Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012
1-ilova Farzandlik burchining ma’naviy asoslari Reja:
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: talabalarga farzandlik burchi va mas’uliyatining ma’naviy asoslangan ko‘rinishlarini tushuntirish, qaramlik yillari davomida milliy tarbiyaga bo‘lgan e’tiborning pasayishi va uning farzandlarning o‘z burchini his qilishlariga ko‘rsatgan salbiy ta’sirini tushuntirish. O‘quv faoliyati natijalari: Talabalarga farzandlik burchi va mas’uliyatining ma’naviy asoslangan ko‘rinishlarini tushunib etadilar; qaramlik yillari davomida milliy tarbiyaga bo‘lgan e’tiborning pasayishi va uning farzandlarning o‘z burchini his qilishlariga ko‘rsatgan salbiy ta’siri yoritiladi. 2-ilova Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qo‘yiladi. Reyting bo‘yicha natijalar bahosi: 2,0 ball - «a’lo». 1,5 ball - «yaxshi». 1,0 ball - «qoniqarli». 0,5 ball - «qoniqarsiz» 3-ilova Farzandlik burchi va mas’uliyatining ma’naviy asoslangan ko‘rinishlari Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo‘yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to‘ytomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir». Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida ham ota-ona burchi haqida shunday deyiladi: «O‘g’il, qiz tug’ilsa yaxshi bilki bas, Uyda tarbiya qil, boshqa erdamas. Ustozning yaxshisin tanla albatta, o‘g’il, qiz pok o‘sar, yomondan chetda. O‘g’il, qizga o‘rgat, bilim ham odob, baxtga yor bo‘lur u, bo‘lmag’ay xarob, o‘g’ilga xotin, qizni erga ber, qayg’u g’amsiz yana, ayo qutli er. O‘g’il topsin san’at hunarda kamol. Bu hunar bilan u tera berar mol, o‘g’ilni tergab tur: bo‘sh qo‘yma zinhor. Benaf, bebosh bo‘lar, yugurar bekor».
Download 11,8 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012
|