortayotgan azobiga hamdard bo‘lish va bu yo‘lda har qanday qiyinchiliklarga chidamoq kerak.
Birinchi vazifa – ota-onani, qaynona-qaynotani hurmat qilmoqdir. Ota-ona va qarindosh-urug’larni borib ko‘rish, ahvolidan xabardor bo‘lib turish kerak. Ulardan qochish, qaramay qo‘yish, yordam qo‘lini cho‘zmaslik gunoh hisoblanadi.
Yaqinlaringizga nisbatan ularni telefon, xat, sovg’a-salomlar bilan ko‘ngillarini oling, ham ma’naviy, ham moddiy yordam ko‘rsatib turing.
Ona, ota, farzandlar, buva, aka-ukalar, opa-singillar, amaki, tog’a, g’ola, ammalar. Ulardan keyin ularning farzandlari, ulardan keyin esa siz bilan niqoh orqali qarindosh-urug’ bo‘lganlar. Ulardan keyin qo‘ni-qo‘shnilar.
O‘tib ketganlarni duo qilib turish, ularning gunohlarini kechirishni, mag’firat aylashini Ollohdan so‘rab duo qilib turish kerak.
Ota-onaning xizmatini qilish – har bir farzandning burchi. Bu haqda Qur’oni karimning “Niso” surasi 36-oyatida: “Ibodat qilinglar. Alloh taologa va sherik qilmanglaranga hech bir narsani va yaxshilik qilinglar ota-onalaringizga va qarindoshlaringizga va etimlarga va muhtojlarga va yaqin qo‘shniga va ham yaqin kishingizga va musofirga va tasarruflaringizda bo‘lgan g’ulomlaringizga. Albatta, Alloh taolo yaxshi ko‘rmas mehnat qilmovchi va m aqtanguvchini”. Ammo bu burch ota-ona farzandning xizmatiga muhtoj bo‘lib qolganda amalga oshiriladi.
Farzandning ota-ona oldidagi odoblari shundayki, farzand ota-ona nima desa diqqat bilan quloq soladilar, ularning oldiga tushib yurmaydi, nimaiki buyursalar va buyurgan narsalarida xiyonat va gunoh ish bo‘lmasa, jonu dil bilan bajaradi. Ular o‘tirgan joylaridan tursalar, u ham irg’ib o‘rnidan turadi, chaqirsa “Labbay” deb javob beradi, ularni xursand qilishga orzumand bo‘ladi, ularning oldida ta’zimda bo‘ladi, qilgan ishlarini minnat qilmaydi, ularning ruxsatisiz safarga jo‘namaydi.
Kitoblarda zikr qilinishicha, ota-onaning farzandga 80 ta haqi bordir. Ularning 40 tasi tiriklik vaqtida va qolgan 40 tasi o‘lgandan keyindir. Tiriklik chog’idagi 40 ta haqning 10 tasi tanga, 10 tasi tilga, 10 tasi dilga va 10 tasi molga taalluqli bo‘ladi.
|