Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet117/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147
2-masalaning bayoni. Huquqiy jihatdan kafolatlangan oila o‘z burchlarini ham unutmasligi lozim. Shulardan eng asosiysi, oilani yaxshi oila qilib ko‘rsatuvchi fazilatlardan biri - farzandlarni oila qurishga tayyorlashdir. Darhaqiqat, mamlakatimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash – oilalarning mustahkamligini ta’minlashning muhim shartidir. Shu boisdan ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da xuddi mana shunday masalaga alohida e’tibor berilgan, ya’ni:

- oila-oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;

- jamiyatning eng kichik bir qismi bo‘lib, bolaning madaniy, estetik va boshqa ehtiyojlari o‘sishini va sog’lom turmush tarzini ta’minlovchi;

- bolaning fe’l-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;

- hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchisidir, deyiladi.

Demak, oila poydevorining mustahkamligi – jamiyat poydevori va binosini puxta qilib qurishni ta’minlashning asosiy shartidir, uning moddiy va ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat faroonligining negizidir.

Farzandlik burchi va ma’suliyatining ma’naviy asoslangan ko‘rinishlari quyidagilar:

Har qanday sharoitda ota-onadan xabardor bo‘lish.

Keksalik shunday davrki, bir og’iz yomon so‘z kishining belini bukadi.

Mehnatsevar bo‘lish, halollik, iymonlilik, insoflilik, mehr-muhabbatlilik, insonparvarlik, oilaparvarlik, elda obro‘ orttirish ham farzandning ota-ona oldidagi burchidir.

Yaxshi farzand ota-onaning ikkinchi umridir.

Ota-ona keksayadi, farzandlar oila quradi, lekin farzand ota-onaga doimo ba’zi ota-onalarni gapi o‘rinsiz, malol keladi. Lekin, ularning barcha maslahatlariga e’tiroz bildirmay quloq solgan ma’qul.

Xar bir oilaning an’analari bir yaxshi oilaviy an’analar avloddan avlodga o‘tadi.

Aka-ukalar, opa-singillarning ahil, bamaslahat ish qilish, qarindosh-urug’lar bilan inoq, hamjixat bo‘lish, ota-onalar orzusidir.

Ota-ona bir farzandini emas, balki barchasining baxtini, tinchligini o‘ylaydi. Shu sababli ham ota-onalar ko‘zi ochiq vaqtida bolalari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, qarindosh-urug’lar bilan ham aloqani yaxshilashga xarakat qilishadi.

Farzandlarning ota-onani rozi qiladigan axloqiy fazilatlardan biri-samimiylik va to‘g’rilikdir. Ba’zan to‘g’ri so‘zlikni andishasizlik deb tushuniladi. Andishasizlik to‘g’rilik va samimiylikning teskarisidir... Samimiylik - oqko‘ngillikdir. Birovga yaxshilik qilib uni minnat qilmaslikdir. To‘g’rilik - halollikdir.

Farzandlar ota-ona hayotdan ko‘z yumganidan keyin ham hurmatini urniga kuyishdir.

Ota-ona oldidagi burch va ma’suliyat bir daqiqa ham inson xotirasidan chiqmasligi lozim.




Download 11,8 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.