• 1-masalaning bayoni.
  • -mavzu: Farzandlik burchining ma’naviy asoslari




    Download 11,8 Mb.
    bet125/147
    Sana21.03.2017
    Hajmi11,8 Mb.
    #732
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   147
    12-mavzu: Farzandlik burchining ma’naviy asoslari

    Reja:

    1. Farzandlik burchi va mas’uliyatining ma’naviy asoslangan ko‘rinishlari.

    2. Qaramlik yillari davomida milliy tarbiyaga bo‘lgan e’tiborning pasayishi va uning farzandlarning o‘z burchini his qilishlariga ko‘rsatgan salbiy ta’siri.

    1-masalaning bayoni. Farzandning burchi va mas’uliyati masalasi milliy va diniy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlrda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zini xalq oldida burchli, mas’uliyatli deb bilib, ota-onasini unutgan shaxsni ma’naviyatli inson deb bo‘lmaydi.

    Allomalarning ta’kidlashicha ota farzand oldidagi quyidagi burchlarni bajarishi shart: 1. Yangi tug’ilgan bolaga chiroyli ism qo‘yish; 2. Bolaga yaxshi ta’lim-tarbiya berish; 3. Farzandning ma’lum bir hunarga shart-sharoit yaratib berish; 4. Farzandlari voyaga etgandan keyin qiz bo‘lsa turmushga berish, o‘g’il bo‘lsa uylantirish;

    Ajdodlarimiz “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir. O‘z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmoq otalarga farzi ayn, o‘z millatining etim qolgan bolalarini tarbiya qilmoq farzi kifoyadur”1,- deganlar.

    Umuman inson zoti vatanga, jamiyatga, xalqiga, hurmat ota-onaga bo‘lgan hurmatdan boshlanadi. Ota-onaga hurmatsizlik iymonsizlikning belgisidir. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida shaxsning obro‘-e’tibori o‘z ota-onasiga munosabati bilan belgilanib kelingan. Ota-onani qarovsiz qoldirgan, ularga azob berib haqoratlaganlar “oqpadar” deyilgan. O‘zbeklarda “oqpadar” degan so‘z juda og’ir haqoratdir, jamiyatning nafratiga duch kelishning ifodasidir. Oqpadarlardan ota-onagina emas, balki barcha qarindosh-urug’lar, butun jamoatchilik yuz o‘giradi.

    Imom al-Buxoriy Rasuli Akramning farzandlik burchi haqida quyidagi fikrlarini keltiradi: “Qaysi bir musulmon farzandi ertalab savob umidi bilan ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning ikkita eshigini ochadi. Agar ularning birini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Olloh Taolo undan rozi bo‘lmaydi”.

    Ota-ona dunyodan ko‘z yumayotganida bizdan rozi bo‘lganini aytishadi. Lekin biz hamma vaqt ham ota-ona oldidagi burchimizni to‘la bajara olmaganimizdan afsuslanamiz. Ota-onani xursand qilish uchun qo‘limizdan nima kelsa qilamizki, qandaydir armonlar yuragimizda qolib ketadi. Bu ham inson qalbida chuqur o‘rin olgan iymon va vijdonnig sadosidir. Ota-ona mehri shunchalik cheksizki, noqobil farzandlaridan ko‘p azob-uqubat ko‘rgan ota-onalar ham o‘lar chog’ida “Men sendan roziman, bolam”, deyishadi. Bunday cheksiz mehrning ma’naviy ildizlarini o‘zimiz ota-ona bo‘lganimizdan keyin chuqurroq tushunamiz.

    Ota-onaga yaxshi munosabat farzandlarimiz uchun katta tarbiya maktabidir.

    Rasuli Akramning quyidagi fikrlari ibratli: “uch toifa odamlarning duosi hech shubhasiz Olloh Taolo oldida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning (farzandga qilgan) duosi”.

    Ba’zi yoshlar qarigan ota-onalarini keksalar uyiga olib borib qo‘yadilar. Bunday hol o‘zbeklar orasida avval bo‘lmagan bo‘lsa hm hozir uchrayapti. Odamlar bunday ishlardan oldin nafratlansa, hozir biroz ko‘nikib qolganga o‘xshaydi. Ba’zilar keksalar uyida yashash ancha tinch, u erda shifokorlar tez-tez xabar olib turishadi, deyishadi. Bu fikrlar milliy ma’naviyatimizga, diniy qadriyatlarimizga butunlay ziddir. Keksaygan odamga yaxshi kiyim, etarli oziq-ovqat emas, dardi uchun farzandlarning mehr-oqibati kerak. Keksalarning dardi uchun farzandlarning shirin so‘zi-yu, nabiralarning kulgusidan, sho‘xligidan ortiqroq shifo bo‘lmasa kerak. Odam keksaygan chog’ida o‘zini yakkalangan, jamoat e’tiboridan chetda qolgan kishi sifatida his qila boshlaydi. Ular ko‘proq e’tiborga, shirin so‘zga, mehr-oqibatga ehtiyojmand bo‘ladilar.

