Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet133/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   147
2-masalaning bayoni. Bolani sabru toqatga o‘rgatishning ham o‘rni, vaqti va me’yori bor. Ma’lumki, ayrim kishilarning nojo‘ya va zararli xatti-harakatlariga ham ko‘r-ko‘rona sabru toqat qilaverish zaiflik belgisi.

O‘zbek xalqi pedagogikasining bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganib, tahlil qilib, milliy tarbiyamizda quyidagi holatlarga e’tibor berish kelgusida komil insonni tarbiyalashga o‘zining ijobiy natijasini beradi, deb o‘ylaymiz:

- Bolani maishatga emas, balki ilmu ma’rifatga to‘ymaydigan qilib tarbiyalash lozim;

- Kishilarga beminnat, chin ko‘ngildan yaxshilik qilish fazilati ham bolalikdan, o‘qish jarayonida o‘zaro hamdamlik va hamjihatlikdan boshlanadi, shuni esdan chiqarmaslik kerak;

- Baqiroqlik, urishqoqlik ham kasallik, bu kasal, ko‘pincha bolalarga ota-onadan, kattalardan yuqishini unutmaslik kerak;

- O‘z farzandlarinigina pok bo‘lishini istasang, o‘zgalarning farzandlariga nopok nazar tashlamaslikdir;

- Zaminsiz giyoh o‘smaganidek, bolada ham sababsiz nosoz xulq paydo bo‘lmaydi;

- Boladagi iste’dod biz tarbiyachilardan alanga kutadi, agar biz uni alangalata olsin, u porlab nur bo‘ladi;

- Majlisni boshqara olish ham o‘ziga xos bir san’at bo‘lib, u kishining yoshligidagi jamoatchilik faoliyatining mevasidir;

- Bog’u-rog’larni rang-barang ko‘rkam daraxtlar, daraxtlarni esa zumrad yaproqlar bezaganidek, utsni bola, bolani esa ilmu hunar, odobi axloq bezaydi;

- Har qandan imkoniyating bo‘lsa ham, bola uchun boshqa bolalardan o‘zini ustun qo‘yishga sabab bo‘ladigan imtiyozlar berishdan saqlanish lozim;

- Bolaga ajoyib tarbiya bersang, u senga umr qo‘shadi, aks holda umringni qirqadi;

- Bolada yuqori nafosat bo‘lishi uchun, avvalo, uni o‘rab turgan muhit go‘zal bo‘lishi, bola esa tayyor go‘zallikning shunchaki tomashabini emas, balki go‘zallik bunyodkori bo‘lishi lozim;

- Bola kamolatidagi eng muhim narsa har bir ishni qilishdan oldin uning oqibatini o‘ylashga odatlantirishdir, chunki pushaymon kaltabinlik hosili;

- Davr bizni kechagi hayotga undayotgan va tezroq odim tashlashga qistayotganligini yosh avlod his etmog’i lozim;

- Bolaning iste’dodini namoyon qilish uchun ham iste’dod kerak;

- Tabiat ham o‘ziga xos tarbiyachi. U o‘z nihollarini bazan sovuq bo‘ronlarga, jazirama issiqqa ham o‘rgatadi. Vaqti-vaqti bilan billur tomchilari bilan ohista yuvadi, muloyim shabadasi bilan ohista silab-siypab erkalaydi.

- Hayotning murakkab, tugunli masalalari bo‘ladi. Fahmu-farosat bilan ularni topib, echa bilish uchun kishi bolalikdan bilim va malaka hosil qilishi kerak;

- Bolada hayotni, borliqni kuzatuvchanlik bo‘lmasa, u berahm va befarosat bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham uning kuzatuvchanligini shakllantirish lozim;

- Bolaning mehmon huzurida o‘zini qanday tutishi oiladagi bola tarbiyasining bir ko‘zgusi;

- Oilaning iqboli-istiqboli, har jihatdan to‘g’ri rivojlangan xulqi zebo farzanddir;

- Modomiki, xonadonda o‘zaro ishonch yo‘qolib, qulf-kalit qilish zarurati tug’ilgan ekan, bu bolalarni to‘g’rilik, halollik ruhida tarbiyalash masalasi diqqatdan chetda qolganligidan nishona;

- Hayotni kuzatuvchi bola ko‘p hosil beradi. Oqilona javob berish uning zohnini barkamol qiladi;

- Oila va maktab quchog’ida ilmu odob, aqlu hunar va riyozat libosi bilan bezangan sog’lom bola qanotli qush kabi hayot bo‘stonida dadil parvoz qila oladi.;

- Bolangiz hayotda o‘z o‘rnini topa bilmagan ekan, bu sizning uni hayotga tayyorlashga va iqbol-istiqboliga beparvoligingizdan nishona;

- Bolaning tamizli yoki betamiz bo‘lishi ham ko‘p jihatdan biz, tarbiyalarning aqlu zakovatimizga, fahmu farosatimizga bog’liq;

- Agar bizdan ta’lim va tarbiya olgan shogirdlarimiz davr talabiga munosib bo‘lsa, ular bizning iftixorimiz;

- Keksalikda avlodga o‘rnak bo‘lishning zamiri ham yoshlikdan boshlanadi;

- Biz yoshlarni tarbiyalashda o‘zimiz yashab o‘sgan muhit bilan hozirgi sharoitning farqini ko‘zda tutib ish ko‘rishimiz lozim. Chunki ularning kamolatiga ta’sir ko‘rsatuvchi xabarlar beqiyos ko‘p va serqirradir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001)da ta’lim oluvchilarning madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasi sifatiga qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy qilish ko‘zda tutildi. Bu - bevosita yangi fazilatlar, yangi mezonlar, yangi talablar masalasi demakdir.

