|
Tanga taalluqli bo‘lgan 10 ta haq
|
bet | 112/147 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 11,8 Mb. | | #732 |
Tanga taalluqli bo‘lgan 10 ta haq ota-onaga xizmat qilishdan iboratdir. Bu shundayki, ota-onaga joimo hurmat qo‘zi bilan qaraladi, qilma deb buyurgan ishlari qilinmaydi, ularning roziligisiz hech ishga qo‘l urilmaydi. Bundan tashqari, agar ular sen o‘tirgan joyda hozir bo‘lsalar, sen darhol o‘rningdan turib kutib olasan, ular o‘tirishgan bo‘lsalar sen oyoqda tik turasan, ular ruxsat qilishgandagina o‘tirasan. Ular o‘tiradigan joyga aslo o‘tirmaysan. Yo‘lda birga ketayotganingda ularning oldiga o‘tib olmagaysan. Bordiyu, tuproqli, loyli, suvli yoki umuman xavfli joyga kelib qolganidagina ularni muhofaza qilish maqsadida oldinga o‘tib olishing mumkin. Ularning oldiga ochiq chehra bilan o‘tirgaysan, qovog’ingni solma, xo‘mrayib qarama. Chaqirganlarida esa yugurib bor!
|
| |