    To‘g’ri hayotda hamma ota-ona bir xil emas. Shundaylar ham borki, ular hayotni besh kunlik maishat, rohat-farog’at deb tushunadilar. Bundaylar farzand ko‘rsalar ham ularni boqish va tarbiyalashni o‘zlari uchun og’ir yuk deb o‘ylaydilar. Ular ota-ona emas, balki qalbida shafqat tuyg’usi, mehr-oqibat bo‘lmagan odamsifat mahluqlardir.

    Farzandlar-chi? Bolalar uyiga tashlab ketilgan go‘dak doim onasini, o‘z onasini kutadi. Bu mehr urug’i go‘dak qalbiga ilohiy qudrat kiritgan kuchdir. Onasiz qolgan go‘daklarga boshqa ayollar qancha mehribonlik ko‘rsatsalar ham bu hech vaqt tuqqan ona mehri o‘rnini bosaolmaydi. Etimlik drdini etim bo‘lib, ona-onaning mehriga tashna bo‘lganlar yaxshi biladi. Farzandlar ota-onadan yomonlik ko‘rishi mumkin. Lekin bu yomonlikka yomonlik bilan javob berish shart emas. Kechirimlilik tuyg’usi farzandlarga xos bo‘lishi darkor. Bu ham oddiy burch emas, balki inson qalbidagi tug’ma ma’naviyatdir.

    Farzandlarning jamiyat va xalq oldidagi burchi to‘g’risida ko‘p kitoblar yozilgan. Lekin ularning ichida ota-ona oldidagi burch to‘g’risida yozilgan asarlar kam. Jamiyatni o‘ylab, ota-onani unutish ham o‘zbekona ma’naviyat mezonlariga to‘g’ri kelmaydi. Ota-onani rozi qilgan farzandlardangina el rozi bo‘ladi.

    Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo‘yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to‘ytomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir».

    Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida ham ota-ona burchi haqida shunday deyiladi: «O‘g’il, qiz tug’ilsa yaxshi bilki bas, Uyda tarbiya qil, boshqa erdamas. Ustozning yaxshisin tanla albatta, o‘g’il, qiz pok o‘sar, yomondan chetda.

    O‘g’il, qizga o‘rgat, bilim ham odob, baxtga yor bo‘lur u, bo‘lmag’ay xarob, o‘g’ilga xotin, qizni erga ber, qayg’u g’amsiz yana, ayo qutli er. O‘g’il topsin san’at hunarda kamol. Bu hunar bilan u tera berar mol, o‘g’ilni tergab tur: bo‘sh qo‘yma zinhor. Benaf, bebosh bo‘lar, yugurar bekor»1.

    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama yetuk farzand tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.

    Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so‘zsiz ado etish farzandning ota-ona oldidagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro‘si, qadr-qimmatini ko‘tarishi lozim.

    Farzand, anniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bekamu-ko‘st bajarishga majbur. Uning ko‘nglini og’ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg’ishi o‘q», - deb bejiz aytmagan.

    Ulamoyu fuzalolarimiz fikriga ko‘ra: ota farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hech narsani olishga haqqi yo‘q ekan. Bordiyu, shunday qilsa va bundan ota ko‘ngli og’risa, bu farzandnn ota nomidan Olloh oq qilar ekan.

    Shuningdek, farzand onaning tunda bir lahzalik uyqusidan turib, oq sut bergan qarzini umr bo‘yi onasini elkasida ko‘tarib yursa ham uzolmas ekan.

    Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi nima bilan belgilanadi!

    Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.

    Professor Oynisa Musurmonova qayd qilganidek: “... yosh kelinni shu oila tartib-qoidalariga moslashishi yaxshi xislatlarining namoyon bo‘lishi, o‘zini erkin his etishda qaynona asosiy murabbiy, ustoz hisoblanadi. Qaynona kelinni o‘z qizi sifatida qabul qilinishi bilan bir qatorda kelinning ham erga, oila a’zolariga nisbatan xushmuomalada bo‘lishini, taom tayyorlashi, bichish-tikish sirlarini bilishga o‘rgatishi lozim. Shuningdek, kelinni bola tarbiyasiga tayyorlab borishi, uni shu oilaning teng a’zosi sifatida hurmat qilishi, oilaning o‘z ichki sirlaridan voqif etishi qaynonaning burchidir”1. Chunki xalqimiz “Yaxshi qaynona – sirdosh onadir” deb bejiz aytmagan.

    Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Abu RayhonBeruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad al-Farg’oniy, imom al-Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko‘tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.




    Download 11,8 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   147




    Download 11,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Farzandlik burchining ma’naviy asoslari

    Download 11,8 Mb.