Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet144/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
2-masalaning bayoni. Oilaning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, uning yo‘nalishlari va ustuvorliklari mutaxassislar va jamoatchilikning doimiy diqqat-e’tiborini talab qiladigan dolzarb muammolardir. Ularni tizimli sotsiologik tahlil qilish yo‘li bilan aniqlash mamlakatning o‘sib kelayotgan avlodini kamol toptirishda oilaning ijtimoiy rolini aniqlash, O‘zbekiston jamiyatining iqtisodiy va madaniy rivojlanishning jadallashtirishda oilaning tarbiyaviy va ma’naviy salohiyatidan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.

Hozir nafaqat bizda balki jahondagi barcha demokratik dunyoviy davlatlarda oilani mustahkamlash, tarbiyani yaxshilash, xotin - qizlar, bolalarning huquqlarini himoya qilish, jismoniy va ma’naviy sog’lom avlodni tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratishmoqda. Mashhur jadidchilarimizdan Abdurauf Fitrat shunday degan: «Har bir oilaning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millatlar ham shuncha kuchli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi».

Sotsiologik tahlil ma’lumotlari oila manfaatlari uchun ish olib borishning kompleks ilmiy printsiplarini ishlab chiqish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekistonda zamonaviy oila holatining sotsiologik monitoringini muntazam ravishda o‘tkazib keladi. Tadkiqot doirasida respondentlarga jamiyatda oilaning ijtimoiy roli, insonning ma’naviy kamolotiga uning ta’siri, televidenie, o‘quv yurtlari, teatrlar singari boshqa omillarning fuqarolarimizning ma’naviy qiyofasiga ta’siri to‘g’risida o‘zbekistonliklarning fikrini aniqlashga yo‘naltirilgan savollarning keng doirasi berildi.

Tadkiqot respondentlarning oilaning ijtimoiy funksiyalari haqidagi tasavvurida yuqorida sanab o‘tilganlarning asosiylari o‘z aksini topishini ko‘rsatdi. Televidenie va hokazo omillar oila salohiyatining ijtimoiy, biologik va madaniy mazmui-mohiyatini amalga oshiradi. «Sizning fikringizcha, oila jamiyatda qanday vazifani bajaradi?» degan savolga javob berar ekan, o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi (70,6 foiz) ijtimoiy tarbiya va ma’naviyat sohasida oilaning ustunlik qiluvchi


rolini qayd etishdi. Ular orasida so‘rab chiqilganlarning
40,4 foizi oila - bu jamiyatning ma’naviy asosi deb hisoblaydi, 30,6 foizi esa uni inson shaxsini tarbiyalashniig negizi deb belgilaydi.


Download 11,8 Mb.
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.