Oiladagi tarbiyaning hozirgi dolzarb muammolari
Reja:
-
Tarbiya bir umr davom etadigan jarayon sifatida, uning uzluksiz va bosqichma-bosqich olib borilishi zaruriyati.
-
Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy kamolotga ta’siri.
5-ilova
2-ilova
Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qo‘yiladi. Reyting bo‘yicha natijalar bahosi:
2,0 ball - «a’lo».
1,5 ball - «yaxshi».
1,0 ball - «koniqarli».
0,5 ball - «qoniqarsiz»
3-ilova
Tarbiya bir umr davom etadigan jarayon sifatida, uning uzluksiz va bosqichma-bosqich olib borilishi zaruriyati
Milliy tarbiyaning manbai - milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g’urur», «milliy odob», «millat-lararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o‘zagini arabcha «mil» so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so‘zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) xalq ma’nolarini anglatadi.
Millat kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, huquqd birligi, madaniyat, ong, ruhiyat uyg’unligi va mushtarakligi demakdir. O‘z davlatisiz, o‘z qiyofasiga ega bo‘lmagan millat yo‘q. Millatning metindek jipsligi davlatning qudratiga bog’liq va aksincha, millatning metindek jipsligi davlatning qudrati darajasini belgilaydi. Millat va davlat tushunchalarini bir-biridan ayirgan holda ta’riflab bo‘lmaydi. Millat faqat bir halq vakillaridangina iborat tarzda shakllanmaydi. Hozirgi o‘zbek millatining tarkib topishida barcha turkiy qabila va urug’lar, olis o‘tmish, tarixdan ilgari zamonlardan boshlab Turon zaminda yashab kelayotgan ajdodlarimiz shuningdek qadim Sug’d eli, Xorazm eli va boshqalar ham ishtirok etganlar. Bu hol tilimiz, dilimiz, qiyofamiz, urf-odatlarimiz, turmush tarzimiz, madaniyat, san’at, adabiyot, va me’morchiligimizda, borinki, mehnat qurollarida ham o‘z aksini topib turibti.
5-ilova
Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy kamolotga ta’siri
O‘zbekona tarbiya mazmunidan joy olib, o‘zaro munosabatlarda namoyon qilinishi lozim bo‘lgan insoniy fazilatlarni ifodalovchi so‘z - signallar mavjud. Masalan, «tavoze», «hayo», «vijdon», «iymon» va boshqa so‘zlarning faol qo‘llanilganligi milliy ma’naviyatimizning yuksak cho‘qqiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Leqin xalqimiz tarixining keyingi asrlarida sodir bo‘lgan mustamlakachilik, milliy fazilatlarni «qoloqlik, madaniyatsizlik ko‘rsatkichi», «eskilik sarqiti» deya qadrsizlanishi yuqoridagi tushunchalarni o‘zbek maktabi darsliklari matnidan siqib chiqardi. Natijada, milliy fazilatlar o‘quvchilarning ikkinchi signallar sistemasiga kiritilmaganligi tufayli, boshqa tildagi so‘zdek tushunarsiz bo‘lib qolaverdi.
|