Tabiat va jamiyatda har bir predmet, hodisa muayyan ilmiy ta’rifga ega. Xuddi shuningdek, milliy istiqloliy fazilatlarning ham muayyan ta’rifini anglamay turib, ularni shakllantirishga kirishishning samarasi bo‘lmaydi. Shu bois milliy tarbiyaviy fazilatlarning lug’aviy, etimologik mazmunlaridan kelib chiquvchi pedagogik ta’rifi aniqlanishi lozim.

Tarbiya nazariyasida yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi ijtimoiy, madaniy, siyosiy, mafkuraviy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan belgilanadi.

Milliy mustaqillik pedagogika - tarbiya haqidagi fanda ham keskin islohotlar zaruratini paydo qildi. Bu esa, o‘z navbatida, sovet tarbiya nazariyasida o‘rganilmagan «o‘quvchinqng milliy g’ururi», «O‘zbekiston o‘quvchisining vatanparvarligi», «o‘quvchining milliy odobi», «o‘quvchi milliy vijdoni», «o‘quvchining millatlararo muloqot madaniyati», «o‘quvchining milliy mafkuraviy ongliligi» kabi fazilat mezonlarini ilmiy asoslashni talab qiladi. Zero bu:

- zamonaviy pedagogika fanining modellashtirish


usulini samarali qo‘llash;

- tarbiya uslubiyati, texnologiyasi bo‘yicha pedagogika qo‘lga kiritgan ilmiy yutuqlardan foydalanish;

- jahon tarbiyaviy tajribalari namunalariga asoslanish;

- milliy tarbiyaviy fazilatlarning O‘zbekistonning


o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li talablaridan kelib chiqib belgilash;

- mezonlar mazmunida milliylik, ajdodlarga, zamondoshlarga hurmat, madaniy vorislik tamoyillarini saklash, rag’batlantirish;

- sistemalilik, komplekslilik, yaxlitlik, funktsionallik, shaxsiy xususiyatlarga asoslanuvchi yondashuvlar uyg’unligiga erishish uchun imkon yaratadi.

O‘quvchining o‘z faoliyatida, tuyg’uhissiyoti va boshqalarga qiladigan munosabatida namoyon bo‘ladigan sifatlari, xislatlari uning hayotda ko‘zlagan maqsadlari, niyatiga qarab yo ijobiy, yo salbiy mazmun kasb etadi. Shu sababli milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda o‘quvchilar xulq-atvori, niyatining ijtimoiy ma’naviy yo‘naltirilganligiga e’tibor berildi1.

Milliy tarbiyalanganlik mezonlari o‘quvchi shaxsining milliy xususiyatga bsvosita aloqador bo‘lgan fazilatlari va uning o‘zaro aloqadorligi (milliymadaniy determinizm) tamoyilidan kelib chiqib asoslandi. Buni quyidagicha sharhlash mumkin. O‘quvchining «milliy g’ururi», «milliy odobi», «milliy mafkuraviy ongliligi», «millatlararo muloqot madaniyati» tushunchalari milliy o‘zakka ega. Ya’ni, qandaydir mavhum «g’urur», «mafkura», «odob», «muloqot madaniyati» emas, balki muayyan xususiyatga egaligi e’tirof etiladi. Ushbu fazilatlardagi milliylik o‘quvchining milliy o‘zligini anglash jarayoni bilan bevosita bog’lanadi. Natijada, yosh avlodning milliy tuyg’usi stixiyali emas, balki milliy istikdol maqsadlariga, yaratuvchilik maqsadlariga yo‘naltiriladi, xizmat qildiriladi. Bu - milliy g’ururni millatchilikdan, mahalliychilikdan, o‘z xalqiga befarqlikdan, manqurtliqdan himoya qiladi.

O‘zbekiston vatanparvarligi o‘zbek o‘g’il-qizlaridan alohida fidoyilikni, mas’uliyatni, Vatan taqdiriga ongli muiosabatni talab qiladi. Milliy vijdoniylik esa universal xususiyatga ega bo‘lib, yuqoridagi (milliy tuyg’uga bevosita bog’lanuvchi) fazilatlarni shakllantirishning ishonchli kafolatini, ya’ni, bilim - so‘z – xatti-harakat (amal qilish) birligini ta’minlaydi, nazorat qiladi



Download 11,8 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.