Ammo ota-ona o‘lgandan keyin qilinishi lozim bo‘lgan 40 ta haq-huquqlarga quyidagilar kiradi:
Avvalo o‘ligini zudlik bilan dafn qilish chorasini ko‘r, o‘likning izzati uni tez dafn qilishdir. Ko‘mishdan avval jasadni yuvishni va kafanlashni unutma. O‘zing ohu-fig’on tortib yig’lama va o‘zgalarning ham yig’lashiga yo‘l qo‘ymayu Ota-ona dafn qilinganidan keyin ularning ziyoratiga chiqishni odat qilsang, ulug’ kishilarning yo‘lini tutgan bo‘lasan. O‘zgalarning o‘lgan ota-onalarini yomon so‘zlar bilan yodga olmaginki, ular ham sening ota-onangni shunday yodga oladilar.
Hikmat kitoblarida aytilishicha, kimki o‘z ota-onasini yomon xislatlari bilan yodga olsa, u mal’un kishidir!
Ota-ona vafot qilgandan keyin ularning yoru-do‘stlarini uyingga tiklif etib, ota-onang xotirasini yodga ol, ular haqida eslab o‘tir, ota-onang yaxshi ko‘rgan taomlaridan tayyorlab, taklif etilgan yoru-do‘stlariga nisor et.
Yuqoridagi Qur’on oyati va ota-onangning haqi to‘g’risidagi bayonga G’azrati Alisher Navoiyning munosabati quyidagicha bo‘lgan:
“Tarbiyaning yana biri ota-onani hurmat qilish, buni bajarish uning majburiyatidir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmat qancha ortiq bo‘lsa ham kam deb bil. Otang oldio‘da boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoing obod bo‘lishini istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga Nur berib turgan birisini Oy deb bil, ikkinchisini Quyosh. Ularning so‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatini sen adab bilan bajar. Adab so‘zidagi “dol” kabi qomatingni ham qil”...
Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so‘zsiz ado etish farzandning ota-ona oldndagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro‘si, qadr-qimmatini ko‘tarishi lozim.
Farzand, ayniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bekamu-ko‘st bajarishga majbur. Uning ko‘nglini og’ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg’ishi o‘q» deb bejiz aytmagan.
Ulamoyu fuzalolarimiz fikriga ko‘ra: ota - farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hech narsani olishga haqqi yo‘q ekan.
Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi, haqi nima bilan belgilanadi?
Ulamolarning bayon qilishicha: “Ota-onaning farzandiga nisbatan saksonta haqi bor ekan. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o‘lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog’idagi qirqta haqning o‘ntasi tanga, o‘ntasi tilga, o‘ntasi dilga va o‘ntasi molga taalluqlidir”.1
Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.
Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Al-Beruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Al-Farg’oniy, Al-Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko‘tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.
|