• Tayanch so‘zlar
  • Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




    Download 11,8 Mb.
    bet145/147
    Sana21.03.2017
    Hajmi11,8 Mb.
    #732
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
    3-masalaning bayoni. Go‘dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi mexanik ta’sirlardan o‘zini xavfsiz qilish,saqlash, himoya qilishni bilmaydi. O‘zini o‘zi himoya qilishning shartli reflekslari asta-sekin, ulg’ayish davomida paydo bo‘ladi. Natijada balog’atga etgach, o‘spirin o‘zini o‘zi himoya qilishning barcha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

    Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o‘zini ongli himoya qilish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o‘gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko‘rishi va bilishi jarayonida  shakllana boradi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog’cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog’lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa o‘z navbatida odamni to‘g’ri yo‘ldan «ozish»dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa - parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini himoya qiluvchi g’oyaviy qalqon vazifasini bajaradi.  Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov «Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»ligi haqidagi fikrni alohida ta’kidlaganlar.

    «Immunitet» so‘zining ma’nosi O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida quyidagicha berilgan: (lot.  -  biron narsadan xalos, ozod bo‘lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi. Yot omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, gelmintlar, ko‘chirib o‘tkazilgan a’zo va to‘qimalar, organizmning o‘zgargan o‘z hujayralari (mas., o‘smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo‘lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi2.

    Organizmni infektsion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari  tabiati bo‘yicha uchga bo‘linadi:

    Birinchisi. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgilar bilan ta’minlanib, nasldan-naslga o‘tadigan nomaxsus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi bo‘lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining ko‘pgina yuqumli kasallik qo‘zg’atuvchilarga chidamliligi ta’minlanadi.

    Ikkinchisi. Tug’ma immunitet (turga xos, tabiiy) – bir biologik turning ma’lum bir patogen agentga nisbatan chidamliligi bo‘lib, nasldan-naslga o‘tadi.

    Uchinchisi. Orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan ta’sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bo‘lib, nasldan-naslga o‘tmaydi.

     Mafkuraviy immunitet ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy,  iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib etishni, bu bilimlardan zamonaviy  ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog’lom g’oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatidir.

    «… Ana shunda johil aqidaparastlikning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi»3. Mafkuraviy immunitet o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Uning namoyon bo‘lishi uchun ichki yoki tashqi g’oyaviy, fikriy ta’sir bo‘lishi kerak. Inson qarshisida yangi, notanish g’oya, taklif turganida, yoki ikki yo‘ldan birini tanlashga to‘g’ri kelganida ularni o‘z manfaatlari “ko‘rigi”dan o‘tkazadi. Uning o‘sha paytdagi manfaatlariga ko‘proq mos kelgan, boshqa g’oyalar, takliflarni enggan g’oya endi uning harakatlarini boshqara boshlaydi. Masalan, Davron kechqurun “Internet sinfi”ga borib, mutaxassisligi bo‘yicha yangiliklarni to‘plamoqchi edi. Shunda kursdosh o‘rtog’i Bahodir uning xonasiga kirib, unga diskotekaga borishni, spirtli ichimliklar bilan hordiq chiqarishni taklif qildi. Davron unamadi, Bahodir ham bo‘sh kelmay, uni astoydil ko‘ndirishga kirishdi, qiziqtira boshladi. Davronning bugun kechqurunga mo‘ljallangan niyati, kichik “g’oyasi”ning amalga oshishi xavf ostida qoldi. Mana shu tipik vaziyatda ham o‘ziga xos g’oyalar kurashining kichik namunasi mujassam. Davronning Internet sinfida ishlash, bilimini oshirish niyati, qarori, g’oyasi mustahkam bo‘lsa, u ushbu g’oyasini himoya qiladi. Natijada Bahodir da’vat qilayotgan diskotekaga borish g’oyasi engiladi. Davron o‘zining kasbiy, ilmiy karerasi yo‘lida yana bir qadam oldinga ketadi.       

    Tayanch so‘zlar: Madaniyat inson faoliyatining jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi; madaniyat odamzot aql-idrokining mahsuli; moddiy va ma’naviy madaniyat; madaniy va ma’naviy meros; o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosi; ma’naviyat va mafkura; mafkura va jamiyat taraqqiyoti; milliy istiqlol mafkurasi.



    Download 11,8 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




    Download 11,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

    Download 11,8 Mb.