Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet109/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147

Klasterni tuzish qoidasi

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.

3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g’oyalar kelmaguncha qog’ozga rasm chizib turing.


5-ilova

Farzandning burchi va mas’uliyati masalasining milliy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlarda o‘z ifodasini topishi
Farzandning burchi va mas’uliyati masalasi milliy va diniy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlrda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zini xalq oldida burchli, mas’uliyatli deb bilib, ota-onasini unutgan shaxsni ma’naviyatli inson deb bo‘lmaydi.

Allomalarning ta’kidlashicha ota farzand oldidagi quyidagi burchlarni bajarishi shart: 1. Yangi tug’ilgan bolaga chiroyli ism qo‘yish; 2. Bolaga yaxshi ta’lim-tarbiya berish; 3. Farzandning ma’lum bir hunarga shart-sharoit yaratib berish; 4. Farzandlari voyaga etgandan keyin qiz bo‘lsa turmushga berish, o‘g’il bo‘lsa uylantirish;

Ajdodlarimiz “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir. O‘z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmoq otalarga farzi ayn, o‘z millatining etim qolgan bolalarini tarbiya qilmoq farzi kifoyadur”- deganlar.

6-ilova

1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.